Главная » 2014»Aprel»6 » Futbolchilarning 20 foizi spirtli ichimlikka berilgani aniqlandi.
23:17
Futbolchilarning 20 foizi spirtli ichimlikka berilgani aniqlandi.
Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi — FIFPro futbolchilar o‘rtasida ularning ruhiy va jismoniy holatini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar berdi.
Mazkur so‘rovda ayni damda futbol o‘ynayotgan 180 professional futbolchi ishtirok etgan. Shundan 19 nafari darvozabon, 60 tadan himoyachi va yarim himoyachi, 21 nafari hujumchidir. Respondentlarning 60 foizi o‘z mamlakati oliy divizionida to‘p suradigan o‘yinchilardir.
26 foiz futbolchilar o‘zlarida ruhiy muammolar borligini tan olgan. Ularning ruhiy depressiyasi ovqatlanish bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanmoqda. Faqatgina 5 foiz futbolchida ehtiroslarga berilish kuzatilgan bo‘lsa, 3 foizi o‘z imkoniyatlarini past baholashar ekan. 10 foizga yaqin futbolchi hardamxayol, 20 foizi spirtli ichimliklarga berilgan va 7 foizi kashanda bo‘lib chiqdi.