SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 21:18
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Dekabr » 1 » Buyuk Britaniyada 13 ming kishi qullik sharoitlarida yashayotgani ma’lum qilindi
20:22
Buyuk Britaniyada 13 ming kishi qullik sharoitlarida yashayotgani ma’lum qilindi
Buyuk Britaniyada 13 mingga yaqin kishi qullik sharoitlarida yashaydi yoki shunday sharoitda ishlaydi. Britaniya Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi qullar soni bu boradagi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan anchagina oshib ketgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Birlashgan Qirollik Ichki ishlar vazirligi vakillarining aytishicha, doimiy ravishda uy qamog‘ida bo‘lgan oilaviy kuch qurbonlari, og‘ir ahvolda qolgan hamda fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan ayollar, qarzi katta bo‘lgan kishilar, shuningdek, fabrikalar, dalalar va baliq tutish xizmatlarida majburan ishlaydigan shaxslarni bugungi kun qullari deb atash mumkin.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 100 dan ziyod mamlakatdan kelgan kishilar qullik sharoitlarida yashamoqda. Zamonaviy qullarning eng ko‘pi Albaniya, Vyetnam, Nigeriya va Ruminiyadan kelganlar, shuningdek, muhojirlarning Birlashgan Qirollikda tug‘ilgan farzandlari miqdoriga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya parlamentida zamonaviy qullikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanmoqda. Mazkur qonunning qabul qilinishi XXI asr qul savdosi qurbonlarini aniqlash va ularga ko‘mak berishga yordam berishi kutilmoqda.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1041 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz