Do’st… sinovlarda yelkadosh, O’g’ir damlarda bardosh bo’ladigan inson. Do’st… quvonchni ham, qayg’uni ham birga baham ko’radigan, bazan achchiq tanbex, bazan qaynoq mehr berishga tayyor inson. Do’st… eng maxfiy sirlarinni ham ishonib aytadigan, qay manzilda bo’lma sen ila birga otrga qaytadigan inson. Do’st… yo’qsillik paytlarda bizga borin sochadigan, yo bizdan uzoqroqqa qochadigan inson. Do’st… xar davrada obroimiz osmon qadar ko’taradigan, bazan esa nomimizni qarolarga bulg’aydigan inson. Do’st… biz uchun kerak bo’lsa jonini berishga tayyor, yoki pul uchun jonimizni olishga tayyor turgan inson. Do’st… chin dildan bizga xavas qiladigan, yo xasad ila qalbin tiladigan inson. Do’st… do’st… do’st… Aslida kim ? Uni aslida kimligin, qandayligin bilmas hech kim… Balkim ? Sizni do’stingiz bormi? U siz uchun jonini berishga tayyormi? Siz tomon yopirilib kelayotgan to’fonlarga xushyormi? Yoki baxtli damlaringda birga bo’layotgan ayyormi? Siz suygan dildorga u ham haridormi? Yo sizning yigitingizga ko’z suzgan makkormi? Unga mehringiz yoki boyligingiz darkormi? Bu savollarga javob topsangiz ishonamanki yoningizdagi do’stlaringiz qandayligin bilib olasiz… Balkim…