Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 3 » Fohishalik yo‘liga kirgan ayolini o‘ldirganbuxorolik erkak ozodlikdan mahrum etildi
07:34 Fohishalik yo‘liga kirgan ayolini o‘ldirganbuxorolik erkak ozodlikdan mahrum etildi |
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Qipchoq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro xotini bilan sevib-sevilib, 2000-yilda turmush qurgan edi. Ular vaqt o‘tib, uch nafar farzandli bo‘ldi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi. Foto: imenno.ru Orada oila erkagining ishi yurishmay qoldi-yu, tirikchilik tashvishida Rossiyaga otlandi. Astoydil mehnat qildi, ro‘zg‘ori ham ancha epaqaga kelib qoldi. Shunday kunlarning birida telefon qilgan xotini uyga o‘g‘ri tushgani-yu, bor budiga qo‘shib, qo‘ylarini ham o‘g‘irlab ketganini aytib, yig‘i-sig‘i qildi. Shuhrat bu xabardan xafa bo‘lgan bo‘lsa-da, “yigit moli yerda”, deya o‘ziga-o‘zi taskin berdi va xotinining ko‘nglini ko‘tardi. Shu kundan boshlab Shuhrat yanada yaxshiroq ishlab, ko‘proq pul topishga, bu bilan o‘g‘irlangan mol-mulkining o‘rnini to‘ldirishga bel bog‘ladi. Buning uchun hatto kundalik xarajatlarni ham kamaytirdi. Ammo xotini bilan gaplashganidan ikki kun o‘tib, unga begona raqamdan notanish ayol qo‘ng‘iroq qildi-da, dabdurustdan “Siz ishonib, birga yashagan Nasibangiz fohishalik qilib yuribdi. Uyingizda hech qanaqa o‘g‘rilik bo‘lmagan, aksincha, xotiningiz qo‘ylarni sotib, qarzlari evaziga to‘layapti”, — dedi. Oila xo‘jayini kutilmagan “yangilik”dan tamoman gangib qoldi. Qo‘li ishga bormay, uyiga oshiqdi. U yo‘l-yo‘lakay o‘tgan yillarni birma-bir eslay boshladi va oxirgi paytlar uyiga borganida xotini sababsiz janjal chiqarib, u bilan yashamasligini aytgancha uydan chiqib ketadigan odat chiqargani yodiga tushdi. 2012-yilning 1-avgusti kuni erkak o‘zini qo‘yarga joy topolmadi. U g‘ururi poymol etilganini o‘ylab, boshini changalladi. Bir mahal qo‘lini musht qilgancha, shahd bilan o‘rnidan turdi. Er-xotin o‘rtasidagi tortishuv uzoq davom etmadi. O‘zini boshqarolmagan erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Ayol jon taslim qilgach, qotil er profilaktika inspektoriga xabar berdi. Hukm o‘qildi. Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etildi.
|
Категория: O`zbekiston Yangiliklari |
Просмотров: 1649 |
| Рейтинг: 5.0/12 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|