SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 14:35
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Chust pichog‘i Toshkent viloyatidagi ko‘plab xonadonlarni tunagan o‘g‘rilarni tutishga ko‘mak berdi
21:10
Chust pichog‘i Toshkent viloyatidagi ko‘plab xonadonlarni tunagan o‘g‘rilarni tutishga ko‘mak berdi
Toshkent viloyati Parkent tumanida istiqomat qiluvchi
fuqaro erta tongda do‘konini ochib qarasa, orqa tarafdagi
deraza oynasi sindirilib, panjarasi buzilgan. Javonda
qoldirilgan pullar esa yo‘q, deb xabar bermoqda
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Foto: oshxona.uz
Vaziyatdan xabar topgan ichki ishlar bo‘limi tergov-
tezkor guruhi xodimlari voqea joyiga yetib kelib, barmoq
izlarini olgach, surishtiruv ishlarini boshladi, biroq
harakatlar zoye ketdi.
Jinoyatni amalga oshirgan shaxslar esa bu vaqtda
do‘kondan o‘margan 800 ming so‘mini aysh-u ishratga
sarflab tugatdi va navbatdagi jinoyat rejasini tuza
boshladi.
Un savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro xonadonida
hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, rejani tuzib
chiqqan jinoyatchi devor osha uyga kirdi. Javondan ikki
dona uyali telefon, ayollar sumkasidan 200 ming so‘m
pul va kiyimlar orasidan besh million so‘m topib,
xonadon sohibiga jami olti million so‘mga yaqin zarar
yetkazgan holda voqea joyidan yashirindi.
Keyingi o‘g‘rilik tumanning chekka mahallalaridan
biridagi uyda sodir etildi. Jinoyatchilar xonadondagi
matoga o‘ralgan pullarni olib, juftakni rostladi.
Jinoiy guruh keyingi “ish”ini qo‘shni mahalladagi uyda
davom ettirishga kelishib, xonadonda hech kim
bo‘lmaydigan vaqtni poyladi. Uy egalari ketgach,
jinoyatchilardan biri ichkariga kirib, xonalardan 100
mingdan ortiqroq pulni topgach, yerto‘la qulfini buza
boshladi. Shu payt eshik ochilib, xonadon sohibasi
paydo bo‘ldi-yu jinoyatchi sarosimaga tushib qoldi.
Ayolning yordam so‘rab qo‘shnisinikiga yugurganidan
foydalangan o‘g‘ri devor osha qochib ketdi.
Navbatdagi o‘g‘rilik jinoyatchilardan birining amakisi
xonadonida sodir etilib, u yerdan jinoiy guruh katta
miqdordagi pul va ikki dona Chust pichog‘ini o‘g‘irladi.
Mohir hunarmandlar tomonidan yasalgan pichoqlarga
Muzaffar deb o‘yib yozilgan edi.
Parkent tumanidagi ketma-ket o‘g‘riliklar tuman IIB
xodimlarini yanada hushyorlikka undadi. Ular
jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olgan barmoq izlari
aynan bitta guruhga tegishli ekanini aniqladi. Tumandagi
ko‘p odam yig‘iladigan joylar, oshxona, restoranlar
kuzatuvga olinib, surishtiruv ishlari olib borildi.
Turli surishtiruv ishlari — uyida o‘g‘rilik sodir
etilayotganda kelib qolgan ayol, jinoyatchilar tez-tez
kelib turadigan oshxona xodimasi va boshqalar bergan
guvohliklar yordamida jinoyatlar rejasini tuzgan
shaxsning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumot to‘plandi.
Kunlarning birida bozorda surishtiruv olib borayotgan
xodim do‘konda go‘sht nimtalayotgan qassobning
qo‘lida Muzaffar deb yozilgan Chust pichog‘ini ko‘rib,
hushyor tortdi. Qassob pichoqni sotib olgan shaxs
qiyofasi haqida aytib berganida, avvalgi ma’lumotlar
tasdiqlandi.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida jinoyatchi va
uning sheriklari qo‘lga olindi.
manba: daryo uz
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 979 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 1
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz