SHERLAR.BIZ Sheshanba, 23.04.2024, 09:51
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Aprel » 7 » Dunyoning eng baland binolari(Top10)
12:24
Dunyoning eng baland binolari(Top10)
10. Guanchjou xalqaro moliya markazi – 437.5 metr

Xitoyning Guanjou shahrida joylashgan ushbu inshoot balandligi 1435 fut yoki 437.5 metr. Umumiy maydoni 448ming kv.m bo’lib, 103 qavatdan iborat. Oyna va po’latdan qurilgan. Qurilish ishlari 2005-yilda boshlanib 2010-yilda nihoyasiga yetgan. Binoda mehmonxona, ofislar, restoran va boshqalar joylashgan.

9. KK100 – 441.8 metr

Bu inshoot ham Xitoyda, Shenchjen shahrida joylashgan bo’lib 2007-2012 yillarda qurib bitkazilgan. 100 qavatdan iborat ushbu bino mehmonxona va ofis sifatida xizmat qiladi.

8. Uillis Minorasi – 442.1 metr

Chikago shahrida joylashgan Uillis Minorasi 1974-yilda qurib bitkazilgan bo’lib, 1998-yilgacha butun dunyodagi, 2010-yilgacha AQSHdagi eng baland inshoot bo’lib kelgan. Balandligi antennasi bilan hisoblanganda 527.3 metr. U 108 qavatdan iborat bo’lib, umumiy maydoni 418,064 kv.m. Qurilishda oyna, po’lat, aluminiy, temir-betondan foydalanilgan.

7. Nankin grinlend moliya markazi – 450 metr

Yanszi daryosi bo’yidagi ko’hna Nankin shahrida qad rostlagan ushbu imorat 89 qavatdan iborat bo’lib, mehmonxona, ofislar, restoranlar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 72-qavatdan turib sayyohlar shaharni tomosh qilishlari mumkin. 2005-2010 yillarda qurilgan.

6. Petronas egizak minoralari – 451.9 metr

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan bu bino 1992-1998 yillarda bunyod etilgan. Qurilishda oyna , po’lat, aluminiy konstruksiyalari foydalanilgan. U 88 qavatdan iborat bo’lib, maydoni 341,760 kv.m. 2003-yilgacha dunyodagi eng baland bino bo’lib kelgan.

5. Gonkong Xalqaro savdo markazi – 484 metr

Gonkong shahrida qad rostlagan ushbu bino 108 qavatdan iborat. Binoda mehmonxona va ofislar joylashgan. 2002-2010 yillarda barpo qilingan bo’lib, qurilishda oyna va po’lat konstruksiyalar ishlatilgan.

4. Shanxay jahon moliya markazi – 492 metr

1997-2008-yillarda barpo qilingan. Qurilishda oyna, po’lat va temir-beton konstruksiyalari foydalanilgan. 101 qavatdan iborat bo’lib, maydoni 377,300 kv.m hisoblanadi. Dunyodagi eng baland bino bo’lishi rejalashtirilgan. Lekin, qurilish ishlari nihoyasiga yetay deganda Tayvandagi Taybey 101 binosi undan o’zib ketishi ma’lum bo’lgan. Shuningdek, poydevori shundoq ham 460 metrga mo’ljallangani uchun, yana balandlatishning iloji bo’lmagan.

3. Taybey 101 – 508 metr

Ushbu bino 101 qavatdan iborat bo’lib, 1998-2004-yillarda qurilgan. 2004-yil 31-dekabrda rasman ochilgan. Qavatlarining umumiy maydoni 412,500 kv.m. Oyna va po’lat konstruksiyadan qurilgan bino og’irligi 705,130 tonnadan iborat. 2010-yilgacha dunyodagi eng baland inshoot bo’lgan.

2. Makka Qirollik Soat Minorasi – 601 metr

2004-2012-yillarda qurib bitkazilgan. Dunyodagi eng baland mehmonxona, eng baland hamda eng yirik soat hisoblangan bino 65 ming kishini o’z bag’riga sig’dira oladi. Oyna, po’lat, marmar va temir-beton konstruksiyalaridan Islomiy uslubda qurilgan. 120 qavatli mehmonxona maydoni 1,500,000 kv.m dan iborat. Binoda 5 yulduzli mehmonxonadan tashqari, turar joylar, 4 qavatli savdo markazi, 3800 kishilik masjid joylashgan. Qurilish ishlariga 1.6 milliard aqsh dollari sarflangan.

1. Burj Xalifa – 828 metr

2004-2010-yillarda qurilgan. Inson bunyod etgan eng baland inshoot. Dubayda joylashgan. 163 qavatli bino maydoni 517,240 kv.m. Oyna, po’lat, aluminiy va temir-beton konstruksiyalaridan foydalanilgan. Eng yuqori qavat 584 metr balandlikda joylashgan. Qurilish davomida binoning haqiqiy balandligi qattiq sir tutilgan. Biroq, 2006-yilda loyiha ishchilaridan birining 808 metr haqida “gullab qo’yishi” tufayli yana 20 metrga uzaytirilgan.Burj Xalifa dunyodagi eng tezkor lift bilan jihozlangan (700 metr/minut). 2010-yil 4-yanvarda rasman ochilgan.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1461 | | Теги: Dunyoning eng baland binolari(Top10 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz