SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 01:03
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 38
Mexmonlar: 38
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 12 » Birinchi muhabbatim
10:05
Birinchi muhabbatim
Birinchi muhabbatim
Uning munis chehrasi ko‘z oldimga
kelganda, o‘zimni aybdor his qila
boshlayman. Qanchalar yosh, sodda
edi u. Men qanchalik sevardim uni.
Shunchalar sevardimki, shamolni
ham ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari
yoshlanishini, ko‘ngli qayg‘u
nimaligini bilishini istamasdim.
Lablarida hamisha tabassum
bo‘lishini xohlardim. Ammo u
negadir doim g‘amgin yurardi.
Ko‘zlari ma’yus boqardi menga.
Nega bunchalik tushkun yurishi
sababini tushunolmasdim. Sababini
so‘raganimda, mahzun jilmayish
bilan kifoyalanardi, dardini aytishni
istamasdi sira. Qanchalik qistamay,
tayinli javob ololmasdim. Bundan
ko‘p siqilardim, lekin unga qattiq
gapirolmasdim.
Bir kuni uning kasalxonada
yotganidan xabar topdim-u,
ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi. Yomon
hodisa yuz beradigandek
yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. Imkon
topishim bilan kasalxonaga yugurib
bordim. Uning ahvoli og‘ir ekan.
Doktorlardan so‘rab-surishtirib jigar
tsirroziga yo‘liqqanini bildim.
Anchadan beri og‘riyotgan ekan.
Shuning uchun tez-tez davolanib
turarkan. Lekin bu davolanishlar
samarali emas ekan...
Palataga kirganimda, rangi-ro‘yi bir
ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab
yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim.
Meni ko‘rishi bilan o‘rnidan turishga
chog‘landi.
— Yotaver, yotaver... — yoniga
cho‘kkalab, sochlarini silarkanman,
nima deyarimni bilmasdim.
— Nimaga xafasiz? — so‘radi u
quvnoq ohangda gapirishga urinib.
— Menga ishonmaganing uchun...
Nega shu paytgacha aytmaganding?
— men undan chindan ham xafa
edim.
— Sizga ishonmaganim uchunmas,
xafa qilishni istamaganim uchun
aytmagandim... — uning ovozi juda
past eshitildi. Ko‘zlaridan duvillab
yosh quyildi. — Meni kechiring...
— Kechirim so‘rama, — o‘zim ham
yig‘lab yuborishga tayyor edim.
Lekin uning yonida kuchliroq
bo‘lishim kerakligini tushunardim.
— Seni tushunib turibman. Shuni
deb tushkunlikka tushishing
yaxshimas. Menga avvalroq
aytishing kerak edi...
— Foydasi yo‘q... — u ayanchli
iljaydi. — Avvalroq aytganimda
ham, hech nima o‘zgarmasdi. Buni
hech kim o‘zgartirolmaydi.
— Hamma dardning davosi bor...
— Ajalning davosi yo‘q...
— Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! —
baqirib yubordim o‘zimni tutolmay.
— Nega hozirdan bunchalik
tushkunlikka tushib qolding?!
Aytyapman-ku, hamma dardning
davosi bo‘ladi. Faqat astoydil
harakat qilish kerak...
— Oyim bilan adam ko‘p harakat
qilishdi... — uning ko‘z yoshlari
tingan, ammo ko‘zlari juda-juda
qayg‘uli edi. — Natija bo‘lmadi shu
paytgacha. Qancha tabiblarga olib
borishdi, davolatishdi... Ahvolim
yaxshilangandek bo‘ladi-yu, yana...
— Iltimos, unday dema, — uning
gaplariga ishonishni, haqiqatni tan
olishni istamasdim. — Hali ko‘p
yashaysan, bunga ishonchim komil.
Faqat umidingni uzmasliging kerak.
Dardni bergan Alloh davosini ham
beradi.
— Koshkiydi... — u yana boyagidek
mahzun kulib qo‘ydi.
Shu ma’yus tabassumi yuragimni
yomon o‘rtab yubordi. Hoziroq
undan ajralib qoladigandek qo‘rqib
ketdim. Tanishganimizdan beri ilk
bor jur’at qilib uning lablaridan
o‘pdim. U qarshilik qilmadi...
O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va
oxirgisi bo‘lib qolishini
o‘ylamagandim...
Uning ahvoli yaxshilanganday
bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa
cho‘zilmadi. Bir haftadan so‘ng yana
kasalxonaga yotqizishdi. Bu safar
o‘zim ham umidsizlikka tushdim.
Uning ahvoli juda og‘ir edi. Erta-
indin o‘lishiga shubha qilmasdi. Gap-
so‘zlaridan ham umidsizlik hidi
kelardi. Eng yomoni, men unga
qanday dalda berishni, nima deb
umidlantirishni bilmasdim. Hamisha
burro tilim taskin bera oladigan so‘z
topishga kelganda ojizlik qilardi...
Yana ikki hafta o‘tdi. Uning ahvoli
yaxshilanmadi. Kundan-kun so‘lib
boraverdi. Buni ko‘rish menga og‘ir
edi. Qo‘limdan hech nima
kelmasligini o‘ylab, ich-etimni
yerdim. Ammo...
Uning o‘lganini eshitganimda,
dunyo ko‘zimga qorong‘i ko‘rinib
ketdi. Yashagim kelmay qoldi. O‘sha
paytda o‘lishga ham tayyor edim.
Usiz yashay olishimga
ishonmasdim...
Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir o‘sha
kungiday emas, ammo uni
eslaganimda, o‘zimni aybdorday
sezaman. Uning o‘limida mening
ham aybim borday tuyiladi...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 848 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 1
SAYT_ADMINKASI12.02.2013 13:57
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz