SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 09:40
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Aprel » 5 » Futbol futbol bo‘lguncha
10:59
Futbol futbol bo‘lguncha
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida quyidagi natijalar qayd etildi: Manchester City 0:2 Barselona, Bayer Leverkusen 0:4 PSG. Bugungi ajoyib o’yinlardan ilhomlangan holda, e’tiboringizga futbol tarixiga oid qiziqarli faktlarni havola etmoqchimiz.

XIX asrning o‘rtalarigacha futbol to‘plari charmdan ishlangan. 1862 yili Layndon degan kishi dastlabki damlanadigan rezina to‘pni ixtiro qiladi. Charm to‘plar qattiq zarba berilganda yorilib ketavergan. Layndon o‘z ixtirosini tayyorlayotganda ana shu nuqsonni yo‘qotishni maqsad qilib oladi.

Rezina kameralar tufayli to‘plar shaklga ega bo‘ladi va zichlik-tarangligi ortadi. 1872 yili Angliya futbol asotsiatsiyasi futbol to‘plarining “aylana uzunligi 27-28 dyum (68,6-71,1 sm) bo‘lishi zarurligi” haqida qaror qabul qiladi. Bu standant hozirgi kungacha saqlangan, FIFAning amaldagi qoidalari safidan o‘rin olgan.

Futbol to‘pi dastlabki jahon Kubogi bahslarida ham alohida rol o‘ynagan. Argentina va Urugvay jamoalari qayerda ishlab chiqarilgan to‘pda o‘ynash borasida tortishib qoladi. Oxiri, vaziyatdan chiqish yo‘li topiladi: birinchi taymda argentinaliklarning koptogida, ikkinchi taymda esa urugvayliklarning to‘pida o‘yin o‘tkaziladi. Birinchi taymni Argentina jamoasi o‘z to‘pida o‘ynab 2:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlaydi. Ikkinchi taymda esa Urugvay termasi mo‘jizaga erishadi – hisobni 4:2 ga yetkazadi. Ularga o‘zlarining koptoklari anchagina “yon bosgan” bo‘lishi hech gap emas.

1951 yilda oq rangli to‘plar o‘rnini keng yo‘l-yo‘l rangli to‘plar egallaydi. Ayni o‘sha 50-yillarda to‘q sariq rangli koptoklar ham paydo bo‘ladi. Ular qorli kunlarda tomoshabinlar to‘pni aniq ajratib olishi uchun o‘ylab topiladi.

O‘tgan asrning o‘rtalariga qadar to‘plar charmdan tayyorlanib, choklari ip bilan tikilardi. Tabiiyki, ular yomg‘ir yoqqan paytlari shishib ketadi, og‘ir va xavfli bo‘lib qoladi. 60-yillarning boshidan sintetik koptoklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sintetik to‘plar pishiqligi va suvni kam shimishi bilan qulay edi.

To‘plar dastlab ulama va yamoqlarsiz, yaxlit chok bilan ishlab chiqarilgan. Keyinchalik amerikalik Richard Bakminster to‘pni oltiburchak va beshburchaklardan yasash usulini o‘ylab topgan. Oltiburchak va beshburchaklar bir-biriga chok bilan qadaladi va natijada yumaloq shakl hosil bo‘ladi. Bunday usulda yasalgan zamonaviy to‘plar 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan tashkil topadi.

Dastlabki rasmiy futbol qoidalari 1863 yilning 8 dekabrida Angliyada qabul qilingan. Xuddi shu sanadan jahon futbolining tarixi boshlangan.

1863 yilgi qoidalarga muvofiq, boshqa o‘yinchilar qatori darvozabonga ham to‘pni qo‘l bilan o‘ynash mumkin bo‘lmagan. Faqat 1871 yilga kelib darvoza chizig‘i hududida qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan. 1902 yilga kelibgina darvozabonlarga jarima maydoni chegarasida qo‘l bilan o‘ynash huquqi berilgan.

1875 yilgacha darvoza vazifasini xodalarga tortilgan arqon bajargan.

O‘z jarima maydonida bilib turib qo‘pol o‘ynagan yoki koptokka qo‘l tekkizgan futbolchining komandasiga o‘n bir metrlik jarima to‘pi belgilash to‘g‘risidagi qoida 1891 yilda irland eksperti Jon Penalti tomonidan kiritilgan. Keyinchalik o‘n bir metrlik jarima Penaltining nomi bilan atala boshlangan.

1960 yilgacha o‘yinchi almashtirish mumkin emasdi. Mabodo darvozabon jarohat oladigan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilardan biri uning o‘rnini egallagan.

Dastlabki tishli butsilar XIX asrning oxirlarida Angliyada paydo bo‘lgan. Oldinlari tishlar asosan charm va rezinadan tayyorlangan, hozirda alyuminiy va plastmassadan ishlanadi.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1060 | | Теги: Futbol futbol bo‘lguncha | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz