Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Buxorolik aka-uka o‘g‘irlangan 4 million so‘mlikqo‘y-qo‘zini G‘ijduvon mol bozorida sotibyubordi
05:57 Buxorolik aka-uka o‘g‘irlangan 4 million so‘mlikqo‘y-qo‘zini G‘ijduvon mol bozorida sotibyubordi |
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Zafarobod qo‘rg‘onida istiqomat qiluvchi aka-uka osongina daromadga ega bo‘lish maqsadida tungi soat 01:00 larda “sayohat”ga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda. Foto: ic.pics.livejournal.com Tumanning Mug‘onak qishlog‘idagi og‘ilxonada to‘rt-besh bosh qoramol va bir nechta qo‘yga duch kelgan aka-uka o‘zlarining “UAZ” rusumli avtomashinasiga qo‘y-qo‘zilarni yuklab, iziga qaytdi. Aka-uka o‘g‘irlangan qo‘y-qo‘zilarni G‘ijduvon mol bozorida pullab, jabrlanuvchiga to‘rt million so‘m zarar yetkazdi. Shundan so‘ng, aka-uka yana ishga kirishib, “Ko‘kcha” qishloq fuqarolar yig‘inining cho‘l hududida qarovsiz holatda o‘tlab yurgan o‘n boshdan ziyod qo‘y va echkilarni ham og‘irladi va ularni to‘rt-besh kundan so‘ng qo‘shni qishloqlik kishiga arzon-garovga sotib yubordi. G‘ijduvonlik aka-uka Og‘itma ovuli yaqinidagi cho‘lda qarovsiz o‘tlab yurgan 13 bosh qo‘y va echkini ham og‘irlab, sotib yubordi. Ular bahor faslida yana shu hududga kelib, cho‘ldagi qo‘y- echkilarni avtomashinaga yuklashga kirishayotganida G‘ijduvon tumani IIB JQ va UJQKB tezkor vakillari tomonidan qo‘lga olindi.
|
Категория: O`zbekiston Yangiliklari |
Просмотров: 876 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|