Статистика |
Hozirda saytda: 10 Mexmonlar: 10 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Avgust » 31 » Bir kuni sandan so'rashadi...
10:43 Bir kuni sandan so'rashadi... |
Bir kuni sandan so'rashadi... Bir kuni sandan so'rashadi -Uni unutdingmi?! -Kimni? - deysan bazo'r qaltirab.... Quloqlaring ostida xar on shivirlagan ovozni, Ko'zlaringa chaqin misol urilgan nigohni, Zimiston xonaning burchagida o'chayotgan sham kabi qolgan "Xotira"larni eslatib yana nomim yangraydi... Garchi ichingdagi g'alayon dod devoray deyotgan bo'lsada, hiyol ko'zinga tushgan sochlaring tolasin asta yeg'ishtirgancha ma'yus jilmayib - Unutganman - deysan, bor vujuding alanga ichida qoladi, To'g'rida axir unutding-ku?! Sani tark etgan insonni eslashtan ne naf? Ortiq u suratga boqmay qo'ygansan, qayerdadir kitob ichidami, gilam tagidami "oyoq osti" bo'lib qolib ketgan... Yo'q- yo'q oyoq osti qilmading vujuding nafratga to'layotganda, aqling izmidan chiqib suratni yoqmoqchi bo'lganda yuraging bilan kelishib uni berkitib qo'ygandilaring. Qachonki yuraging ko'zlari ko'r bo'lganda undagi siyrat o'chganda yana qayta muhrlash uchun axtarasan... Unutganing rost yo'qsa san uchun bir olam quvonch keltirgan necha yillar kutganing "Baxt"ingni olib kelgan o'sha "sirli maktub"ni o'qimay qo'ygan bo'larmiding? Mayli unda xazil yozilgan bo'lsin Mayli uni tan olmasin lekin baribir o'qimay qo'yding-ku? Nimalar deyapman undagi so'zlarni uyqudan uyg'onib ham yoddan ayta olasanku... Ranjima u atay so'ramadi, bilgani uchun, tuyg'ularingni xis qilgani uchun, O'zingni betashvish, beg'am tutishga urinayotganingni ammo qalbingda boshqa xolat g'ujg'on aylanayotganini sezgani uchun so'radi, Xamisha aytarding-ku "U mani eng yaqin dugonam, mani mandanda yaxshiroq biladi..." Ishonma, bolalikdagi o'ylaring bilan qol ishonma bu "Sevgi" deganlariga u yo'q unda faqat azob-u-xijron xukmron... Sokin tunda umid chirog'i bo'lgan Oyni izlab, Ko'zinga uyqu kelmaganida... Soat yarim tundan o'tib alla mahal bo'lganda... Yolg'izlikka chidolmay ko'zingdan yana alam yoshlari sizib chiqa boshlaganda... Xoxishing va majburliging jangga kirishganda... Kutayotganimni bir esla... Xoxishing erkini ber, Qiziqmas qay vaqtda, Mayli unutgan xolda, Muhimmas yillar o'tsin, Berilgan umr bitsin, baribir Kutayotgan bo'laman... O'sha dovushingda quvonchli so'zlashingni eshitish uchun... Atay kuldirish uchun qilgan ahmoqona qiliqlarimni zavq bilan tomosha qilishingni ko'rish uchun... Xar galgidek bular ma'lum muddatga ekanligini bilsamda... Bu xijronlarni yana qayta boshimdan o'tishiga tayyor xolda baribir Kutayotgan bo'laman... Yana mandan ham so'rashadi -Eslab turibsanmi? - man esa javob beraman - Eslash uchun Unutish kerak...
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 614 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|