Har bir insonni o'ziga ko'ra bir tarixchasi bor, unutma
Sen yozni kunidayam yangi uzun ko'ylak kiygan bolani ko'rsang, kulasan. Lekin bilmaysanki, uni qo'lida Otasi qo'ygan shiramlar bor... Ko'ylagi yirtilgan qizni ko'rsang, kulasan.
Lekin bilmaysanki, uning oilasida yeyishga noni yo'q. Ular qiziga qaydan olishsin kiyimni... Sen bir qizga boq, u har marosimlarda kuladi. Lekin bilmaysanki, uyiga borib onasi yo'qligidan tongga qadar yig'lashini... Endi bu qizga boq, yaxshilab boq. Bilasanmi, u uyiga nega mehmon chaqirolmaydi? Onasini urgan alkash dadasini hech kim ko'rmasin deb... Sinfda uy vazifasini bajarolmagan, u o'quvchiga boq. Kecha dadasi safardan keldi. O'g'il esa hurmatsizlik qilmaslik uchun tongga qadar Otasi bilan suhbatlashdi. Sen esa uni dangasa deb o'ylading... Bu hayotda hech kimni tanimasdan muhokama qilma... Kim bilar, kimni ichida nelar bor... Kim nimadan iztirobda. Har bir insonni o'ziga ko'ra bir tarixchasi bor, unutma..!