SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 17:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 18 » BAG‘RITOSH AYOL
12:41
BAG‘RITOSH AYOL
Lola bu kecha uxlay olmadi. Iztirobli xayollar unga tinchlik bermadi. O‘ylab qo‘ygan qarori qanchalik qaltis bo‘lmasin, boshqacha yo‘l tutolmasdi. Tong yorisha boshlaganda Lola hayot tashvishlaridan bexabar, pishillab uxlab yotgan go‘dagini bag‘riga bosib, jajji qo‘lchalaridan qonib-qonib o‘pdi. U go‘dagini apil-tapil o‘rab, ko‘chaga chiqdi. Ahyon-ahyonda kimdir o‘tib qolishini aytmaganda, ko‘chada hali hech zog‘ yo‘q. 
Lola ikki soatcha ko‘chada bemaqsad, u yoqdan-bu yoqqa yurdi. Nihoyat, boshqa chorasi yo‘qligini tan olib, o‘ylagan rejasini amalga oshirishga qaror qildi. Mehribonlik uyi tomon borarkan, yuragini zilday dard ezar, hali ayrilmagan go‘dagini sog‘inar, biroq ilojsizlik qarshisida nihoyatda ojizligini har takror-takror e’tirof etardi. Yuzini yuvayotgan yoshlari yuragidagi dog‘ni, vujudidagi sharmandalikni yuvib ketolmasdi. 
Ona yig‘isiga go‘dak ingasi qo‘shildi. Dunyoga kelib, ona mehri neligini hali yaxshi his qilmagan chaqaloq taqdiriga bundan battar kunlar tushishini bilmasdi, albatta. Lolaning dili og‘rib, go‘dagining og‘ziga shartta so‘rg‘ich tiqdi-da, ko‘zlagan manzili tomon tez-tez yurib ketdi... 
* * * 
Munira opa ishga odatdagidan ertaroq kelgandi. Shiringina uxlab yotgan bolalarni ko‘rib, ko‘ngli to‘lqinlanib ketdi. Har birining peshonasidan o‘pib chiqdi. Bir payt tashqarida go‘dagini bag‘riga bosgancha sovuqda dag‘-dag‘ titrab turgan ayolga ko‘zi tushib ajablandi. Yoniga chiqib so‘radi: 
— Kechirasiz, singlim, kimnidir kutyapsizmi? 
Lola bo‘g‘ziga tiqilgan yig‘ini ichiga yutib, zo‘rg‘a javob qildi: 
— Menga... shu yerning boshlig‘i kerak edi... 
— Keling, men shu yerning mudirasiman, — Munira opa uni xonasiga boshlab kirdi. 
Lola stulga omonatgina o‘tirarkan, qarshisidagi ayolga hadik bilan qarab qo‘ydi. 
— Xo‘sh, xizmat, singlim? 
— Men... haligi... — Lola o‘ylab qo‘ygan gaplarini unutib, kalovlanib qoldi. Baribir, hammasini aytishi kerakligini bilardi. Titrab so‘z boshladi: — Men adashgan nobakor insonman. Ahmoqligim, yengilakligim tufayli shu holga tushdim. Xudo urgan bandaman. Qo‘limdagi norasida ham xatoim hosilasi. Uni tashlab ketishga majburman. Boshqa choram yo‘q... — Lola chidolmay o‘krab yig‘lab yubordi. 
— Qo‘ying, yig‘lamang, singlim, — Munira opaning unga rahmi keldi. — Yig‘lamang, yaxshisi, menga hammasini bir boshdan gapirib bering. Menga ishonishingiz mumkin. 
