SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 22:16
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Dekabr » 3 » Erim yonimda xiyonat qildi. Jiyanim bilan!
08:27
Erim yonimda xiyonat qildi. Jiyanim bilan!
Saytimiz muxlislari ancha sog'ingan mavzu, bugun
yakshanba va yana sayyod nashrida "Yakshanba
muxlis minbari" loyihasida yangi maqolaga ko'zim
tushdi. ochig'i o'qib judayam ta'sirlandim. Marxamat
siz ham tanishing:
Bu qo‘ng‘iroqni saytimiz jamoasi xali anchagacha
unuta olmasa kerak. "Yakshanba-muxlis minbari"
raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan ayol o‘z voqeasi bilan
bo‘lishar ekan, tinmay yig‘lardi.
Uni voqeasini qabul qilish qanchalar og‘ir bo‘lmasin,
unga maslaxat berish undan-da qiyinroq kechsa
kerak deb yozadi sayyod:
Bu voqea o‘tgan kuni bo‘ldi.. O‘zimga xali xam kela
olmayapman. Oilaliman, farzandlarim bor, 2 o‘g‘il va
bir qiz. O‘zimni uyimda erim menga xiyonat qildi.
O‘zimni yonimda.. Begona bo‘lsaku kechirar edim,
begona bilan xam emasda.. o‘zimning jigarim bilan
xiyonat qildi erim. Xam amakimni xam xolamni qizi
bilan.. Ota onam egizak bo‘lishgan xamda opa uka
bilan turmush qurishgan. Men uni o‘zimga shunday
yaqin olardim, xammadan xam yaqin olardim. Mayli,
erkak kishi, erimga ishonmasam xam, unga xar doim
ishonar edim.
Men kasal edim, uyimga mexmonga keldi. Men o‘sha
kuni dorilar ichib vaqtliroq uxlab qolibman. Soat
kechki payt 7 lar edi. Uyda bolalar bor, u xam o‘g‘li
va jiyani bilan kelgandi. Uni turmushi bo‘lmay
ajrashgan. Men uni doim o‘zim bilan olib yurar edim,
tog‘larga xam olib chiqardik, ko‘ngli yarim, ko‘ngli
yozilsin deb. Shu sabab xam o‘zimga yaqin olib
kelganman doim. Xullas, o‘sha kuni men kechki payt
soat 7 larda uxlab qolibman, xali farzandlarim
uyg‘oq edi. Bilmadim, Xudoni raxmi keldimi, yoki
nima bo‘ldi tushunmadim, lekin uyg‘onib ketdim.
Yotoqxonamda yotgandim, birdan uyg‘onib ketdim,
qo‘limni ustida yostiq turgandi, yostiqda o‘sha
xolamning qizini boshi turibtida, yonida erim ikkalasi
o‘pishishyapti.. Meni shundoqqina yonimda, men
chidolmadim. Qo‘limni ustida boshi turibti va ular..
tushunyapsizmi axvolimni?! Boshimni biroz kutarib,
nima qilishni bilmay qaytib yottim. Erim unga “To‘xta,
bolalar uxlasin, keyin davom etamiz” deyapti.. Xozir
men u bu narsa qilsam, bular chiqib ketadi, men xech
narsa qilolmay qolaman deb jim yottim, indamay.
Chidadim... Bu ayol kishi uchun og‘irde.. (yig‘lab
yuboradi)
Kuttim davomini.. nima bo‘lar ekan bularni davomi
deb. Demak ularda bu birinchi marotaba emas deb
o‘yladim . Keyin bolalarning shovqini eshitilib qolib,
ular ikkalasi o‘rniligidan turib ketishdi. O‘zim domda
turaman, 1chi qavati bo‘lgani uchun xovlichamiz
xam bor. Uyga kiraverishda qizlarimni kichkina
xonasi va u yerda kichkina divan turadi. Bolalar esa
shu kuni mexmonxonada joy solib yotishgandi. Ular
mening oldimdan chiqib ketishganidan so‘ng oradan
5 daqiqa o‘tdi. Ular ikkalasi bolalarni uxlashga
yotqizishdi. Uni orasida erim kelib meni tekshirdi
uxlayaptimi yo‘qmi deb. Yotgan joyimdan o‘rtaroqqa
surib xam qo‘ydi, men o‘zimni uxlayotganga soldim.
Davomini ko‘rishim kerak, bilishim kerak nima
bo‘lishini deb chidadim. Bir payt chiqishavermadi..
jim bo‘lib qolishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha
kichkina xonada ikkalasini soyasi ko‘rindi. O‘rnimdan
turishga kuch topdim.. farzandlarim xali uyg‘oq
ekan.. o‘rnimdan turib o‘sha xonaga bordim. Ularni
ikkalasini ustiga chiqib qoldim.. erim yotibti, ustida
xolamni qizi o‘tiribtide... (yig‘lab yuboradi) tepasida
turdim.. 5 daqiqa tomosha qilib turdim shekilli,
o‘zimni bilmadim.. va birdan “Bollarni uxlashini
kutolmadinglarmi” deb baqirib yubordim.
(yig‘laydi)
Mexmonxonadan qizim yugurib chiqdi. Qizim
“dacha”daxam ularni o‘pishganini, quchoqlashganini
ko‘rgan ekan, bu yozda bo‘lgan voqea.. bu birinchi
martta emas ekan, men bilmay yurgan ekanman.
Meni xamma ogoxlantirgandi, extiyot bo‘lgin, eri yo‘q,
eringga ishonma deb, mayli erim yomon bo‘lsa xam,
u mani jigarimku,xolamni qizi, manga bunday
yomonlik qilmaydi deb etardim xammaga. Xozir
xech kimga etolmayapman bu narsalarni... (yig‘lab
yuboradi) nima qilishga boshim qotib qoldi. Nima
chora ko‘rishni xam bilayapman..
Boshqa xolam borlar, faqat ularga etardim xamma
dardimni, ichimdagilarni. O‘zimni ota onam vaqtli
xayotdan o‘tib ketishgan, o‘zim bitta qizman. Shu
xolamga telefon qildim chidolmasdan. Xola, mana
shunaqa bo‘ldi deb etib bersam, ular xam siqilib
ketdilar nima qilishni bilolmay.
Shu voqea kuni erim uydan chiqib ketdi, xolamni qizi
bolalar bilan mexmonxonada qoldi. xaydab yuboray
desam yarim kechasi, uni xam bolasi bor. Uyga
borsa onasining saxar kasali bor, saxari ko‘tarilib bir
narsa bo‘lib qolsa, men o‘zimni kechirolmayman,
mayli bu yomon bo‘lsa xam, onasiga bir narsa bo‘lsa
o‘zimni aybdor sezib yuraman deb xaydab
yuborolmadim. Bitta uyda ertalabgacha chidashga
majbur bo‘ldim shuncha ishini ko‘rib. (yig‘laydi)
Kechasi uxlolmadim. Kechasi soat 12 da erim kirib
kelib, menga teginmoqchi bo‘ldi. Qanday qilib?? Man
chidolmadim.. Tegma manga deb sansirab tashladim.
San mani sansirayapsanmi deb mani urdi... U manga
shuncha xunar qildi, man chidadim... sansiraganim
unga og‘ir botibti.. Qizim dodlab ketdi, “ada, bu
birinchi martta emas,man ko‘rganman, onamga
etmagandim. Bu ishizni birinchi martta qilmayapsiz”
deb 11 yoshli qizim aytyapti.. ichida saqlab yurgan
ekan. (yig‘lab yuboradi)
Ertasi kuni kelib “ kechir, bilmay qolibman, o‘zimda
emas edim” deydi.. “o‘zingda bo‘lmasang, xozir
qanday eslayapsan, qanday vijdoning qabul qildi,
mayli ering yo‘q, ko‘cha to‘la erku, mani erimga
qarab qolganmisan?.. O‘zimniki bo‘lib turib shunaqa
qildingmi, bu birinchi martta emas ekan, o‘rnimga
o‘zingni qo‘yib ko‘r, sani ering bilan shunday
yotganimni ko‘rsang mani kechirarmiding ” dedim.
