SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 02:39
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Sentyabir » 28 » Eng ulug', eng aziz bayramimiz!
21:58
Eng ulug', eng aziz bayramimiz!
Assalomu Alaykum, aziz saytdosh, aziz vatandosh! Shunday ulug', aziz kunda siz-la diydor baxtiga musharraf bo'lganimdan behat shukronalar keltiraman!
Assalomu Alaykum, mustaqil Vatan insonlari, farzandlari!

22yil...
O'zbegimiz ko'kragiga shamol tekkan, burda nonin erkin yegan, o'zini mustaqil deya his etgan damlar osha 22yil o'tibdi.
22yil...
Beqoyos o'lka, serquyosh Vatan, mustaqil O'zbekiston o'z mustaqilligin dadil e'lon qilgan sanalarni 22yil ortda qoldirib, bu kun istiqlolimizni hadik-u tahdidlarsiz, boshni baland tutib, dil to'la hayajon-u faxr ila nishonlamoqdamiz!
Eng ulug', eng aziz bayram muborak, qadrdon yurtdosh!

Yurtlar borki, talashmoqda o'z erki uchun. Chechak o'rnida qo'lda avtomat... Oh! Bu kunlar kechdi bu boshdan, daryolar bunyod qondan, yoshdan.

Kechdi aziz boshdan ne-ne zahmatlar, o'tdi istiqlol, deb Qodiriy, Cho'lpon, Usmon-u Ahmadlar.
Urush deya ketgan farzandin zor ko'tgan ona ko'zyoshin, termoq iloj bo'lganda edi. Men zaminni kezardim albat, ul ko'zyoshni termoqni ko'zlab. Va bardosh ipiga avashlab terib, ko'zmunchoq deb taqardim uni. Balki shunda u eslatardi har onda, Istiqlolning buyuk qadrini. Balki aytarmidim shunda shukrona, iymanmayin yegan burda nonimga.
Exx, do'stginam, tuganmas doston-ku o'tmish. Ulkan kitob har bir soniya. Yozdilar zo'r berib tarixni albat, va lekin tugatmoq dushvor-ku abad.

Kuyga solib kuyladilar xo'b, va lek ta'rifin ado etisholmadi. She'r bitib adog'iga yetisholmadi. Shundayin bir ta'rifi doston, bulbuli ko'p ajib bo'ston, guli bisyor chamonzor, bor ekan yana qayda, ayt, do'stim!
Shunday Vatan farzandimiz, shukrona kerak. Axir qancha yurtda ketyapti urush! Bizda esa o'z izida turmush... Shukrona kerak ey aziz dindosh.
Alik olinmaydi salomdan avval, javob ham berilmas savoldan avval. Shunday ekan xulosa sizdan. Obod Vatan muhtoj bizlarga! Kelajagi buyuk o'g'il qizlarga!
Ko'krakni tutolmadik yurt tomon otilgan o'qlarga. Hech bo'lmasa ilm ila keltiraylik naf. Ibn Sino, Xorazmiylar qolib ketdi asrlar ortida. Siz bo'ling yangi davr Ibn Sinosi. Toki o'zbek shoni tutsin dunyoni. Ota-ona bolam deya faxrlansinlar. Dunyo kashfiyotdan ta'sirlansinlar. Alisher-u Boburlar kerak bu yurtga! Siz bo'ling yangi asr Qodiriylari.
Axir bizda bor ko'p sharoit. Qodiriydek tahlikada yashamayapsiz. Sevgan qo'shig'imiz kuylay olyapmiz. Hatto she'rlarni ham bitamiz erkin. Mana sizga do'stim sharoit. Yurt uchun bir terlar to'kaylik endi, qo'lni do'stona tutaylik-da va mas'uliyat sari o'taylik endi. Yurt bayrog'in ko'tarib baland, Vatan shonin yuksak etaylik endi. Axir oson-ku bu ko'krakni o'qqa tutmoqdan. Shunday emasmi, qadrdon yurtdosh?!
Biz shu yurtda tug'ildik, qo'ydik muhabbat. Kerak bo'lsa fido bu jon-tanimiz. Ayyom muborak hur Vatanimiz.
Aziz yurtdosh sizni qutlab chin dildan, shu arzimas maqolam etdim armug'on. Bu Vatan mehri bergan ilhomdir albat. Va lekin avf eting, bo'lsa kamchilik. Asli menga emas yozuvchilik! Aziz bayram muborak, muhtaram yurtdosh!
Hurmatli saytdoshlar! Ushbu arzimas bo'lsada, biroq chin tuyg'ular mahsuli bo'lgan uchbu tabrigimizni sayt jamoasi nomidan qabul qiling. Ushbu unutilmas kunni keyingi yil, bundan 10yil, 100yil keyin ham siz-la nishonlashni nasib aylasin! Bayram muborak aziz vatandosh!
Vatan deya urgan yurakni,
Toabad siz avaylab yashang!
Pok qiling doimo tilakni,
Toabad pok dil ila yashang!

Ko'zingga sur obod Vatanni
Bir kaftgina tuprog'ini ham.
Yurt ishqiga ko'mgin tanni,
El boshiga tushganda ham g'am.

Shu Vatanga sadqadir jonim,
Bobolarim hoki bu tuproq.
Ayyom muborak, O'zbekistonim,
Sevay seni hammadan ko'proq!

Momolarim hokisan, ey azim tuproq!
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 965 | | Теги: eng aziz bayramimiz!, Eng ulug' | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Sentyabir 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz