Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2015 » Yanvar » 9 » Bloomberg Rossiyaning eng boy kishisi maqomi Alisher Usmonovdan Viktor Vekselbergga o‘tganini ma’lum qildi
19:29 Bloomberg Rossiyaning eng boy kishisi maqomi Alisher Usmonovdan Viktor Vekselbergga o‘tganini ma’lum qildi |
Bloomberg nashri tomonidan 2014-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan dunyoning eng boy 400 kishisi reytingida Rossiya vakillari orasida 14,1 milliard dollar bilan Viktor Vekselberg eng yuqori pog‘onani egallab turibdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Vekselberg bir necha yildan buyon Rossiyaning eng boy odami maqomini egallab kelayotgan Alisher Usmonovni ikkinchi o‘ringa tushirgan. Bloomberg bahosi bo‘yicha, asli o‘zbekistonlik millarderning boyligi 32 foizga kamayib, yil oxirida 13,8 milliard dollarni tashkil etgan.
Umumiy hisobda dunyoning eng boy 400 kishisi 2014-yilda o‘z boyliklarini 92 milliard dollarga ko‘paytirgan va jami 4,1 trillion dollarga yetkazgan. Eng katta o‘sish Xitoyning Alibaba internet-do‘koni sohibi Jek Mada kuzatilgan: uning boyligi 3,6 milliard dollardan 28,7 milliard dollargacha oshgan. Reytingni 87,6 milliard dollar bilan Bill Geyts boshqarib bormoqda.
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 1919 |
| Рейтинг: 5.0/11 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
Календарь |
« Yanvar 2015 » | Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
|