Televizor - barcha oila a`zolarini bir davraga yig`uvchi, nigohlarni ani?q nuqtaga yo`naltiruvchi, bo`sh vaqtimiz hordiqini ta`min etuvchi vosita. Pultni olamiz, uni oynai jahonga tutamiz, teleserial ayni qizg`in pallada. Boshqa kanalga olamiz, yana serial. Bir vaqtning o`zida uchta kanalda boshqa millat teleseriali. Lekin o'zimizniki emas…
Bir qarashda shunchaki hordiq chiqarish maqsadida ko`riladigandek tuyuladigan seriallarning hayotimizdagi o`rni hususida hech o`ylab ko'rganmisiz? Ulardagi ayol qiyofasi siymosiga nisbatan bizda taqlid yoki o`xshashlik seziladimi?
Ijobiy obrazlar har davrda ham insoniyat va jamiyatga ezgulik uchun hizmat qilgan. Biz bu qahramonlarni yodga olganimizdan ulardagi hususiyatlar ko`z o`ngimizda gavdalanaveradi.
Telekanallarimiz orqali efirga uzatib kelinayotgan turli xalqlar seriallari allaqachon o`zbek tomoshabinlari o`rtasida o`z muhlislarini topib ulgurdi. Endilikda Meksika, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Hindiston madaniyati, turmush tarzi biz uchun tanish. Ammo biz Oshin va Tangemning sabr-qanoatiga, mehnatkashligi-yu zukkoligiga, Esmeralda va hurliqolarninging go`zalligiga mahliyo bo`lib o`tiramiz-u, o`zimizda ham butun hayot yo`li serial qilishga arzirli ayollarimiz, tarixiy siymolarimiz, zamondoshlarimiz borligini e`tiborga olmaymiz. O`zbek ayollari haqida tasavvurga ega bo`lishlari uchun harakat qilmaymiz. Afsuski o`zligimizni namoyon etuvchi seriallarimiz barmoq bilan sanarli. Aytaylik shaxsan o`zim katta qiziqish bilan tomosha qilgan “Kumush” teleserialini bosh qahramoniga ko`rganim sari havasim ortdi. O`zimizning Kumushbibilarimizni ajoyib serial holida dunyoga tanitish haqida hech o`ylab ko`rmagan ekanman. Shu jumladan siz ham o`ylamagan bo`lsangiz kerak.
Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” romanini jahonda romanchilikning oltinchi shakli sifatida e`tirof etishar ekan.(Bu gapni ustozim professor Yusuf Abdullayev aytmaguncha bilmagan ekan man) Aslida jahon adabiyotida beshta romanchilik ko`rinishi mavjud. Bir tomondan bu e`tirof quvonarli hol albatta, lekin nega mazkur romanning mavjud beshlikka qo`shilmaganligi biroz ajablanarli. Unda qahramonlar soni, taqdir yo`nalishlari etarlicha. Roman boshdan-oyoq milliylik ruhiga yozilgan. Balki bunga bizning madaniyatimiz hali yetarlicha dunyoga tarqalmaganligi, o`zbek urf-odat va an-analarini bilishmasliklari sababdir. O`zbekoyimdagi qat`iyat, salobat, Kumushdagi nafosat-u farosat jahon xalqlari bilishlari kerak bo`lgan o`zbek ayollariga xos partret chizgilaridir. Bir qarashda o`sha biz yuqorida aytib o`tgan “Kumush” teleseriali bosh qahramonining ismi, husni jamoli va qaysidir jihatlari “O`tgan kunlar”dagi Kumushga o`xshash. Umuman olganda ikkisi ham ijobiy qaxramonlar. Lekin so`zsiz O`zbek Kumushi tarozi pallasini bosib ketishi hammaga ayon. Qaynona-qaynota, yorga munosabat, umidsizlikka tushmaslik, an-analarga sodiqlik, sharm-hayo bularning barchasi ulkan e`tiroflarga loyiq. Balki serial mualliflari aynan bizning Kumushimizni o`z filmlari uchun ko`chirma sifatida olishgandir.
Endi yana o`sha chet el seriallaridagi obrazlarga razm soling-a, maktabdagi sinfdoshni sevib qolib ota-onasiga xarxasha qilib yurgan qizchalar yoki jajji bolakaylar… O`zingiz o`ylab ko`ring farzandlarimiz qaysi biridan o`rnak olsa arziydi? Qachongacha turli xalqlarning chiroyli ishlangan seriallari-yu, odamlariga havas qilib yuramiz? Axir ular bizdan o`rnak olishsin. Milliy seriallarni ko`paytirish kimligimizni ko`rsatib turuvchi oynalarni ko`paytirishdek gap. Shundagina balki avvallari burchak-burchaklarda qo`l ushlashib yurgan yoshlarimiz bugunga kelib ko`cha-ko`ylarda, jamoat transportlarida nojo`ya hatti-xarakatlari bilan qo`shtirnoq ichida G`arb madaniyatini o`zlashtirish hollariga chek qo`yarlar.