Mayli, ko‘cha ko‘yda bo‘lsa, boshqa joyda bo‘lsa,
man ko‘rmasam maylidi.. O‘zimni shundoqqina
oldimda shu ishni qilishdi, bollarim uxlashmagandi..
man chiday olmayapman... nima qilishni
bilmayapman (Yig‘laydi) Kecha u qizning ota onasi
xabar topti bu ishlardan. Kunduz kuni borgan u uyiga,
xayron bo‘lishgan vaqtli borishganiga. Man ularga
etmagandim, vijdonim yo‘l qo‘ymagandi, mazasi
qochmasin xolamni, bolasini bu ishini ko‘tara olmasa
kerak deb o‘ylagandim. Oxiri kechki payt xolamni
o‘zlari qo‘ng‘iroq qildilar, Nodira (ismi o‘zgartiligan)
nima bo‘ldi deb. Bolalar etishgan shekilli, urushishdi,
pochcham xolamni urdilar, xolam yig‘ladilar deb.
Nima bo‘ldi deb qizligidan so‘rashsa, er xotin urushib
qolishgan ekan deb aytibti. Bu gaplarni eshitib,
chidolmadim. Bor gaplarni aytib berdim. Qizingiz
uyimga qadamini bosmasin, mayli, siz mani
xolamsiz, jigarimsiz, sizdan voz kechmayman, lekin
mani unaqa yaqinim yo‘q boshqa dedim. Erim bilan
ajrashaman, ana kvartira oladimi, qaerda xoxlasa
yashasin birga, erimni er qilib olsin, shunchalik mani
erim kerak bo‘lsa dedim.
Kecha xolam bilan pochcham kelishdi. Yo‘q desam
xam qidirib topib kelishibti. Gapirdi xolam bir
nimalarni.. “uni xam tushunsa bo‘ladi,boshida eri
yo‘q” deydilar. Xop uni tushunsa bo‘lar ekan, ko‘cha
to‘la erku dedim. Qizingizni yonini olyapsizmi bu gap
bilan, maqsadingiz nima xozir, nega keldingiz”
desam, xatto bir og‘iz kechirim so‘rashni o‘rniga,
qizini nomi chiqib ketmasin dedilar.. shu ekan
maqsadlari.. mandan shuni so‘rayapti. Mani
o‘ylashmayapti, shunchaki o‘zini qizining nomi chiqib
ketmasligi uchun yonimga kelishibti. Xech kimga
aytmasligimni so‘rash uchun kelishibti.. bu yerda
mani xayotim xech kimni qiziqtirmayapti, manga
nima bo‘lishi bilan ularni ishi yo‘q.
Erim xam telefon qildi, xar xil begona raqamlardan
qildi, ko‘tarmayapman. Xammaga telefon qilyapti
ekan, ukamga xam telefon kilibti. Ukam mandan
so‘radi nima bo‘ldi, pochcham telefon qilyapti, ichib
olgan, nima bo‘ldi deb. Xa urushib qoldik, uydan
chiqib kettim deb qo‘ydim ularga xam. Qaerdaligimni
aytmayapman.
Nima qilishni bilmayapman. Ajrashishni
xoxlayapman, yasholmiman.. unutolmayman bu
narsalarni. Xozir uydan chiqib ketganman. Yana erim
kelib mani xo‘rlashini xoxlamadim... uyda
qolomasdim. Mayli, erkak kishi xiyonat qiladi
deyishadi, lekin u jigarim ediku, uyda bo‘lmasa xam
mayli edi, bilmasam..
Xolalarim ajrashsang qanday kuningni ko‘rasan
deyishyapti, mayli ko‘raman kunimni, shu paytgacha
ko‘rib keldim, vaqti kelganida erimning qarzlarini xam
o‘zim yopganman, arendasini xam to‘laganman.. man
yomon ish qilmayman, lekin ko‘cha supuramanmi,
pol artamanmi, farzandlarimni xalol mexnatim bilan
boqib olaman. 11 yoshli qizim adasiga “Onamni
shuncha urganizga, so‘kkanizga chidagan edim,
xiyonat qilganingizga chidamayman. Sizday otam
yo‘q” deyapti. Menga “yashamaysiz u yerda, bo‘ldi
unday odamni ota demayman” deydi manga. Bu
voqealarni farzandlarimga ta’siri xam mani
qiynayapti.
(Yig‘laydi) iltimos menga maslaxat beringlar.. juda
muxtojman.. (yig‘laydi)
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 2113 | | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz