Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 8 » Dunyodagi eng semiz odam zotiljamdan vafot etdi
05:25 Dunyodagi eng semiz odam zotiljamdan vafot etdi |
Vazni 420 kilogrammga teng britaniyalik Kit Martin 45 yoshida zotiljamdan vafot etdi. Bu odam o‘z vaqtida rasman sayyoradagi eng semiz kishi deb tan olingan edi, deb xabar beradi “Kun” “Vesti.ru” axborotiga tayanib.
Martin jarrohlik yo‘li bilan oshqozonining to‘rtdan uch qismini oldirgandan so‘ng, sakkiz oy qiynalib yashab, oxiri vafot etdi.
Marhumning vafotidan ko‘p o‘tmay, uni operatsiya qilgan jarroh hukumatga ariza yozib, “fastfud”ga soliq solishni so‘radi. Jarrohning aytishicha, beg‘am Martin uyda o‘tirib, gamburger, chips, ponchik va boshqa zararli taomlarni yeb, ortiqcha vazn to‘plagan.
Martin nonushtada oltita qovurilgan tuxum, tushlikda pitsa, Xitoy oshxonasi taomlari, shashlik va big-maklar yerdi. Har kuni olti pinta qahva va ikki litr gazli ichimlik ichardi. Orada doim shokolad, pechenye va boshqa shirinliklarni yeb yurgan.
“U hissiy muammolari tufayli ovqatdan taskin izlagan va ‘fastfud’ga juda tez o‘rganib qolgan. Hatto kit ham bir kunda buncha kaloriya qabul qilmaydi”, — dedi shifokor Kesava Mannur.
Martinning vafotidan biroz oldinroq, Britaniya televideniyesi u haqida 70 Stone & Almost Dead (“420 kilogramm va deyarli o‘lgan”) deb nomlangan hujjatli film suratga olgan edi.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1250 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|