akajon, kirsam maylimi- Kiraqo singlim, bemalol. (Singlim, ko'zida yosh bilan, xonamga kirib keldi) -Iye, nima bo'ldi singlim ? Kim seni xafa qildi ? -Akajon ... ... -Xo'sh ? -Haligi ... -Nima gap singlim ? -Maftuna ... -Maftuna ? Nima bo'ldi Maftunaga ??? Nima bo'ldi ??! Gapirsanchi singlim ?!! -Maftuniz ... endi yo'q ... -Nima ??? Ne-ne-nega ??? Tu- tushunmadim ? Bu nima deganing, singlim ??? -Haligi, anavi Jafar ... -Jafar ??? Tezroq gapirsangchi singlim ?!! -Akajon, Jafar Maftunani ... -Xo'sh ???! ... -Jafar Maftunani, nomusiga tegibdi ... ... -Ni-ni-ni-nima ??? ... -Akajon iltimos, faqat o'zizni qo'lga oling. -Qa-qanaqasiga singlim ? -Kechqurun, Maftuna menga qo'ng'iroq qildi. Gapirishga holi ham qolmagani, gapirishlaridan bilinardi. Sizga qo'ng'iroq qilib, hammasi tugagani aytishga botinolmagani uchun, menga qo'ng'iroq qilibdi. Jafar, Mafunani majburlabdi. Maftunani yaqin kunda Jafarga turmushga berisharkan. So'zini so'ngida, sms xabar jo'natdi. Bu smsni, siz o'qishizni tayinladi. Mana telefon akajon ... Qattiq shokga tushganimdan, tilim aylanmay qoldi. Qo'limga telefonni tutqazgan singlim, ko'zida yosh bilan, xonadan chiqib ketdi ... Tushimmi yoki o'ngim ? Qo'limda turgan mobil smsni ochmay, jahl bilan darhol yo'lga chiqdim. O'sha onda, Singlimning gaplariga ishonmaslikni xohlardim. Ammo, singlim menga, hali biron marotaba yolg'on gapirmagan. Rostligi aniq edi. Ko'zlarimga dunyo tor bo'lib ketdi. Yuragim xuddi urishdan to'htagandek, tobora siqilib borardi. Yo'lda ketayotib, Jafarga qo'ng'iroq qildim ... -Lanati ablax !!! Nima qilib qo'yding ? Hayvon, qayerdasan ? -Iye iflos, qalesan ? So'rashmaysan ham ?! Nima bo'ldi ? Xuddi kimdir orqangdan quvayotgandek baqirasan ? Vuhahahaha ! -Pastkash, razil, ming lanat senga ! Qayerdasan ? Uchrashishimiz kerak ! -Ey to'hta-to'hta, o'zingdan- o'zing, nega baqirib, uchrashmoqchi bo'lyapsan ? Xo'sh ? -Lanati, o'zingni hechnarsa bilmagandek tutasan-a ? Sen ham Allohni bandasimi o'zi ? Yoki shaytonni malayi ? Maftunaga nima qilding ? -E - haaa, gap buyoqda-de ? Eshitibsan-da ?! Maftunaga hechnima bo'lgani yo'q ! -Pastkash, surbet, qanaqa odamsan ? Maftunimga nima qilding ? -Aytsam nima qilasan ? O'ldirasanmi ? Vuhahahahaha ! Qo'rqib ketdim. Unda eshit iflos ! Senga Maftunadan yaxshilikcha voz kech, bo'mag'ur sevgilaring bilan xom hayol qilma, u bilan uchrashma, degandim. Sen bo'lsa, jinniliginga bording. Undan voz kechmay, yana uchrashuvga chiqding. Natijada nima bo'ldi ? Boplab taziringni yeding ! Shunda ham aqling kirmadi chog'i, Maftunani olib qochmoqchi bo'lding. Buni natijasi ham nima bo'ldi ? Maftunadan butunlay ayrilding ! Senga Mafunadan voz kechasan deganimda, sen: "Maftunadan o'lsam ham, voz kechmayman" degan eding. Esingdami shu gaplaring ? Shunda men: "Hali shunaqayam voz kechasanki, voz kechmay ham ko'rchi" degan edim. Mana, so'zimni yaqqol isboti ! "Qani ko'ramiz, kim-kimni yengarkin" bu gaplarim ham yodingdami ? Sen yengilding ! Maftuna endi senga begona ! Yaqinda to'yimiz bo'ladi. Uchrashuvga kelsak, xohlagan joyingda uchrashaman ! Qani mazilni ayt-chi ? ... -Iymonsiz ablax ! Allohdan hali qilmishlaringa jazo olasan ! Meni oborib, do'pposlagan joying esingdami ? O'sha yerda seni, 3 soatdan so'ng, kutaman, ablax ! -Bo'pti, kelishdik ! Uchrashuvimizga hechkim halal bermasin deyapsanmi ? Vuhahahahahaha ! -Lanati iymonsiz, ovozingni o'chirib, yo'lga chiq ! Telefonni o'chirib, o'zim ham, Elyor va Jamshidni olib, yo'lga tushdim. U lanati bir o'zi kelmasligi aniq edi. Kamida 4 ta yoki 5 ta odam bilan keladi. Mayli, kelaversinchi ... Yo'lda ketayotib, Jamshid va Elyorga hammasini tushuntirdim. Ular ham, jahl otiga minishdi. Endi bu Ablaxga ko'rsatib qo'yishim kerak. O'sha, meni do'pposlagan joylariga borib, kutib turdik. Oradan 3 soat o'tib, Jafar yetib keldi. Kutganimday, yonida 3 ta sherigini ham, olib kelibdi. Mashinadan tushishgach, Jafarga yaqinlashib, uni so'roqga tutdim. Savollarimga bepisandlik bilan, kulib turardi. O'sha onda jahlim juda kuchliligidan, unga bir musht tushurdim. Jafarni sheriklari menga yaqinlashib, meni ura ketishdi. Buni ko'rib, Elyor va Jamshid ham qo'shilishdi. Buyog'i to'z-to'polon bo'lib ketdi. Maftunimga, menga qilgan qabixliklarini eslab, jahl bilan urardim. Ko'zimga hech narsa ko'rinmasdi. Allohni irodasi bilan, biz ustun keldik. Yerga ag'anab yotgan, 4 ta hayvonni ko'rib, biroz bo'lsada tinchlandim. Meni shu yerga olib kelib, nomardlarcha do'pposlagandi. Qaytar dunyo ekan ... Jamshid va Elyorni olib, uyga qaytdim. Hammayog'imiz qon ... O'rtog'larimni uyiga qo'yib, o'zim ham uyga qaytdim ... -Voy akajon sizga nima bo'ldi ? Kim bu ahvolga soldi ? -Jim !!! Sekin singlim. Oyim va dadam eshitmasinla. Men xonamda bo'laman. Meni so'rashsa, yotipti degin, xo'pmi ? -Xo'p, lekin akajon, hammayog'iz qon-ku ! Doktorga borishiz kerak. -Men yaxshiman singlim. Aytganimdek qil, iltimos. -Xo'p ... Unda hozir dori olib kelaman. -Yo'q ! Hechnarsa kerakmas. Rahmat singlim. Faqat yolg'iz qolmoqchiman. Keyin gaplashamiz ... Xonamga kirishim bilan, yerga singan daraxt kabi yiqildim. Harakatim, butunlay so'ngan edi. Shu bilan Maftunim yuborgan smsni ham, o'qiy olmadim. Ertasi kuni ertalab, qattiq siqilish va charchoqdan uyg'ona olmadim. Soat 11 larga qarab, singlim uyg'ota boshladi. Uyimizga militsiya kelganini, meni chaqirishayotganini aytdi. Yuz-qo'limni yuvib, mehmonxonaga chiqdim. Militsiyachilar, ustimdan shikoyat arizasi tushganini aytishdi. Nima uchun ekanligiga qiziqib ham o'tirmadim. Nima uchun kelganliklarini bilardim. Ablax Jafar uyga qaytgach, otasi meni militsiyaga berishi aniq edi. Chunki, otasini militsiyachilar bilan, tanish- bilishligi bor. Xullas, meni oborib so'roq qilishdi. Jafarni qilmishlarini aytganimda, hechkim gaplarimga ishonmadi. To'g'ri-da, tanish bilishlik bor joyda, meni gaplarimni kim ham inobatga olardi ? Men hechnarsa qilolmadim ... Chorasi bo'lmagach, dadam katta miqdorda jarima to'ladilar. Keyin u ablax, arizasini qaytarib oldi. Men uni do'pposlab, qaytanga katta miqdorda jarimaga tushganim qoldi. Qani adolat ? Adolatni o'rnini, pul egalladimi ? Ming lanat hammasiga ! Uyga qaytgach, ota-onam meni tinchlantirishga urunishardi. Hechkimning gapini eshitgim kelmasdi. Xonamga kirib, Maftuna yuborgan smsni o'qishga oshiqdim. Yuragim tez ura boshladi. Telefonni olib, Maftunani iltimosini o'qidim. Smsda esa, quyidagi so'zlar yozilgan edi: ... Salom Otabek aka ... Yaxshimisiz ? Hozirgi aytadigan gaplarim, yuragizga qattiq botadi. Bu uchun sizdan kechirim so'rayman. Men sizga so'z bergandim, "O'zimni o'ldirmayman" deb ... Men so'zimda turaman. Ammo meni ruhim o'ldi ! Sizga so'z bergan tanam, va'dasida turib yashaydi. Lekin, sizni maftuningiz allaqachon o'ldi. U endi sizni, samolalarda kutadi. Bu yolg'onchi dunyoda, bizga birga bo'lish, nasib etmagan ekan. Bu hayotda faqat sizni sevdim, birgina sizni, jurnalistim ! Endi sizni Jurnalistim deb ham, chaqirolmayman. Meni kechiring ... Buyerlardan qochib ketganimizda, men chinakamiga baxtli edim ... Birga baxtli o'tkazgan kunlarimiz, qalbimda abadiy muhrlanib qoladi. Sizga doim ishonganman, hozir ham ishonaman, siz albatta baxtli bo'lasiz ! Endi men uchun ham, siz baxtli yashang ! Allohdan sizga, go'zal hayot va chin baxtni tilayman ! Sizdan birgina iltimosim, o'zingizni ehtiyot qiling, iltimos ! Hayotingiz hali oldinda. Bizni taqdirimiz qo'shilmagan ekan ... Men sizdan roziman, Alloh ham rozi bo'lsin inshoolloh ! Muhabbatimiz uchun, oxirigacha kurashdingiz. Shuni o'zi ham, ozmi-ko'pmi yashagan umrimda, men uchun eng katta baxtdir ! Hamma- hammasi uchun, minnatdorman sizdan. Shu onda bir so'zni aytish, yuragimni urishdan butunlay to'xtatadi. Lekin, endi aytishga majburman. Meni kechiring. Alvido ... Bu so'zlarni o'qib, qalbim parchalanib ketdi. Tilim ham aylanmay, ko'zlarimdan bamisoli qon oqa boshladi. Yo'o'o'o'-o'q !!! Bo'lishi mumkin emas ! Beg'uborim ? Beg'uborim ? Beg'uborim ??!!! Nahotki biz ayrildik ? Yo'q, bo'lishi mumkin emas ! Meni tashlab ketma beg'uborim !!! Axir, qalbim beg'uborisan. Sensiz men nima qilaman ?! Meni ham ruhim o'ldi ... Men bir muncha vaqt, xuddi jonsiz odamga aylanib qoldim. Oilamdagilar gapirishsa ham, qulog'imga gap kirmasdi. Chin muhabbatdan ayrilish, naqadar azob ... Bu asnoda oradan bir oy o'tdi. Meni butkul ruhiyatim singandi. Haligacha Maftunimdan ayrilganimga ishongim kelmasdi. Hechkim bilan gaplashmay qo'ydim ... (ORADAN 6 OY O'TDI) Oradan bir yil o'tib, men biroz bo'lsada o'zimga keldim. Ammo haligacha Maftunimni eslab, ko'zlarimga yosh keladi. Men sevgimga erisholmadim. Nega oxiri baxayr bo'lmadi Allohim ? Qaysi gunohimiz uchun, biz ayriliqga yuz tutdik ? Nega axir, nega ??? Maftunaga nima bo'ldi ekan deb, qiziqayotgandirsiz. Maftunim so'zida turdi. U irodali ekanini isbotladi. Jafar Maftunaga nomardlarcha bo'lsada, uylandi. Eshitishimcha, Maftuna mendan ayrilgandan so'ng, hechkim bilan gaplashmas ekan. Na otasi bilan, na onasi bilan, na jafar bilan ... Ko'plab doktorlarga oborishibdi. Ammo, hechqanaqa davo topisholmabdi. Ko'plab doktorlar buni, qattiq qo'rquv va siqilish natijasida bo'lganini ta'kidlashibdi ... Jafarni ishlari esa, chappasiga ketayotganmish. Kim bilsin deysiz, qilmishlariga yarasha javob olayotgandir. Ikki sevishgan qalbni ayirib, baxtsizligi evaziga baxtli yashash mumkinmi ? Alloh buyuk ! U, har bir narsani javobi bilan beradi. Shuning uchun ham, "Qaytar dunyo" deyishadi ... Ayni kunda, qalban juda ham siqilganman. Ammo men sabr qilyapman. Naqadar qiyin bo'lsada, sabr qilaman. Bu hayotda hamma narsa bo'larkan. Lekin, inson sabr qilmog'i lozim. Maqolamni bir 4 qismini yozib, saytga qo'yganimda, Jafar buni ko'rib qolgan ekan. Menga qo'ng'iroq qilib, yozmasligimni tayinladi. Inson degani, shunchalik ham pastkash, surbet bo'ladimi ? Qanchadan-qancha gunoh ishlar qilib, endi aybini yashirishga ham urinmoqchi. Men esa, yozishdan to'htamadim. Bu yozgan voqealarim, kimlargadir saboq bo'ladi degan umiddaman. Qanaqangi ablaxlar borligini hamma bilsin ! Jafar, bu yozganlarimni sen ham o'qiding albatta. Gaplarim yolg'on bo'lsa, hech bo'lmasa bir marotaba mardlik qilib, isbot qoldir ! Qaysi gaplarim yolg'on ekanini tasdiqlay olasan ? Seni endi butun O'zbekiston ahli biladi. Meni balki bu qilmishim uchun, qachonlardir ko'ksimga pichoq sancharsan. Lekin endi menga baribir ! Meni umidlarim so'ndi, orzularim chilparchin bo'ldi. Endi yo'qotadigan narsam yo'q ! Senga jazoni men emas, Alloh bersin va beradi ham ! Azizlar, hayotimda bo'lib o'tgan voqealarga mana guvoh bo'ldingiz. Shuncha vaqt mobaynida, har bir qismni qiziqish bilan kutib, meni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun, barchangizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman ! E'tiboringiz uchun tashakkur ! Hurmat bilan Otabek !
|