Britaniyada dunyodagi eng katta piyoz etishtirildi
Britaniyalik bog'bon Toni Glover Lestersher qirolligida istiqomat qiladi. Ginnesning rekordlari kitobiga dunyodagi eng yirik piyoz sifatida kiritilgan ushbu sabzavotning og'irligi 8,5 kilogrammni tashkil qiladi. Bu haqda Day.az nashri xabar beradi. Ushbu piyozni etishtirish uchun u bir yil ter to'kdi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun u issiqxonada belgilangan namlikni ushlashi, quyosh nurining o'rnini bosuvchi lampalarning yonib turishini, havoning azot bilan ta'minlashini nazorat qilishi lozim edi. Mashaqqatli mehnatdan so'ng u dunyodagi eng yirik piyozni etishtirgan bog'bon sifatida rekord o'rnatdi. Eslatib o'tamiz, dunyodagi eng yirik piyozni etishtirish rekordi 2012 yili Piter Gleyzbruk tomonidan o'rnatilgandi. U 8 kilogramm 200 grammlik piyozni etishtirgandi.