SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 15:56
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 10 » Daxshatli voqialar,,,,?
00:15
Daxshatli voqialar,,,,?
Yo'lovchi "Ayol" Bu daxshatli voqea o’tgan yilning aprel oylarida vodiy perevalida sodir bo’lgan. Toshkentdagi oldi sotti bilan shug’ullanadigan bir firmada Rustam ismli bir yosh yigit savdo vakili lavozimida ishlardi. U firmaning ishlari bilan vodiyga tez tez qatnab turardi. U juda og’ribosiq, samimiy yigit edi. Aprel oyining boshlarida Rustam birga ishlaydigan sherigi Aziz bilan Qo’qonga borishadigan bo’lishdi. 4-
aprel kuni Rustam sherigi Aziz bilan yo’lga chqishdi. Qo’qonda 2 kun qolishdi, ishlari bitgach Toshkentga qaytishga tayyorgarlik ko’risharkan lekin nimagadur o’sha kuni Rustamning ko’ngli notinch edi. O’sha kuni havo juda yaxshi issiq edi. Rustam sherigi Azizga dedi: -,,Aziz nimagadur oyog’im tortmayapti, erta indin ketarmiz buguncha qolaylik”. Aziz: - ,,Ey qo’ysangchi do’stim havoni qara zo’rligini, hali firmada qiladigan ishlarimiz ko’p shoshilishimiz kerak’’. Ular ertalab yo’lga chqishdi. Oradan ancha vaqt o’tib perevalga yetib borishgandi. Bahor faslida havo kutilmaganda o’zgarib turadi, to’satdan havo aynib osmonni qora bulut qopladi, kuchli shamol esib, yomg’ir sharros quyardi. Rustam mashinani sekinroq haydab ketardi yonida sherigi Aziz o’tirardi. Lekin nimagadur yo’lda ulardan boshqa hech kim, boshqa mashinalar ham ko’rinmasdi. Shu payt uzoqroqdan yo’l chetida bir ayol ko’rindi, kiyimlari ho’l yomg’irda ivib ketgandi. Ayol qo’lini ko’tarib mashinani to’xtatishga ishora berdi. Lekin Rustamning to’xtagisi kelmadi. Shunda Aziz dedi.... ,Bechorani qara bir o’zi qolib ketibti, unga rahmim keldi. Toshkentga ketayotgan bo’lsa kerak mashinani to’xtataqol do’stim olib ketaylik’’. Ming afsuski ular to’xtashdi. Nimaga afususki deganimizni birozdan so’ng bilib olasiz. Mashina to’xtagach ayol yaqinlashib kelardi. U yoshi taxminan 27-30 atrofida chiroyli, latofatli edi. Lekin ko’zlari juda jaxldor qarardi. Ayol Rustamga shunday dedi: - ,,Yaxshiyam sizlarni uchratdim. Men ish bilan Qo’qonga kelgandim. Bugun Toshkentga ketishim kerak edi’’. Aziz: - ,,Ha opajon biz ham Toshkentga ketyapmiz’’. Ayol: - ,,Shafyorim bor lekin uni yo’lda mazasi qochib qolib shifoxonaga olib ketishdi bir o’zim qolib kettim atrofda mashina ko’rinmadi. Agar malol kelmasa meni ham olib ketsangiz aytgan pulizni beraman’’. Ular rozi bo’lishdi. Ayol mashinaning orqa o’rindig’iga o’tirdi. Yo’lga chiqishdi chamasi 15 daqiqa o’tib yomg’ir ham tindi lekin atrofda hech kim ko’rinmasdi. Rustam va Aziz o’zaro suxbat qurib ketishardi, ayol esa jim ketardi. Ular ayolga ahamiyat berib qarashmadi. Bir payt Azizning telefoni Jiringlab qoldi. U telefonini cho’ntagidan chiqargan edi bexosdan tushurib yubordi. Keyin telefonini olishga egilgan edi tasodifan orqa o’rindiqda o’tirgan haligi ayolga ko’zi Aziz ne ko’z bilan qarasinki haligi "ayol’’ni oyoqlari o’rnida 2 ta kattakon tuyoqlar
turardi, huddi otni oyoqlariga o’xshash edi. Aziz bu holatni ko’rib dong qotib qoldi na
