Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 20 » “Dunyo go‘zali − 2014” tanlovining 19 yoshli gonduraslik ishtirokchisi o‘lik holda topildi
18:57 “Dunyo go‘zali − 2014” tanlovining 19 yoshli gonduraslik ishtirokchisi o‘lik holda topildi |
“Gonduras go‘zali − 2014” unvoni sohibasi 19 yoshli Mariya Xose Alvarado va uning 23 yoshli opasi Sofiya Trinidad o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Gonduras Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Leandro Osorioning so‘zlariga ko‘ra, qizlarning o‘limi yuzasidan guvohlar shohidligi yordamida aniqlangan gumondor qo‘lga olingan. Qizlarni oxirgi marta 13-noyabr kuni raqamsiz mashinaga o‘tirganda ko‘rishgan.
Avvalroq “Gonduras go‘zali”ning yo‘qolishi ishi bo‘yicha to‘rt kishi, jumladan Sofiya Trinidadning qaylig‘i va kecha o‘tkazilgan villa egasi qo‘lga olingani aytilgan. Mariya Alvarado yaqin orada Londonda bo‘lib o‘tadigan “Dunyo go‘zali − 2014” tanlovida ishtirok etishi kerak edi.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1041 |
| Рейтинг: 5.0/8 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|