SHERLAR.BIZ Chorshanba, 24.04.2024, 05:44
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 20 » EVO internet provayderi O‘zbekistonda 4G tarmog‘ini ishga tushiradi
19:04
EVO internet provayderi O‘zbekistonda 4G tarmog‘ini ishga tushiradi
O‘zbekistonda EVO savdo belgisi ostida faoliyat yuritayotgan “Super iMax” MChJ kompaniyasi 4G LTE TDD to‘rtinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirishini ma’lum qildi.

Janubiy Koreyada LTE texnologiyalari bozorida yetakchilardan sanalgan KT Corporation kompaniyasi loyihada investor sifatida ishtirok etmoqda. KT Corporation mazkur loyihani amalga oshirishga 10 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, KT Corporation 2008-yildan buyon O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga, jumladan, Super iMax MChJ biznesini rivojlantirishga investitsiya kiritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida kompaniya tomonidan kiritilgan jami sarmoyalar miqdori 21 million AQSh dollarini tashkil qildi.

EVO mutaxassislarining qayd etishicha, 4G LTE TDD texnologiyasi vositasidagi internet xizmatlaridan 2015-yilda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridagi mijozlar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2016-yilda respublikaning boshqa hududlarini qamrab olish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 4G LTE O‘zbekistonda internet bozorining rivojlantirishini yanada jadallashtiruvchi omil hisoblanadi.

EVO 4G LTE TDD tarmoqlarida ma’lumot uzatish tezligi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa provayderlarning bu boradagi ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘ladi. Bu foydalanuvchilarga internetda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan tez va samarali ishlash, video ko‘rish va yuklab olish, onlayn o‘yinlarni o‘ynash, musiqa tinglash va yuqori sifatli fotosuratlarni yuklab olish, shuningdek, biznes va ta’lim maqsadlarida onlayn ilovalardan foydalanishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 4G LTE TDD texnologiyasi quylaylik nuqtai nazaridan mamlakatimiz foydalanuvchilariga internetda ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga zamin yaratadi.

Eng muhimi, EVO’ning 4G LTE TDD tarmog‘i yangi, avval kirib borilmagan hududlarni qamrab oladi va internetdan yuqori tezlikda foydalanishni ta’minlaydi, bu esa o‘z o‘rnida mamlakatimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirishning yangi vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 4G LTE TDD texnologiyasining kirib kelishi yurtimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 934 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz