Статистика |
Hozirda saytda: 7 Mexmonlar: 7 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Yanvar » 18 » .::Erkek-Yig'ledi::.
18:58 .::Erkek-Yig'ledi::. |
Ezgu orzulari bo'lganida puch. Ayol xiyonatiga kelganida duch. Nafsini yengmoqa topolmasa kuch. Alamdan ezilib erkak yig'laydi. Xaqiqat olovdir yolg'on bir shisha. Xaq so'zni aytmoqdan qilmam andisha. Qizi nogox bo'lib qolsa foxsha. Xammadan yashirib erkak yig'laydi. Cheksiz xasratlarga qolganda botib. Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. Bolasin tobudin qolsa ko'tarib. Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi. Xizmat qilolmasa tikib jonini. Rozi qilolmasa onajonini. Tuproqa qo'yganda onajonini. Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi. Do'sti sotib ketsa og'ir kunida. Dartkashi bo'lmasa aslo yonida. Omadi kelmasa ish maydonida. Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi. Shaytonga do'st bo'lib ketsa bolasi. Vijdonin iblisga sotsa bolasi. Qariyalar uyiga otsa bolasi. Ajalin chaqirib erkak yig'laydi. Xaromni tanlasa xalol turganda. Navqiron yoshligi uvol bo'lganda. Qirq do'sti bo'lmasa qirqga kirganda. Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi.
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 828 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Всего комментариев: 7 | |
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|