SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:53
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 40
Mexmonlar: 40
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 7 » "Ayting, yuragimni töxtatishsin..."
15:20
"Ayting, yuragimni töxtatishsin..."
"Ayting, yuragimni töxtatishsin..."
Oyi, biroz tobim yo'qroq, bugun o'qishga
borgim
kelmayapti,- dedim ertalab ishga ketayotgan
onamga.
- Voy nima bo'ldi, qayering og'riyapti,-
peshonamni ushlab tashxis qo'yishga
shoshdi onaginam.
- Yo'q, hech narsa biroz o'ng biqinim bilan
belim og'riyapti,
xolos. Kecha o'qishda biroz sinf xonalarini
tozalagan edik, shunda urinib qoldim
shekilli.
-Voy biram nozik-ey, shu qizingiz,- gapni
hazilga burib qo'shildi opam,- darrov urinib
ham qolibdilar.
-Hechqisi yo'q, bugun biroz dam olay ertaga
tuzalib qolaman,- dedim xavotirga tushgan
onamni tinchlantirish uchun. Onam uzun
nasihatlaridan so'ng ishga, opam esa
o'qishga ketishdi. Men esa goh kuchayib,
goh tinayotgan og'riqqa
e'tibor bermay uylarni
saranjomlashga tushdim. Ammo yaxshigina
kasal
bo'lgan ekanman shekilli, bir zumda
charchab qoldim. Biroz tin olish uchun
o'rnimga yotdim.
Uxlab qolibman, tushimda shunaqangi go'zal
joylarda yurgan emishmanki, naqd jannat
deydi odam. Uyg'onganimda tush sababmi
yoki boshqami o'zimni juda yaxshi his
qilardim. Kayfiyatim
ham ko'tarinki. Ammo bu vaqtincha tuzalish
ekanligi keyin bilindi. Bir necha kun o'tdi
hamki, tuzalish o'rniga kasalim kuchaya
boshladi. O'qishga umuman bora olmay
qoldim. Tez charchab, holdan
toyadigan, birpasda ko'zim tinib ko'nglim
behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi. Bundan
battar xavotirga tushgan onam shifokorga
ko'rinishim kerakligini ta'kidlay boshladi.
-Oyi, nima qilasiz bosh og'riq qilib, o'tib
ketadi, qonim kamayib ketgan bo'lsa kerak,-
deymanu, lekin o'zim ham
biroz qo'rqa boshladim. Xavotirga tushganim
bejiz
emas ekan. Qo'yarda qo'ymay oyim
doktorga olib bordilar, turli analizlardan
so'ng ham kasalligim sababini bila
olishmadi. Endi kunim turli kasalxonalar-u,
analiz topshirish bilan o'tadigan bo'lib qoldi.
-Opa, qonimni analizga olaverib-olaverib
qoldirishmadi
shekilli,- deyman kulib. Oxir oqibat
tomografiyaga
jo'natishdi. Doktor
tomografiyadan so'ng onamga bir nimalar
dediyu, sizni xonamda kutaman, deb
xonasiga kirib ketdi.
-Sen uyga ketaver bolam, charchading. Men
doktor bilan
natijalar haqida gaplashib olishim kerak
ekan. Ortlaringdan men ham boraman,
dedilar, ammo
ko'zlari xavotir uchqunlarini yashira olmadi.
Biroz
ko'nglimga xijillik kirdi.
-Yur, ko'nglim ozib ketdi bu kasalxonalar
hididan, ketdik
endi,- opam shunday deya, qo'llarimdan
sudragudek qilib
olib ketdi.
Uyga kelganimizga bir necha soat bo'ldi,
ammo hali oyimdan darak yo'q.
Tinchlikmikin, nega
kelmayaptilar? Hayolimga har xil be'mani
fikrlar o'rmalay boshladi.
-Opa, oyim kelmayaptilar?
Tinchlikmikin ishqilib?
-Kelib qoladilar, nima oyim kichkina
bolamidiki... ko'p
xavotir olaverma.
Shu payt darvozadan oyim ko'rindilar.
Ko'zlari yoshdan
qizargan, ammo mendan yuzlarini
yashirishga harakat
qilayaptilar. Darrov gap nimada ekanligini
tushundimu, tomog'imga bir narsa tiqildi.
