SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 19:24
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 22 » Bor ekan-u,yo'q ekan qadim qadim zamonlarda
07:12
Bor ekan-u,yo'q ekan qadim qadim zamonlarda
Bor ekan-u, yo'q ekan, Qadim,
qadim zamonda,
Foniy dunyo tomonda, Go'zal
tuyg'u bor ekan.
Barcha inson ko'nglida, O'shal
tuyg'u yasharkan Yuraklar bir bog' kabi,
Go'zallikdan yashnarkan
Yetti osmon ishvasin, Bog'i
eram mevasin,
Tatib lazzat olarkan, Davru
davron surarkan, Inson umri nur to'la, Ertak
kabi o'tarkan,
Shirin o'yga ko'milib
Tuyg'ular jo'sh urarkan.
Yuraklar qanot yozib,
Otashdek porlab yonib, Rohatga to'ymas ekan,
So'ngisi kelmas ekan.
Sevishganlar gulmisol, Barpo
etib ko'rkamlik
Chehralari nurvisol Bahtli
hayot kecharkan. Kecha, kunduz, oy, yillar O'tib
asta oradan,
Noshukurlik kelibdi, Insonga
do`st bulibdi.
Rashk, gumon, fitna, bo'hton
Qo'shilib o'shal zamon, To'lib, toshib ketibdi, Misoli
qora ummon.
Osmonni bulut bosib, Quyosh
nurlarin to'sib,
Yuraklarda behislik, Qora
zamon kelibdi. Ko'ngillar toshday qotib,
Ishqin bo'htonga sotib,
Sevgilar hor bulibdi, Nurlar
so'nib qolibdi.
Bir panada berkinib, Durday
ko'zyoshin to'kib, Sevgi yig'lab turarkan,
Insonlarga aytarkan:
"Ayting nedir gunohim?,
Tuyg'uingiz panohim,
Yuraklarni bog'layin, Yordam
bergin Allohim." Bir inson shunda unga: Kunim
almashib tunga,
Zahmatlar chekib doim,
Aylanib qoldim qulga.
Seni deb yonib yashab,
Hayotimdan kechdim men, Barcha yumushim tashlab,
Majnun misol buldim men.
Ne topdim ayt o'rniga?? G'am
alam, ham nadomad,
Chekganim bir dard bo'ldi,
Ko'rsatmading karomat. Doim yurakda g'ashlik,
"Sevgilim qayda ekan?,
Hozir kim bilan" degan?,
Hayolimda bir tashvish.
Bas charchadim bu darddan,
Kechdim men bunday bahtdan,
Ko'zimdan yuqol" debti,
G'azablanib alamdan.
Sevgi ko'z yoshin artib, Yana
tilga kiribdi,
Hursinib asta sekin, Ushal insonga debti:
"Men misoli guldirman,
Ikkingiz ham keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz,
Ikkinchingiz nurdeksiz...
Nur bo'lmasa yaprog'im, Jonsiz so'lib qoladi ....
Suv bo'lmasa ildizim, Tolib
qurib qoladi...
Bir biringizdan gumon,
Ildizimda qurt kabi
Gumonli bo'lsa sevgi, Yurakda ishq o'ladi.
Seving, haydamang meni, Men
jannatdan kelganman,
Yuragingiz nur qilib Saodatga
chorlayman.
Faqat inson kar kabi, Unga parvo qilmabdi,
Sevgi suzin tinglamay,
Yuragidan haydabti.
Horu zorlikga qolib, Tugunin
orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi shunday so'zlabdi:
"Toshday qotdi ko'nglingiz,
Qonga to'lib ko'zingiz,
Gumon, bo'hton bir bo'ldi,
Horlik topdi sevgingiz..
Bir kun kelib insonlar, Meni suvday istarlar,
Yolvorib kecha kunduz,
Allohimdan so'rarlar..
Barcha ko'ngil topganda,
Noshukirlik qildingiz,
Tanlangan yuraklarga, Kelar endi sevgingiz.
Shul so'zlarni aytib u, Behos
g'oyib bulibdi.
Inson hayron bulmasdan
Yo'lin davom etibdi..
Ko'p zamonlar o'tibdi, Inson sh'erlar to'qibdi,
Sevgi haqida hatto Hikoyalar
bitibdi..
Lek sevgi endi faqat, Tangrim
so'zin tinglarmish,
Gar buyursa unga Haq Yuraklarga kirarmish...
Tangridan so'rang, zero,
Yuragingiz yorishsin,
Ruhingiz porlab tanho
Saodatga erishsin...
Kumushbibi qullari , Tebratmadi qalamni,
Balki uning yuragi, Kuyladi
shul qissani...
Allohdan so'rasangiz U albatta
beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi albat keladi..
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 708 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 1
Ulugbek22.01.2013 08:39
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz