Mutaxassislar olib borgan tadqiqotlarga ko'ra, 2080 yilga kelib qahva daraxtlari to'liq yo'qolish arafasida qolishi mumkin.Global isish jarayoni oqibatida butun dunyo bo'ylab qahva daraxtlarining soni 65-100% ga kamayadi, deb yozadi Kedem. Olimlar global isish jarayoni qay tarzda bunga ta'sir ko'rsatishini aniqlay olmagan bo'lsa-da, ular iqlim o'zgarishlari ertami-kechmi ushbu o'simlikning yo'qolishiga olib kelishiga ishonchlari komil. Ayni paytda qahva daraxtlari yovvoyi holda tropik Afrika va Osiyoning tog'li hududlarida o'sadi va mahalliy aholi tomonidan madaniy tarzda etishtiriladi