SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 10:43
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 30 » Galaxy S 4 smartfonining AQShdagi narxi e 'lon qilindi
14:15
Galaxy S 4 smartfonining AQShdagi narxi e 'lon qilindi
Samsung shirkati tarafidan 15 mart kuni taqdim
etilgan Galaxy S4 smartfoni 16 apreldan
boshlab AQShda sotuvga chiqadi.
Smartfonning dastlabki partiyasi AT&T mobil
operatori orqali sotilishi aytilmoqda. Ikki yillik
tarif rejasi bilan birga sotiladagan Galaxy S4
ning narxi 250 AQSh dollaridan boshlanadi.
Janubiy Koreya shirkatining mobil telefonlar
bozorida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan
yangi smartfoni 15 mart kuni Nyu York shahrida
e'lon qilingan edi.
Apparatning O'zbekiston bozorida qachon
kelishi va uning o'zbek bozoridagi narxi qancha
bo'lishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.
Biroq bundan bir necha kun avval Galaxy S4
ning Rossiyadagi narxi e'lon qilingan edi.
Lenta.ru nashri bergan xabarga ko'ra,
smartfonning 16 gigabaytli versiyasi Rossiyada
29990 rubldan (taqriban 965 AQSh dollari)
sotiladi.
Yangi Galaxy ning o'zgachaliklari
Samsung Galaxy S4 telefoni displeyi diagonal
bo‘yicha besh dyuym, ya‘ni 12,7 santimetr
bo‘lib, salfi Samsung Galaxy S3dagi 12,1
santimetrdan biroz kattaroqdir. Yangi telefon
funktsiyalarini qo‘l tekizmasdan odam nigohi
yoki apparatni qimirlatish orqali boshqarish
mumkinligi bilan S3dan farq qiladi.
Samsung Galaxy S4 telefoni ekrani ustiga
o‘rnatilgan kamera yordamida odam ko‘zining
harakatini kuzata oladi, masalan, foydalanuvchi
video ko‘rayotgan paytda, nigohini ekrnadan
olsa, video tasvir to‘xtab qoladi. Darvoqe, yangi
telefonga 13 megapiksellik kamera o‘rnatilgan va
bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga teng keladigani
yo‘q.
Smartfon 1,9 GHz quad-core protsessorida
ishlashi bilan ham mobil telfonlar bozrorida
yetakchi pozitsiyani egallamoqda.
Apparatga o‘rnatilgan yana bir yangilik – Air
Gesture dasturi yordamida foydalanuvchi kaftini
ekraniga tekkizmasdan, ustidan o‘tkazib
galereyadagi fotolarni o‘zgartirishi mumkin.
Yangi smartfonning AirView funktsiyasi esa
olingan imeyl yoki SMSni ochmasdan turib,
barmoqni unga yaqinlashtirgan holda, ichidagi
yozuvni ekranga chiqarish imkonini beradi.
Samsung Galaxy S4 telefoniga o‘rnatilgan S
Translator funktsiyasi 9 tildagi SMS, imeyl yoki
ovozli maktublarni tarjima qilib berishi mumkin.
Mazkur funktsiya hozircha o‘zbek tilini o‘z
ichiga olmaydi. S Translator funktsiyasini
so‘zlashgich yoki tarjimon sifatida ishlatish
mumkin. Masalan, foydalanuvchi ingliz tilida,
ovoz chiqarib aytgan gapni nemis yoki xitoy
tiliga tarjima qilib beradi.
Bundan tashqari Samsung Galaxy S4 telefoni
egasi o‘z sog‘lig‘ini ham kuzatib turishi
mumkin. Telefon apparatiga qo‘shimcha sotib
olinadigan moslama yordamida turli odam
organizmiga doir turli ma‘lumotlar ekranga
chiqariladi.
Samsung Galaxy S4 telefoniga Full HD Super
AMOLED, ya‘ni 1080r displeyi o‘rnatilgan. 1
dyuym maydondagi piksellar zichligi 441ni
tashkil qiladi.
Yangi telefon Android 4.2.2 Jelly Bean dasturida
ishlaydi.
Категория: Mobil telfonlar | Просмотров: 1016 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz