Главная » 2014»Oktyabr»20 » Haj amalini bajarishga borgan 5 nafar rossiyalikziyoratchi Makkada vafot etdi
12:11
Haj amalini bajarishga borgan 5 nafar rossiyalikziyoratchi Makkada vafot etdi
Joriy yilda musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makkaga tashrif buyurgan 16 ming rossiyalikdan besh nafari ziyorat vaqtida vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning haj missiyasi rahbari o‘rinbosari Abdulmajid Muhammedov ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. “2014-yilda haj amallarini Rossiya Federatsiyasidan 16 381 musulmon bajardi. Hozirga qadar rossiyalik musulmonlarning yarmi vatanga qaytdi”, — dedi Muhammedov. “Dog‘istonda istiqomat qiluvchi to‘rt nafar hamda Tataristonda istiqomat qiluvchi bir nafar — jami besh rossiyalik muqaddas joylarni ziyorat qilish vaqtida vafot etdi. Ularning barchasi Makkaga dafn etildi”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiyaning haj missiyasi rahbari o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ular (vafot etgan ziyoratchilar) keksa yoshda bo‘lgan va tabiiy ravishda, ya’ni hech qanday avariya yoki halokat natijasida emas, mehmonxonada vafot etgan”. Bu yil Saudiya Arabistoni rossiyaliklarga haj amalini bajarish uchun asosiy kvotani 20 foizga kamaytirgan. Bunday cheklov Makkadagi Al-Haram masjidida olib borilayotgan keng ko‘lamli qayta ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur rekonstruksiya ishlari 2015-yilda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Haj amallarini bajarish uchun rossiyalik ziyoratchilarning eng ko‘pi — olti ming kishi Dog‘istondan, 2,6 ming kishi Chechenistondan, 1,5 ming nafari Tataristondan hamda 700 ga yaqini Moskva hududidan tashrif buyurgan.