Главная » 2014 » Mart » 4 » Beeline 8-martga bag‘ishlangan tanlov e‘lon qildi
08:59
Beeline 8-martga bag‘ishlangan tanlov e‘lon qildi
Beeline aloqa operatori Facebook’dagi sahifasida Lotte mehmonxonasi bilan birgalikda 8-mart kuniga bag‘ishlangan "Romantika oqshomi” tanlovini o‘tkazmoqda. 7-mart kuni soat 12:00 gacha Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari sharh orqali sevimli ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi. Tanlov yakunigacha eng ko‘p "Layk” (Menga ma’qul) yig‘gan ishtirokchi g‘olib, deb topiladi va 8-mart kunidagi bayram tushligiga ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan sahifasi Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-uyushma hisoblanib, 130 000 dan ortiq kishilarni birlashtiradi.