Bolalar uyidan maktub… Assalomu aleykum oyijon yaxshi yuribsizmi ishlaringiz joyidami, akalarim ukalarim bormi yo`qmi bilmaymanu ular ham yaxshimi dadajonim yaxshimilar? Siz meni bolalar uyiga tashlab ketgan bo`lsayiz ham men sizni hali hamon yaxshi ko`raman bilasizmi oyijon bu yerda meni opa singilarim aka ukalarim bor ular meni juda juda yaxshi ko`rishadi biz bir birimizni xafa qilmaymiz hammamiz ahil inoq yashaymiz. Sizga bu gaplarni qizig`I bormi bilmadimu ammo aytib o`tgim keldi meni sog`liqlarim joyida kiyimlarim butun, vaqtida ovqatlanib vaqtida yuvinib yuraman. Lekin lekin… lekin,,, vaqtida uxlolmayman kechalari deraza oldida o`tirib sizni kutib yig`lab chiqaman… biz hammamiz biz birimizga sezdirmasdan yig`lab chiqamiz lekin yosh bo`lishimizga qaramasdan ko`z yoshlarimizni berkitib olamiz. Kecha kecha tarbiyachimiz menga sen oyinga o`xshaysanmi dadangami deya savol berdi yig`lab yubordim men sizlarni hatto eslolmasam ham kimga o`xshaganimni bilolmaymanu oyijon rosa yig`ladim. Yomg`ir ham ko`z yoshimga qasd qilganmi bilmadimu lekin sira to`xtagisi kelmaydi ko`z yoshlarim oqib borar ekan yomg`ir ham shunchalar kuchli yog` boshladi. Oyijon sizni juuddaaa juuddaa sog`indim qachon kelasiz? Oyijon utunib so`rayman meni bu yerlardan olib keting… ishoning sizga umuman xalal bermayman yig`lamayman, ishlarizga yordam beraman ukalarimga qarayman nimaaa desayiz hammasini bajaraman aqlli qizcha bo`laman oyijon. Oyijon iltimos olib keting hamma narsam yetarli olib ketsayiz bo`ldi. Faqat yonizda olib yurib "Qizim” desaiz bo`ldi shu so`zizdan boshqasi kerak emas oyijon oyijon iltimos keeling olib keting. Menga qo`g`irchoqlar kerak emas yonizda yursam bas. Meni qizim desayiz dunyo menga kerakmas. Oyijonnn har kuni sizga xat yozaman nega kelmaysiz? Yoki xat tashivchi amakilar xatlarimni sizga yetkazishmayaptimi oyijon keeling ununib surayman. Qarang sizga atab sher yozdim men shoira emasmanu tarbiyachimizni aytishlaricha menda istedod bor ekan. Katta bo`lsam sizga atab kitob chiqaraman lekin lekin ismingizniyam bilmasam meni olib ketmasaiz qanday nomlayman oyijoonn. [www.JPG.uz -saytdan olindi. JPG.uz kirib ko'ring va qiziqarli hikoylalardan bahramand bo'ling.] Gulzor ichra gullar terdim onamga deb Parvarishlab avayladim onamga deb Xona ishra ochilgan gul bir bir so`ldi Bu qizingiz yig`lay yig`lay ado bo`ldi…
Bugun kelar deya kutdim onajonim Olib ketar deya kutdim otajonim Bor ekanmi himoyachim akajonim Yo bormikan menga sirdosh opajonim
Ukam bormi? Singlim bormi bilolmayman Kecha kunduz yig`laymanu kulolmayman Nega endi? Men ham baxtli bo`lolmayman Otajonim onajonim olib keting…
Uyingizmas menga mehr bo`lsangiz bas Bolam degan so`ziz kerak boylik emas…
Sherimni davom ettirardimu oyijon doktorlar kelishdi ukolimni olmasam bo`lmas ekan…. Doctor amakini gaplarini to`satdan eshitib qoldim ishoning oyijon gap poylash niyatim yo`q edi bilmasdan eshitib qoydim oyijon kechiring poyloqchi ekan deb mendan xafa bo`lmang… aytishlaricha men rak ekanman rak nimaligini bilmadimu oyijon ammo bir oylar yashar ekanman kooo`z yosh menga mumkin emas ekan lekin ularga yashirib har kuni yig`layman siz kelmasangiz menga hayotni nima keragi borr oyijon. Mayli oyijon shu bir oy ichida bir marta bo`lsa ham uzoqdan bo`lsa ham kelib keting. Bir marta bag`rizga bosib meni qizim deng oyijon. Mali xayr oyijon o`zingizni ehtiyot qiling meni tashlab ketgan bo`lsaiz ham men sizni juda juda yaxshi ko`raman. Dadajonimga salom ayting opa singillarim aka ukalarim bo`lsa meni nomimdan o`pib qoying oyijon sizlarni juda yaxshi ko`raman… oyijon kechasi bilan hech qayerga sig`madim bolalar uyiga, xonamizga xatto kiyimimga ham qizib ketaverdim ketaverdim…
Derazaga ko`p tikildim kelmadingiz Biron bora hatto holim so`rmadingiz Tashlab ketish uchun meni tug`ganmidiz? Xayr oyi so`ngi kunim kelmadingiz…
Umrim shuncha qisqa ekan bilmay o`sdim Yeti yoshda rak ekanman bilmadindiz. Meni shuncha yomon ko`rasizmi oyi Men ketyapman so`ngi kunim kelmadindiz.
Jannat sari qadam qoyib ketdim oyi Kutmoqlikdan ozod bo`lib ketdim oyi Endi sizni Jannatda kutaman……