Lola uning so‘zlaridan sal dadillanib, hikoyasini boshladi: 
— Bolaligimdan onam meni yeru ko‘kka ishonmasdan, asrab-avaylab katta qildi. Otam erta o‘lib ketdi. Yolg‘iz farzandi, yagona ovunchog‘i bo‘lib qoldim onamning. Beva bo‘lishiga qaramay, u meni hech kimdan kam qilmay o‘stirdi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi. Maktabda yaxshi o‘qiganim sababmi, yo ilmga berilganmidim, ishqilib, shaharga borib o‘qishga tayyorgarlik ko‘rdim. Orzuim shifokor bo‘lish edi. Onam bechora ham go‘daklarning dardiga davo topa oluvchi mehribon inson bo‘lsin, deb niyat qilgan ekan. Onamning duosi sabab talaba degan nom menga nasib bo‘ldi. Buni eshitib, boshi ko‘kka yetdi. O‘zim ham yettinchi osmonda edim. Shunday qilib talabalikning sershovqin kunlari boshlandi. Yangi joy, yangi do‘stlar — bari ajoyib edi. Xiyobonlarda qo‘l ushlashib yurgan yoshlarni ko‘rsam, havasim kelardi. Qishloqda shunday yursangiz bormi, darrov mahallada duv-duv gap bo‘ladi. Men ham o‘sha oshiqlar o‘rnida bo‘lib qolishni istardim. Ko‘p o‘tmay o‘zim ham sevgi nimaligini his qildim... 
Ikkinchi kursni tamomlash arafasida hayotimga Aziz akam kirib keldi. Onam doim "Jon qizim, hech qachon adashmagin, shaharlik yigitlarni yomon deyishadi, tag‘in aldanib qolmagin, hech kimga ishonmagin. Mening nomus-orim sensan”, deb qayta-qayta uqtirishiga qaramay, unga bog‘lanib qoldim. U bilan har kuni uchrashardim, birga uzoq xayol surardik. Nazarimda, men dunyodagi eng baxtiyor qiz edim. Uni bir kun ko‘rmasam chidolmasdim. U doim shirin so‘zlar, xushomadlari bilan har qanday tosh qalbni eritib yuborishga qodir edi. Shoirona gaplari bilan meni sehrlab qo‘ygandi. Uning uchun jonimga berishga tayyor edim. 
Muhabbat meni butkul boshqa odamga aylantirib qo‘ydi. Ilgari domlalar meni namunali xulqim, a’lo baholarim uchun boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatishsa, endi darslarni xayol surib o‘tkazardim. Aziz akam bilan uchrashish uchun darslardan qochishdan toymasdim. Mening telbavor holimga hamma hayron boqardi. Menga esa hech nima, domlalarning tanbehi ham ta’sir qilmasdi. U bilan uchrashganimda, hammasini unutib yuborardim. Mening o‘zgarib qolganimni onam ham payqagan, sababini so‘raganda, turli bahonalarni ro‘kach qilib qutulardim. Volidam so‘zlarimga shubha qilmas, darrov ishonardi. U har borganimda tiyinlab yiqqan nafaqasini qo‘limga tutqazar, men ahmoq esa Aziz akamga chiroyli ko‘rinish uchun turli kiyimlar sotib olardim. Uning "Buncha go‘zalsan!” deya erkalashi o‘zimni yo‘qotishimga sabab bo‘lardi. 
Kunim faqat mashiatu o‘yin-kulgi, mashinada sayr qilish bilan o‘tardi. Ertaga nima bo‘lishini o‘ylamasdim. Oxir-oqibat, bu munosabatlarning mevasi o‘zini bildirib qo‘ydi. Bosh aylanishidan boshlangan o‘zgarishlar ikki oycha davom etdi. Axiyri, Aziz akamga bor gapni aytishga qaror qildim. U gapimga parvo qilmagandek bo‘lsa-da, mendan o‘zini olib qocha boshlaganini sezdim. Shifokorga borib tekshirtirdim. Hammasi ma’lum bo‘ldi — homilador ekanman... 
Bundan xabar topgan Aziz akam meni haqoratlashga tushdi. "Esing joyidami? O‘ylab gapiryapsanmi o‘zi?” deya baqirdi. 
— Tezroq to‘y qilmasak bo‘lmaydi, Aziz aka. Yo‘qsa, sharmanda bo‘lamiz. Mana, tahlil natijalari, — deya unga shifokor bergan qog‘ozni tutqazdim. 
Aziz akam qog‘ozlarni yirtib tashladi. 
— Hech qanday farzand bo‘lmaydi. Menga qara, uni yo‘qotish kerak. Men senga uylanolmayman. Boshqa qizga unashtirib qo‘yishgan. Yaqinda to‘yim bo‘ladi. 
— Nimalar deyapsiz, Aziz aka? — dahshatga tushdim men. — Orzularim-chi? Tuyg‘ularim-chi? O‘ylab gapiryapsizmi? 
— Men senga hech nima va’da qilmaganman, — dedi u ko‘zimga baqrayib. — Ishonishning keragi yo‘q edi. O‘zing sizdan boshqani demayman, deb bo‘ynimga osilib olding. Xullas, mani boshimni qotirma. Undan keyin, bolaning otasi menligimni qanday isbotlaysan? 
— Aziz aka, nahotki, shu qadar pastkash bo‘lsangiz? — deya yolvordim ko‘zda yosh bilan. — Ne-ne yigitlar orasidan sizni tanlagandim, sizga ko‘ngil bergandim. Axir, ahdu paymon qilgandik-ku, endi bunday deyapsiz... yo‘q, siz unday emassiz. 
— To‘g‘ri, sen chiroyli qizsan, — dedi u ko‘z yoshimga parvo qilmay, — lekin sendaqalarni ota-onam kelin qilmaydi. Iltimos, ortimdan yurma. O‘zi sen bilan orani ochiq qilmoqchiydim. Ha, mana, biror koringga yaratarsan, — Aziz akam shunday deya qo‘limga bir dasta pul tutqazdi-da, mashinasiga o‘tirib jo‘nab qoldi. Turgan joyimda turib qoldim. Anchagacha o‘zimga kelolmadim. Hammasini anglab yetganimda, kech bo‘lgandi... 
Munira opa Lolaning hikoyasidan qattiq ta’sirlandi: 
— O‘sha nomardning ustidan biror joyga arz qilmadingizmi? 
— Nimayam qila olardim, opajon?.. — ko‘z yoshlarini tiyolmasdi Lola. — O‘shandan keyin o‘qishdan ham ketibdi. Dunyo ko‘zimga qorong‘u edi. Uni boshqa ko‘rmadim. Ko‘p izladim, lekin topolmadim... 
Sharmandalik yomon bo‘larkan. Qishloqqa borolmay qoldim. So‘nggi marta borganimda onam rosa ajablandi, nima bo‘lganini so‘radi. Yana yolg‘on to‘qidim. Chunki bu isnodni ko‘tara olmasligini bilardim. Qornim kattalashib borarkan, o‘qishga qatnamay qo‘ydim. Institutda hamma men haqimda xabar topib bo‘lgandi. Menga nafrat, jirkanish bilan qarashayotgandek edi. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaskan. Shahardagi gap qishloqqa ham yetib boribdi. Mening taqdirim odamlarga g‘iybat bo‘libdi. Onam bechora bir necha marta meni izlab kelibdi. Ammo meni topolmagan. Eh, onaginam... 
Lola uzoq yig‘ladi. 
— Onam bechora bu sharmandalikka chidolmay vafot etibdi. Men ablah volidamni so‘nggi manzilga ham kuzatolmadim. Uni qishloqdagilar ko‘mishibdi. Boshimga tushgan kulfatni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Bu qanday ko‘rgulik, xatoim tufayli eng yaqin insonim vafot etdi. 
Ming azob bilan farzandimni dunyoga keltirdim. Sho‘rlik qizimning bu dunyoda badbaxt onasidan boshqa hech kimi yo‘q. Bolamning taqdiri menikidan-da ayanchli bo‘lishidan qo‘rqaman. Uni boqolmasligimni bilaman, shuning uchun tashlab ketmoqchiman. O‘zim zo‘rg‘a kun kechiryapman, bolam men bilan qolsa, xor bo‘lishi tayin. Opajon, iltimos, yordam bering... 
— Singlim, o‘tmishingiz chindan ham qayg‘uli ekan, — dedi Munira opa hamdardlik bilan. — Ammo jigarporangizni tashlab ketishingiz to‘g‘rimi? Keyin pushaymon qilasiz, yaxshilab o‘ylab ko‘ring. 
— Opajon, men ko‘p o‘yladim, — Lola ayolga iltijoli yosh to‘la ko‘zlarini tikdi. — Men keyingi hayotim qanday kechishini bilmayman. Bolam begona qo‘llarda xor bo‘lmasa deyman. Qarorim qat’iy. 
Shunday qilib, Lola Munira opaning gaplariga quloq solmay go‘dagini mehribonlik uyida qoldirib ketdi... 
* * * 
Oradan o‘n yil o‘tdi. Lolaning tashlab ketgan farzandi — Shirin, ismi jismiga monand qiz o‘n yoshga to‘ldi. Qiz xuddi Lolaga o‘xshardi — tim qora sochlari uzun, yuzlari oppoq. Uni hamma yaxshi ko‘rardi. Ayniqsa, Munira opa o‘z farzandidek suyardi. U ham bu ayolga qattiq bog‘lanib qolgandi. Biroq... Shirinning ko‘zlari kulib tursa-da, nigohlarining tubida mung yashiringandi. U doim umrida bir bor ko‘rmagan onasini sog‘inib yashardi. Munira opadan "Onam qani? Nimaga meni ko‘rishga kelmaydi? Axir boshqalarning ota-onasi xabar olishga keladi-ku”, deb so‘raverar, mudira esa uni yupatishdan charchamasdi: "Otang ham, onang ham albatta kelishadi, seni shunday shirin qiz ekaningni ko‘rib, olib ketishadi”. 
Shirin Munira opaning so‘zlariga, onasi bir kun izlab kelishiga ishonardi. Unga atab maktub yozishdan charchamasdi. 
"Assalomu alaykum, oyijon! Men qizingiz Shirinman. Sizga yana xat yozyapman. Sizni juda sog‘indim, kelishingizni intizorlik bilan kutyapman. Nega xatlarimga javob yozmaysiz, ko‘rgani kelmaysiz? Sizni ko‘rmagan bo‘lsam ham, chiroyli ekaningizni bilaman. Sizni oyga o‘xshataman, shuning uchun har kuni kechqurun u bilan gaplashaman. Ba’zan tushlarimda ko‘raman. Ammo sizni tushimdamas, o‘ngimda ko‘rishni istayman. To‘yib-to‘yib suhbatlashsam, boshqalarga o‘xshab erkalansam, deyman. Iltimos, oyijon, hech bo‘lmasa bir marta keling. Meni olib ketsangiz, hech qachon sizni ranjitmayman. Boshqa bolalardek injiqlik qilmayman. Oyijon, men sizni juda yaxshi ko‘raman. Bir martagina keling. 
Sizni intizor kutayotgan qizingiz Shirin”... 
* * * 
Munira opa Shirinning yonidan chiqdi-yu, uni bir ayol yo‘qlayotganini aytishdi. Xonaga ozg‘ingina, chiroyli juvon kirib keldi. Mudira uning mungli ko‘zlariga qarab, bu ham bola tashlashga kelgandir, degan o‘yda sovuqqina qarshi oldi. 
— Keling, o‘tiring. 
Ayol iymanibgina stulga o‘tirarkan, Munira opaga iltijoli termuldi. So‘ng uning qistovi bilan dardini aytdi. Yo‘q, u bola tashlashga emas, aksincha, bola asrab olishga kelgan ekan. 
Aslida, bu ayolning ham taqdiri juda ayanchli edi... 
Nargiza eri Rasul bilan sevishib turmush qurdi. U baxtli edi. Tangri uning baxtiga baxt qo‘shib, ketma-ket ikki o‘g‘il ato qildi. Eri Rasul uni doim e’zozlardi. Qaynonasi tog‘li viloyatlardan birida kichik o‘g‘li bilan yashardi. Qaynotasining o‘limidan so‘ng Nargiza ulardan tez-tez xabar olishga urinardi. Har hafta tansiq taomlar pishirib, erini qo‘yarda-qo‘ymay jo‘natar, iloji bo‘lsa, o‘zi ham bolalari bilan borardi. 
Bir kun havo yomon bo‘lishiga qaramay, "Oyijonimni ko‘rib kelamiz”, deb turib oldi. Eri boshqa kun borishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, Nargiza unamadi. Chunki u qaynonasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni o‘ta muhim deb hisoblardi. 
Yo‘lga tushishdi. Qor tinmay yoqqani uchun yo‘llar sirpanchiq, mashina yurishi xavfli edi. Nargiza esa erini shoshirardi, oldinda qanday falokat kutayotganini xayoliga keltirmasdi...
Rasul qo‘rqqan hodisa sodir bo‘ldi. Mashina yo‘lda toyib pastga quladi... 
Voqeadan xabar topishganda, Rasul va ikki o‘g‘lining joni uzilib bo‘lgandi. Faqat Nargiza tirik qoldi... 
U olti oy deganda ko‘zini ochdi. Ancha o‘ziga kelgach, bo‘lgan voqeani aytib berishdi. Bechora juvon "Nega ular bilan birga o‘lib ketmadim?” deya rosa faryod ko‘tardi. Ammo qo‘lidan nima ham qilardi? Peshonaga bitilganidan qochib qutulib bo‘lmas ekan. U ham noiloj taqdiriga tan berdi. 
Ota-onasi bilan yashayotgan Nargiza turmushga chiqishni istamaydi, kelgan sovchilarga qo‘pol javob qiladi. Uning qarori qat’iyligini bilgan ota-onasi bola asrab olishni maslahat berishdi. Ayolga bu taklif ma’qul tushdi. U bolaning kulgisini, sho‘x qiliqlarini juda sog‘ingandi... 
* * * 
Nargiza Shirinni asrab oldi. Munira opa qizchaga ayolni "Onang seni olib ketgani keldi”, deb aytdi. Tirik yetimlik azobini totib yashayotgan qizning quvonchi cheksiz edi. U Munira opaning so‘zlariga — Nargiza o‘zining haqiqiy onasi ekaniga aslo shubha qilmadi. 
Nasiba opa bilan Hamdam aka ham nevarali bo‘lganlaridan xursand edi. Shunday qilib, bu oilaga yana quvonch qaytganday bo‘ldi. Nargiza Shiringa juda tez mehr qo‘ydi. Shirin maktabdan kelishi bilan "Oyijon!” deya bo‘yniga osilsa, bas, barcha dardu alamlarini unutardi-qo‘yardi. U yana hayot mazmunini topganday edi... 
* * * 
Shirinning otasi qanday yashayapti, degan savol sizni qiziqtirsa kerak. 
Oradan o‘n yil o‘tgan bo‘lsa-da, Aziz umuman o‘zgarmagandi. O‘ttiz uchga kirsa ham quyilmagan. Ikki marta panjara ortida o‘tirib chiqdi. Bekorchilik bilan band Aziz kun bo‘yi uyda o‘tirar, xotiniga azob berar, nogiron o‘g‘lini urardi. Yaxshiyam otasidan qolgan do‘kon bor ekan, ro‘zg‘or xarajatlarini ko‘tarishga yarab turibdi. Lekin Aziz pulning deyarli hammasini ko‘chada sovurib keladi. Xotinining qiynalayotganiga parvo ham qilmaydi. Aziz hatto ota-onasini ham yaxshi ko‘rmaydi. Qarib, biror ishga yaramay qolgan ota-onasini qariyalar uyiga tashlab keldi. 