baqirishini biladi na gapirishni umuman karaxt bo’lib daxshatga tushib qolgandi. Aziz jimgina yo’lga qarab ketardi. Shu payt mashina o’chib qoldi Rustam yo’l chetida to’xtatib shoshilgancha mashinadan tushdi lekin "ayol” ga ko’zi tushmadi. U kapotni ochib mashinani uyoq buyog’iga qaray
boshladi. Aziz esa hali sho’k holatida jim o’tirardi. Birozdan so’ng Rustam mashinaga o’tirdi, zavat qildi lekin mashina o’t olmadi. Shu payt haligi "ayol” mashinadan tushdi va orqaga o’tib mashinani itara boshladi. Rustam oynadan "ayol”ga qaradi lekin uni oyoqlarini ko’rmadi. Oynadan unga baqirdi: - ,,Hoy opajon nima qilyapsiz mashinani o’zimiz yurgizamiz bizni hijolat qilmang bo’ldi,, dedi. Lekin u gapga quloq solmasdi. Indamasdan mashinani itarib ketardi. Shu payt ga’aroyib hodisa ro’y berdi. Mashina o’z o’zidan tezlashib ketardi, xatto tezlik 50 km gacha ko’tarildi. Buni ko’rgan Rustam va Aziz karaxt bo’lib qolishdi. Orqadan hoholab kulgan daxshatli ovoz eshitila boshladi. Rustam qattiq qo’rqib
ketib mashinani tezda zavat qilib hayday boshladi tezlikni 120 km soatga chiqardi. ’’Ayol’’ orqada qolib ketib ko’rinmay qoldi. Rustam esa qo’rqqanicha mashinani tez haydab ketardi tezlik 135 ga chqqan edi. Shu payt haligi orqani ko’rsatadigan oynaga qarashdi. Haligi ‘’ayol’’ orqadan yugurib kelyapti va nixoyat 135 km tezlikda ketayotgan mashina bilan yonma yon yugurib ketardi. U ‘’ayol’’ni oyoqlari uzun yungli tuyoq edi. U Rustamga qaradi uning ko’zlari olovga o’xshab yonib turardi va hoholab qo’rqinchili ovozda kulardi. Buni ko’rgan Rustam va Aziz qattiq baqirib yurborishdi va mashinani o’ng tomonga burib tormozni bosdi va yo’l chetdagi beton devorga borib urildi... Ular hushidan ketishgandi. Ko’zlarini ochishsa kasalxonada reanimatsiya bo’limida yotishardi. Rustam va Aziz bo’lib o’tgan voqeadan qattiq qo’rqqanlari boyis es xushlaridan ayrilib qolishlariga bir baxiya qoldi. Ular ruxiy kassalliklar shifoxonasida davolanib chiqishdi.
Bo’lgan voqeani shu
yerigacha eslashadi. Mashina urilgandan keyin nima bo’lganini eslay olishmaydi. O’sha ‘’ayol’’ ni Qo’qon ahlidan yaxshilab surishtirishdi ya'ni ko’rinishini tasvirlab
berib surishtirib ko’rishdi. Hech kim ko’rmagan. U aytgandi shafyorim shifoxonaga tushib qoldi deb, Qo’qondagi hamma shifoxonalarni surishtirishdi hech qanday shafyor kasalxonaga tushmagan bo’lib chiqdi. Ekspertlar ham yo’ldan ham mashinadan ham hech qanday iz topa olishmadi. Nima bo’lgani xudoga ayon. Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz kerakki
olimlar va ulamolarning fikricha jin, shayton va ajinalar odamzod kam yashaydigan joylardan o’zlariga makon qilib olisharkan. O’sha kuni perevalda ham odam kam edi. O’sha ayol qiyofasidagi mahluq arvoxmi ajinami jinmi bu xudoga ayon. Alloh hammamizni o’z panoxida asrasin. Ushbu hikoyadagi voqealar real hayotiy hodisalar asosida yozilgan. Hikoyada joy nomlari va ismlar o’zgartirilib keltirilgan.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1287 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 3
Ulugbek10.01.2013 00:36
Sayt_Malikasi10.01.2013 01:44
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz