SHERLAR.BIZ Payshanba, 21.11.2024, 11:58
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 12
Mexmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Mart » 16 » Bolaga nima deyish mumkin emas?
19:04
Bolaga nima deyish mumkin emas?
Bola qanday shaxs bo'lib yetishida ota-onaning tarbiyasi asosiy rol o'ynaydi. Ota-onaning maslahatlari bola hayotda qo'yadigan har bir qadamida o'z aksini topadi. Ota-onaning qanday so'zlari bolani shaxsiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bolada o'ziga bo'lgan ishonchini sindiradi va hayotda mustaqil yetuk mas'uliyatli shaxs bo'lib yetishiga to'sqinlik qiladi?

Quyidagi gaplar yuqoridagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:

Kuchli odamlar yig'lamaydi;

Faqat o'zing haqingda o'yla, hech kimni ayama;

Sening bu qilig'ing g'irt seni adang (oying)ga o'xshatadi;

Jinni;

Sen bo'lmaganing yaxshi edi;

Adang (oying)ga o'xshagan omadsiz bo'lib o'sasan;

Quloq solmasang kasal bo'lib qolasan;

Senga shuncha kuchimizni ayamadik, sen esa...;

Sening ishing bo'lmasin;

Seni Xudo jazolasin;

Ko'p yema, semiz bo'lsang seni hech kim sevmaydi;

Hech kimga ishonma, hamma aldoqchi;

Bunday qilsang, hech kim sen bilan do'st bo'lmaydi;

Doim shuni hammadan yomonroq bajarasan;

Ayollar erkaklarga qaraganda aqlsizroq bo'ladi;

Sen yomonsan;

Yaxshilikka ishonma, dunyo u qadar go'zal emas aslida.

Yuqoridagi nasihatlarni asosan bo'sh, kuchsiz va hayotda o'z o'rnini topa olmagan ota-ona bolasiga singdiradi.

Bola baxtli va o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishini istasangiz quyidagi so'zlarni ayamang:

Senda yaxshi fazilatlar juda ko'p;

Yig'layver, yengil tortasan;

Qancha bersang, shuncha olasan;

Dadang (Oying) qanday ajoyib inson;

Sen bizning baxtimizsan;

Har bir inson o'z yo'lini o'zi tanlaydi;

Sen sog'lomsan;

Biz seni yaxshi ko'ramiz, tushunamiz;

Sening fikring biz uchun qiziq;

Xudoim seni yaxshi ko'radi;

Sen odamlarga qanday munosabatda bo'lsang, ular ham senga shunday munosabatda bo'ladilar;

Hamma xato qiladi, yana bir urunib ko'r;

Tozalikka rioya qilsang, sog'lom bo'lasan;

Hammasi o'z qo'limizda;

O'zingni sevishni bil, shunda boshqalar ham seni seva olishadi.

Sen ko'p narsaga qodirsan;

Rahmat;

Sensiz nima qilar edik;

Sen uchun xursandmiz;

Hayot go'zal.

Ayb, uyat va qo'rquv hissiyotlari hech qachon insonni baxtli qila olmaydi. Bolani yerga urib, uning ishi tanqid qilinaversa, bola ulg'ayib o'ziga ishonmagan va mas'uliyatsiz bo'lib yetishadi. Bolaga qo'l ko'tarish, uni kamsitish kuchsiz insonni o'stiradi. Ayrim vaziyatlarda bolaga tanqid yoki maslahatni o'rniga oddiygina mehr talab etiladi xolos. Mehringizni ayamang, u hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1485 | | Теги: Bolaga nima deyish mumkin emas? | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Mart 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz