SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 23:31
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Dekabr » 14 » Bir so`mdan millionga erishish formulasi
12:14
Bir so`mdan millionga erishish formulasi
Pulning nimaligini va qanday maqsadlarda
ishlatilishini hamma biladi. Ammo uni etarli miqdorda
qaerdan olish mumkin, degan savolga uncha-
muncha odam javob bera olmaydi. Million
cho'ntakda yoki qanday qilib pul ishlab topish
mumkin? Bu hazil yoki balandparvoz gaplar emas.
Faqat bitta farqi bor: millionga bugun emas, balki
kelajakda erishish nazarda tutilmoqda. Aslida
ISTALGAN pulni millionga aylantirish mumkin.
Hammasi hozir qancha pulingiz borligiga bog'liq. Bu
millioner bo'lishda muhim omil hisoblanadi. Keling,
qanday qilib pulni o'zimizga jalb qilish mumkinligi
haqida bosh qotirib ko'raylik. Qanday qilib ozgina
pulni millionga aylantirsa bo'ladi? Millionga ega
bo'lishda pulga afsun o'qib berish ham yordam
bermasligi mumkin. Ma'lumki, hozirgi kunda pul pulni
chaqiradi. Faqat bu imkoniyatdan to'g'ri
foydalansangiz bo'lgani. Eng yorqin misol, bank
depozitini olaylik. Bankka, shartnomaga asosan,
omonatga pul qo'yish mumkin. Shartnomada
ko'rsatilgan muddat o'tgach esa, bank sizga o'z
pulingizni qaytarib beradi. Yana undan foydalangani
uchun foizini ham to'laydi. Oddiy matematik hisob-
kitobni keltirsak. Deylik, siz 1 so'mni 14 foizlik
omonatga qo'ydingiz. Arzimas pul, albatta. Ammo
vaqt uchun bitmaydigan ishning o'zi yo'q. Oradan bir
yil o'tgach, bank sizga o'sha 1 so'mingiz va unga
qo'shib 14 tiyin foizingizni ham qaytaradi. Agar hosil
bo'lgan 1,14 so'mni yana kelgusi yilga qo'ysangiz,
bir yildan so'ng siz 1,30 so'm pul olishingiz mumkin.
Bu safar foyda miqdori 16 tiyinni tashkil qildi. Agar
mazkur jarayonni yilma-yil takrorlab borsangiz,
roppa-rosa 106 yildan keyin siz 1.076.025,67 so'm
egasiga aylanasiz. Eslang, boshida bor-yo'g'i 1 so'm
pul qo'ygandingiz. Endi hamyoningizda qancha pul
bor? Agar bir necha mingni qo'ygan bo'lsangiz, 106
yildan so'ng pulingiz 2,15 milliardni tashkil qiladi.
To'g'riku-ya, lekin 20, 30 yoki 50 yoshda bo'lsangiz,
sizda millionga ega bo'lish uchun 106 yil qayoqda,
deysiz! Tushkunlikka tushmang. Keltirilgan misol
oddiy matematik hisob emas, balki qanday qilib,
millioner bo'lish masalasini hal qilishga qat'iy
kirishish degani. Hatto, siz ishlatmay qo'ygan 1 so'm
pul ham vaqti kelib sizni millionerga aylantirishi
mumkin. Bu boylikni yaratish tizimidagi asosiy g'isht
hisoblanadi. Keling, ana shu g'ishtlardan ayrim
kompozitsiyalarni hosil qilishga urinib ko'raylik. Agar
1 so'm 106 yilda millionga aylansa, 2 so'm
qo'yilganida vaqt 102 yilni tashkil qiladi. Bordi-yu, 10
so'mdan boshlagan bo'lsangiz, millionni 89 yil
kutishga to'g'ri keladi. Mabodo, 100 so'm qo'yilsa, 72
yildan so'ng siz millionerga aylanishingiz mumkin.
Chakki emas, to'g'rimi? Endi jarayonni tezlashtirib
ko'ramiz. Agar 1 so'mingiz daromad keltirishini bir
yil kutib o'tirishni xohlamasangiz, unda HAR KUNI
omonatga 1 so'mdan qo'yib borish mumkin. Shunday
yo'l bilan millionga 46 yildan so'ng erishsa bo'ladi.
Agar 2 so'mdan qo'ya boshlasangiz, roppa-rosa 41
yildan so'ng maqsadga erishasiz. 10 so'm
qo'ysangiz, bu 29 yilda amalga oshadi. Bordi-yu,
HAR KUNI 100 so'mdan qo'ya boshlasangiz
millionlarga 13 yilda erishasiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1405 | | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz