Главная » 2012»Noyabr»15 » Endi Skypedagi akkauntingizga begonalar kira olmaydi
12:35
Endi Skypedagi akkauntingizga begonalar kira olmaydi
Skype internet-telefoniya xizmati begona akkauntga kirish imkoniyatini beruvchi kamchiligini bartaraf etdi. Bu haqda 14 noyabr kuni kechqurun kompaniya blogida ma'lum qilindi. Xabarda ta'kidlanishicha, kompaniya mutaxassislari parolni o'zgartirish jarayonini yangilaganlar va ayni paytda bu funktsiya yaxshi ishlamoqda. Skype vakillari o'z aakauntiga begonalar kirgan va noqulay vaziyatga tushib qolgan foydalanuvchilarga ko'mak berayotganlarini qayd etmoqdalar. Parolni o'zgartirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot berilmayapti. Eslatib o'tamiz, 13 noyabr kuni Skype faoliyatida kamchilik topilgan edi. Firibgarlar o'z qurbonining elektron pochta manzili orqali begona akkauntdan foydalana olardilar. Parolni buzib kirish jarayoni "Xabraxabr” blogi foydalanuvchilarining biri tomonidan batafsil yoritib berilgan. Oradan bir kun o'tib, 14 noyabrda Skype ushbu muammoni hal qilish paytida parolni o'zgartirish funktsiyasini vaqtincha o'chirib qo'ygan edi. Skype internet-telefoniya xizmati ko'rsatuvchi jahonga mashhur kompaniyalardan biridir. 2011 yildan buyon u 8,5 milliard AQSh dollari evaziga Microsoft kompaniyasi ixtiyoriga o'tgan.