Главная » 2013»Yanvar»7 » Britaniyada nashr etiladigan Sunday Times ro‘znomasi mamlakatning bu yilgi eng boy...
03:41
Britaniyada nashr etiladigan Sunday Times ro‘znomasi mamlakatning bu yilgi eng boy...
Britaniyada nashr etiladigan Sunday Times ro‘znomasi mamlakatning bu yilgi eng boy odamlari ro‘yxatini e‘lon qilgan. Bu ro‘yxatda asli o‘zbekistonlik ishbilarmon Alisher Usmonov yana Britaniyaning ikkinchi eng boy odami deb topilgan. Yana ushbu mavzuga oid Alisher Usmonov bu yil ham Britaniyadagi ikkinchi eng boy odam Bloomberg: Alisher Usmonov Rossiyada boylarning boyi Sunday Times ro‘znomasining bu yilgi ro‘yxatida janob Usmonov 20 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoyasi bilan hindistonlik po‘lat korchaloni Lakshmi Mittaldan keyingi o‘rinda turibdi. Uchinchi eng boy odam ham rossiyalik, "Chelsi" futbol klubining sohibi Roman Abramovich. Alisher Usmonovning vatani bulgan O‘zbekistonda rasman millioner va milliarderlar yo‘q. Hozirgacha xorijda milliarder deb tan olingan O‘zbekiston fuqarolari - Prezident Karimovning qizlari Gulnora va Lola Karimovalardir. Shveytsariyaning "Bilan" jurnali o‘tgan yili opa- singillarining boyligini bir milliard dollarga teng, deb baholagan. Ammo Toshkent shahridagi millionlab dollar davlat mablag‘larini o‘zlashtirish hollari yuzasidan tergov olib borgan sobiq prokuror Botir Husayinovning aytishicha, O‘zbekistonda yashirin millionerlar oz emas. "O‘z boyligidan soliq to‘lamagan, deklaratsiya to‘ldirmagan boylarimiz juda ko‘p", deydi Botir Husayinov. Misol uchun bir kishi tepada o‘tiripti rahbar bo‘lib. Chet el bilan har qanday shartnomani olsangiz, neft-gaz bo‘yicha, yerdan chiqayotgan tilla bormi, mis bormi, o‘shalar bilan shartnoma qilinsa, qaysi mamlakat bilan bo‘lishidan qat‘i nazar, shartnomadagi mahsulot qiymati Liverpul birjasidagi baho bo‘yicha belgilanadi. Bu shartnomada "diskont" deb ataladigan tartib bor, bu diskontning miqdori shartnomada ko‘zda tutilgan mablag‘ning 10 foizgachasini tashkil etadi. O‘sha mahsulotni sotib olgan shirkat bu diskontni qayerga o‘tkazaylik, deb so‘raydi. O‘shanda bu mahsulotni sotayotgan odam "mening Angliyada yoki Dubayda shirkatim bor, o‘sha shirkat hisobiga o‘tkazing", deydi, deya tushuntiradi Botir Husayinov. Botir Husayinovga ko‘ra, O‘zbekistonda shu paytgacha ham mamlakatning xomashyo boyliklari savdosidan mana shu yo‘l bilan daromad ko‘rayotganlarni tekshiradigan mas‘ul idora yo‘q. "Buni bizda qilisholmaydi", deydi sobiq prokuratura xodimi. "Men bilaman, odamlarning Angliyada firmalari bor, Qozog‘istonda bor. Juda ko‘pchilikning Dubayda hisob raqamlari bor", deydi Botir Husayinov. Aksar mahalliy hamda xorijiy kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekistonda mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon shaffof biznes bilan shug‘ullanish va qonuniy yo‘l bilan boyish imkoniyatlari yaratilmagan. O‘zbekistonlik va xorijdan mamlakatga sarmoya kiritgan biznesmenlarning o‘z faoliyatlarini to‘xtatishlariga ham noqonuniy va ham O‘zbekiston mutasaddi idoralarining bosimlari sabab bo‘lgan. Konvertatsiya bilan bog‘liq muammolar O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi o‘z mahsulotlarini tarqatish nuqtasiga aylantirishni istagan dunyoning qator mashhur shirkatlarini oxir-oqibat bunday nuqta sifatida Qozog‘istonni tanlashlariga majbur etdi. Dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatiga kirgan o‘zbekistonliklar ham boshqa mamlakatlar ishbilarmoni sifatida e‘tirof etilganlar.