Er o'qlovni yashirdi. Keyin mushuk singgari, Yaltoqlanib gapirdi! Xush kelibsiz ayasi, Bugun kechga qolibsiz. Yarim tun bo'ldi axir, Yana ichib olibsiz. Xotinning jahli chiqdi! Baqirdi jim bo'l o'chir! Yo bor lash-lushingni, Otang yoniga ko'chir. Er ko'zlari namlandi, dedi haydaysiz nega? Turmushning bu g'avg'osi, Og'ir bo'ldiku mengga. Ovqatizni tayorlab, Uy-joyizni tarasam. Yana to'rt bolamizga, Bir o'zginam qarasam. Xotin dag'dag'a qildi! Bu vazifa seniki! Kimdan kamsan qani ayt? Yeb ichirish meniki! Har haftada bozordan, Yanggi kiyim olasan. Qiynalib ketdim deya, Nega nolib qolasan? Er ko'zlari namlanib, Piqqilab jim yig'ladi. Bechora o'z qalbini, Yaraladi tig'ladi. Dedi bo'ldi ayasi, Qiladirman qanoat. Qo'lizni yuvib keling, Suzib qo'yibman ovqat. Xotin mag'rur boshini, Bir lahzaga ko'taradi. Gandiraklab yurgancha, Ovqatga o'tiradi. Ovqatini tinch tinch yedi, Bugun erin urmadi. Ko'p ichib mast bo'libdi, Rosa qotib uxladi. Idishlarni yuvgach er, Xudoga shukr dedi. Bugun Rabbi yorlaqab, Tayoq yemagan edi. Teskari hayot bo'lsa, Er ko'zlari yoshlanar. O'sha onda azizlar, Qiyomatham boshlanar. Lekin falak gardishi, Teskarisin tutmasin. Tunda qaytgich xotinni, Erlar aslo kutmasin..
|