Azizni otasi juda erkalatib o‘stirdi. Topganini o‘g‘liga bag‘ishladi. Shu boismi, o‘g‘il bebosh bo‘lib o‘sdi. Avval o‘qishdan haydalib, ota-onasining yuzini yerga qaratdi. So‘ng jinoiy ishlarga aralashib qoldi. Oshnalari nobop edi uning. Buyam yetmagandek, to‘rt marta uylandi. Avvalgi xotinlari uning giyohvandligiga chiday olishmagan, tashlab ketishgandi. To‘rtinchi xotini Laylo ancha sabrli ekan, shu kunga qadar erining zulmiga bardosh berib yuribdi. U har hafta yig‘ilgan pulni olib, mashinasiga minib, shaharga maishat qilgani jo‘nar, xotini va nogiron o‘g‘liga mehribonroq bo‘lishni o‘ylamasdi... 
* * * 
Shirinning onasi Lolaning taqdiri ne kechdi, deb o‘ylarsiz. Yillar o‘tib, u obro‘li bolalar shifokoriga aylandi. Qabuliga kirish uchun odamlar haftalab navbat kutishadi. Endi u avvalgi bo‘sh-bayov, yuvosh qishloq qizi emas, qat’iyatli, o‘ziga ishongan, qalbidan ezgulikni sitib chiqargan Lola To‘raevna. Uni shifoxonada hamma hurmat qiladi, bir so‘zi ikkita bo‘lmaydi. 
Lola turmushga chiqmadi. O‘zini ishga, aniqrog‘i, mol-davlat topishga, mansabga erishishga bag‘ishladi. Ammo ba’zan bolasini suyib-erkalayotgan onalarni ko‘rganda, tashlab ketgan go‘dagi yodiga tushadi, vijdoni azoblanadi, tushida qizining yig‘isini eshitganday bo‘ladi. Lekin u shu paytgacha farzandini izlash haqida biror marta o‘ylab ko‘rmadi, mol-davlat oilaviy baxt o‘rnini to‘ldirgandek edi nazarida. 
Lolaning farzandi bo‘lmasa ham, ishongan tog‘i — Adham akasi bor. Ayol u bilan juda yaqin. Adham Muxtorovichga ikkinchi xotin edi deyarli. Munosabatlari noqonuniy, noshar’iy bo‘lsa ham, Lola o‘kinmasdi. Adham Muxtorovich ayolning "xizmatlari”ni munosib baholab, to‘rt xonali kvartira, mashina olib bergan, bosh shifokor bo‘lishiga turtki bo‘lgandi. Ayol o‘zini unga oshiq qilib ko‘rsatsa-da, aslida butkul befarq, faqat obro‘siyu davlatidan foydalanardi. 
Lola xatosini tuzatish o‘rniga ketma-ket xatoga yo‘l qo‘yayotganini sezardi-yu, ortga qayta olmasdi. Chunki u azob chekib, sabr qilishni emas, gunohlar evaziga bo‘lsa ham rohat-farog‘atda, kam-ko‘stsiz yashashni istardi. Uni endi faqat pul qiziqtirardi, xolos. Mehribonlik uyiga tashlab ketgan farzandini deyarli eslamasdi... 
* * * 
Bugun Shirinni maktab direktori a’lo bahoga o‘qigani, "Yosh bilimdonlar” tanlovida g‘olib chiqqani uchun hammaning oldida faxriy yorliq hamda yumshoq o‘yinchoq bilan taqdirladi. Qiz rosa suyunib, onasining yoniga — tezroq suyunchi olishga oshiqdi. 
Nargiza ham qizining maktabdan kelishini intizorlik bilan kutayotgandi. 
Shirin yugurib mashina yo‘lga chiqdi. U katta tezlikda kelayotgan mashinadan oldinroq yo‘lni kesib o‘tishiga umid qilgandi. Biroq... 
Biroq ulgurolmadi. Uchib kelayotgan mashina qizchani urib yubordi. Shirinning qo‘lidagi faxriy yorliq, o‘yinchoq g‘ildiraklar ostida g‘ijimlanib ketdi. Haydovchi yigit mashinadan tushmadi. Gazni qattiqroq bosib, tezda voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi... 
Nargizaning xavotiri oshdi. Shirinning hadeganda kelavermayotgani ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgandi. Ayol sarosimalanib ko‘chaga chiqdi. Maktab unchalik uzoqmas. Katta ko‘chaga chiqib o‘sha yoqqa qarab yurgan Nargiza odamlarning bir joyda to‘planib olgancha, bir nimalarni muhokama qilishayotganini ko‘rib, battar xavotirga tushdi. U yugurib o‘sha yoqqa bordi. 
Ayol yerda qonga belanib yotgan qizini ko‘rdi-yu, hushidan ketdi... 
Shirin og‘ir jarohatlangan, uni darhol operatsiya qilish zarur edi. Nargizani zorlanib yolvorishlariga qaramay, qizining yoniga kiritishmadi, bosh shifokor bilan gaplashishni maslahat berishdi. 
Nargiza bosh shifokor degan yozuvli xonaga asta bosh suqdi: 
— Mumkinmi? 
— Ha, kiring, — dedi Lola sovuq ohangda. 
— Men hozir shu yerga keltirilgan qizning onasiman... — deya umidvor ko‘zlari bilan shifokorga termuldi Nargiza. 
— Ha, sizmisiz? — Lola unga boshdan-oyoq razm solib chiqarkan, afsuslangandek bosh chayqadi. — Qizchani ko‘rdim, ahvoli juda og‘ir. Tezda operatsiya qilish kerak. Oshqozon devori qattiq shikastlangan, shuning natijasida ichagidan qon keta boshlagan. Boshi ham yomon jarohatlangan. Xullas, ahvoli og‘ir. 
— Do‘xtir, iltimos, bir ilojini qiling, qizimni saqlab qoling, — o‘tindi Nargiza. 
— Yig‘layvermang, bolangizning hayotini asrab qolish mumkin, faqat... — Lola ayolga sinovchan tikildi. — Faqat kerakli dorilar harajatini to‘lasangiz... 
— Ayting, men qizimdan ayamayman. Uni asrab qolsangiz bas. 
— Yaxshi, tushungan ayol ekansiz, bolangizning ahvolini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Uni davolashga kamyob dorilar zarur. 
— Qancha bo‘ladi, do‘xtir? 
— 300 dollar, faqat pulni tezroq opkelishingiz kerak. 
— 300?.. — Nargiza bo‘shashib qoldi. — Lekin buncha pul yo‘q menda... Yaqinda otamni davolatishga yiqqanlarimni sarflab bo‘lgandim, agar iloji bo‘lsa... — Nargiza shoshilib barmog‘idagi uzugi, qulog‘idagi ziragini yechdi. — Mana bularni olib turing, pulni keyin to‘g‘rilab beraman. 
— Menga qarang, — Lolaning ingichka qoshlari chimirildi. — Taqinchoqlaringiz kerakmas menga. Pul toping, o‘shanda operatsiya qilish mumkin. 
— Iltimos, do‘xtir... 
Nargiza qancha yalinib-yolvormasin, Lolaning ko‘ngli yumshamadi. "Pulni topib kelsangizgina operatsiya qilaman”, deb, uni xonasidan chiqarib yubordi. 
Nargiza yig‘lab xonadan chiqarkan, qaerga borishini, dardini kimga aytishni bilmasdi. Axir, buncha pulni hozir qaerdan topadi? Kim beradi unga? Ayolning esiga Munira opa tushdi. Umid bilan mehribonlik uyiga yugurdi. Nargiza yig‘lagancha bo‘lgan voqeani aytib berdi. 
Munira opa bolalarga ajratilgan jamg‘arma pulini oldi-yu, Nargiza bilan kasalxonaga jo‘nadi. Reanimatsiya xonasiga yo‘nalgan ayollarni hamshira g‘alati qarshi oldi. Afsus bilan bosh chayqarkan, dedi: 
— Sizga hamdardman, opa, biroz kechikdingiz. Qizingiz... o‘n daqiqa oldin jon berdi. Asrab qololmadik... 
Nargizaning lablari titradi. Hamshiraga qarab baqirdi: 
— Bo‘lishi mumkinmas! Yolg‘on!.. 
Nargiza yupatishga uringan hamshirani siltab tashlab, xonaga kirdi. Shirinning jasadi hali sovib ulgurmagandi. Onaning faryodi butun kasalxonani tutdi. Munira opa ko‘rganlari haqiqat ekaniga ishonolmasdi. Shovqinni eshitib Lola kirib keldi. 
— Sen ablahsan! Bolamni sen o‘ldirding!.. — Nargiza jonholatda unga yopishdi. — Shunchalik pastkash, iflosmisan? Vijdoningni pulga sotib, shifokorman, deb yuribsanmi? 
Hamshiralar alamzada onani zo‘rg‘a ajratib olishdi. 
— Nimaga menga baqirasan, ziqna? — shang‘illadi Lola. — Vaqtida pulni olib kelgin edi. 
Munira opa iymonini yutgan ayolga nafrat bilan qaradi-yu, kimnidir eslagandek bo‘ldi. Bu yuz unga tanish edi. Yaxshilab razm soldi-yu, o‘n ikki yil burun farzandini mehribonlik uyiga tashlab ketgan Lolani tanidi. 
— Meni tanidingmi? — dedi Munira opa unga tikilib. 
— Yo‘q! — zarda qildi Lola. 
— Nahotki tanimagan bo‘lsang? O‘n ikki yil oldin qizingni menga, mehribonlik uyiga tashlab ketganding-ku. Endi eslolmay qoldingmi? 
— Nimalar deyapsiz? — Lola qarshisidagi ayolga hadik, taajjub bilan tikildi. 
— O‘n ikki yil oldingi voqea esingdan chiqib ketdimi? Yonimga yig‘lab kelib, chorasizligingdan, taqdirning berahmligidan noliganding... 
Lola qotib qoldi. 
— O‘shanda meni xudo urgan deb xo‘ngrab yig‘laganding, — nafrat bilan davom etdi Munira opa. — Ayanchli ahvolda eding. Endi-chi? Juda o‘zgarib ketibsan. Yillar seni toshbag‘ir, insofsiz qilib qo‘yibdi. Xudo urgan bo‘lmasa, onang seni deb o‘lib ketarmidi, gulday qizing seni deb jon berarmidi?. Xayf senga, endi bir umr o‘nglanolmaysan. O‘z bolangning boshiga yetding-a!.. 
Lola Shirinning jasadini quchib yig‘layotgan Nargizaga dahshatlanib qaradi. Nahotki?.. Nahotki, u o‘z farzandining qotili bo‘lsa?.. Ayol telbalarcha qichqira ketdi... 
* * * 
Taqdirning o‘yinlari beshafqat ekan. Shirinni urib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi: mast holatda mashina boshqargan kishi Aziz bo‘lib chiqdi!.. 
Badbaxt otani sakkiz yilga, poraxo‘r onani esa uch yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Jinoyat jazosiz qolmaydi. Biroq ularga eng katta jazoni Xudoning o‘zi berdi. Bir umrlik vijdon azobi umrlarining so‘ngiga qadar ularni azoblashi tayin edi..
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 804 | | Теги: BAG‘RITOSH AYOL | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz