Статистика |
Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Mart » 22 » Ertalab havo sovuq edi. Zokir ismli bolakay
01:54 Ertalab havo sovuq edi. Zokir ismli bolakay |
Ertalab havo sovuq edi. Zokir ismli bolakay mayda-chuyda mollar bilan savdo qilar, savdodan topgan foydasini maktabi yo'lkirasiga, qog'oz-qalamiga sarflar edi. Bugun ertalabdan uning holi qurigan,chunki qorni juda och edi. O'ylanib -o'ylanib,biror honadondan yegulik so'ramoqchi bo'ldi. Taqillatgan eshigidan yosh juvon chiqib kelgach, non so'rashga uyalib, bir piyola suv berishini iltimos qildi. Ayol bolakayning ochiqqanini sezdi va katta piyolada to'ldirib sut olib chiqdi. Zokir shoshilmay sutni simirdi,so'ng qancha berishini so'radi. Beka pul olmasligini aytib : " Onamiz bizni xayrli ishlar qilishga örgatgan", dedi. Zokir : " Unda men sizning haqqingizga duo qilaman", deb quvonchi ichiga sig'may ketdi. U ancha tetiklashib qolgan edi. Oradan ko'p yillar o'tdi. Zokir ulg'ayib, do'xtir böldi. Bir kuni uni og'ir kasalning ahvolini ko'rish uchun Markaziy kasalxonaga chaqirishdi. Do'xtir Zokir uning qaysi qishloqdan kelganini eshitiboq ko'rishga shoshildi. Ko'ngli boshqacha bir uchrashuvni his etayotgan edi. U ayolni bir qarashdayoq tanidi. Tekshiruvlardan so'ng uni o'zining kasalxonasiga olib o'tdi va jiddiy muolaja qila boshladi. Nihoyat, kasallik ortga chekindi. Ammo bemorni endi boshqa bir xavf bezovta qilayotgan edi. U dori-darmonlar va sarf-xarajatlar uchun ketgan pulni qanday to'layman,deb tashvish chekayotgan edi. Hamshira hamma hisob-kitobni yozib, imzo qo'ydirish uchun do'xtirning oldiga olib kirdi. Zokir tölov qog'oziga qarab turib, burchagiga nimadur yozdi va qo'l qöydi. Kampirga kasallik varaqasi va boshqa hujjatlari qatorida to'lov qog'ozi ham berildi. Unda katta hajmdagi pul yozilgan edi. "Mol-mulkimning hammasini sotib beraman ekan-da", deya iztirob o'tdi ichidan. Xudodan madad tiladi. So'ng to'lovnoma chetidagi yozuvga ko'zi tushdi. Unda " 1 PIYOLA SUT HISOBIGA TO'LAB QO'YILDI", deb yozilgan edi. Kampirning ko'zi öngida shoshilmasdan sut ichayotgan bolakay gavdalandi. Yonoqlaridan shuvillab yosh oqdi.
"HAMD BO'LSIN SENGA, EY ROBBIM ! SEN YAXSHILIKLARNI ORTIG'I BILAN QAYTARUVCHI ZOTSAN" , deb Yaratganga shukrona aytdi.
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 871 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|