Статистика |
Hozirda saytda: 5 Mexmonlar: 5 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 2 » Dubayda dunyodagi eng baland shokolad minora qurildi
15:57 Dubayda dunyodagi eng baland shokolad minora qurildi |
Dunyoning eng baland binosi hisoblangan “Burj Xalifa”ning 13,48 metr balandlikka ega shokolad maketi 30-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topganligining 43 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalar doirasida Dubay xalqaro aeroportida o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Shokolad minora qandolatchi Endryu Farrugianing ijod mahsuli hisoblanib, bino barpo etilishida 4200 kilogramm Belgiya shokoladidan foydalanildi.
Aeroport ma’muriyati ilova qilishicha, Farrugia jamoasi bu binoni tayyorlash uchun 1050 soat mobaynida ishlashgan.
Farrugianing kelib chiqishi Maltadan bo‘lib, qandolatchilik sohasida 32 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning mashhur ishlari sifatida London, Malta va Misrdagi qator musobaqalar sovrindori bo‘lgan shokolad haykallarini keltirish mumkin. Endryu Farrugia o‘tgan yili Bryusselda Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan eng uzun shokolad haykalini – 34 metr uzunlikdagi poyezdni yaratishga mas’ul bo‘lgandi.
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 940 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|