Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 19 » Braziliyalik o‘smir SMS-xabar yozish tezligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi
17:34 Braziliyalik o‘smir SMS-xabar yozish tezligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi |
Sensorli ekranga ega smartfonda matn terish tezligi bo‘yicha jahon rekordi iPhone 6 Plus yordamida o‘rnatildi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Braziliyalik Marsel Fernandes Filyo ismli yigitcha dunyoda eng tezkor deb rasman tan olingan Fleksy klaviaturasidan foydalanib, o‘z rekordini yangiladi. U shu yilning mayida ham Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Yetti oy avval Marsel xuddi shunday klaviaturadan foydalangan, biroq u Samsung Galaxy S4 smartfoniga o‘rnatilgan edi. O‘sha vaqtda Fleksy klaviaturasini iOS-qurilmalarda qo‘llash mumkin bo‘lmagan.
May oyida o‘smir ingliz tilidagi “Serrasalmus va Pygocentrus turidagi o‘tkir tishli piranyalar dunyoda chuchuk suvda yashovchi eng tajovuzkor baliqlardir. Biroq haqiqatda ular odamlarga kamdan-kam tashlanadi” (“The razor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the most ferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human”) jumlasini 18,19 soniyada tergan bo‘lsa, bu safar u shu vaqtni 17 soniyagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 733 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|