Qanchalik yig'lamaslikka harakat qilsam ham
ko'zlarim
yoshga to'ldi. Tomog'imni achitgan narsa
kattalasha
boshladi go'yo. Oyim yugurib kelib meni
quchoqlab oldilar.
-Ahvolim og'ir ekanmi?– dedim sekingina
oyimni pinjiga suqular ekanman.
-Bolam, tuzalib ketasan, doktor aytdi... –
dedilar, ammo
shu payt lablarini
tishlaganlarini sezdim. Dadam
olamdan o'tganlaridan beri
lablarini tishlashni odat qilganlar. Yig'lab
yubormaslik uchun shunday qiladilar.
Ahvolimning kundan kunga
jiddiylashayotganidan o'zim ham og'ir xasta
ekanimni bilar
edimu, lekin buni tan olishga kuchim
yetmasdi. Shu kundan
keyin kasalxonalarga ko'chib o'tdim desam
xato bo'lmaydi.
Turli kasallar, turli hayot, turli insonlar...
Kasalxonada tanishgan insoningga birinchi
bergan savoling:
-Sizni qayeringizda kasal? - deb
so'rash bo'larkan. Yonimda bir qiz yotardi,
har 6 oyda bir kelib himiya terapiya olib
ketarkan.
Himiya terapiyadan so'ng uning yonida
yotish mening azoblarimga o'n chandon
azob qo'shardi. Uning qiynalishini,
ingrashini ko'rib qo'rqib ketardim. Sochlari
to'kilib
ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib, yegani
oshqozonida turmasdi. Lekin eng og'iri
kundan kunga mening köyimda ado
bo'layotgan, so'nib borayotgan onamni
ko'rish edi. Olgan muolajalarim foyda
bermadi, endi menga ham o'sha ximiyadan
yuborishadigan bo'lishdi.
Birinchi marta sochlarimning tutam-tutam
bo'lib
to'kilayotganini ko'rganimda qo'rqib ketdim.
Kipriklarimning bitta bitta to'kilishi esa
mening umidimga o'xshardi. Ammo inson
har bir narsaga ko'nikkani kabi
men ham ko'nikdim. Faqat ko'nglim
ag'darilishiga ko'nika
olmasdim. Ovqatga qaragim ham kelmasdi,
ammo onamning menga tikilgan mungli
ko'zlarini ko'rib yeyishga majbur bo'lardim.
So'nib qoldi
onaginam...
Mening esa kundan kunga tuzalishga umidim
so'nib borardi.
Yuragim tez ura boshladi, göyo o'ziga
berilgan vaqtni tezroq
bosib o'tsam deydi. O'rnimdan turib yura
olmay qoldim.
Doktor haq bo'lib chiqmadi. Balki u
adashgan, balki
onamga taskin berishi uchun meni tuzaladi
degandir. Axir
qanday qilib tuzalmaydi, qizingiz o'ladi,
deyishi mumkin. Hamshiralarning
nigohlaridan
achinishni o'qiyman.
Hammasini tushunaman,
hammasini bilaman. Faqat aytolmayman.
Kuch-madorim yo'q, charchadim.
Yuragimni urishidan
charchadim... Olib tashlashsin yuragimni...!
Yaqinlarim tikiladi,
onajonim har doim yonimda. Bir qadam ham
jilmaydi. U
ishonadi, tuzalaman.
Ishonmaydi mening o'limimga. Ammo men
ölishni istayman,
charchadim. Tomirlarimga
qo'yilgan, tanamning har bir katagini
achitayotgan dori
ham endi tanamga ketishdan bosh tortadi.
Tomirlarim ilma-teshik bo'lib ketdi. Ichim
dori
darmonga to'ldi, ammo Xudo istamasa dori
shifo bo'la
olmaydi. Ko'nikaman o'limga. Kutaman
uni....
- Onajon, ayting ularga yuragimni
to'xtatishsin... –
o'tinaman. Onam chiday olmaydi, chiqib
ketadi xonadan. Doktorlar esa sog'
tomirimni topib dori qo'ya boshlashadi.
Mening yuragim
og'riq uchun yaratilganmi? Yo'q, ular
yuragimni
to'xtatishmoqchi emas, meni
davolashmoqchi xolos. Ammo yuragim
shunchalar charchaganki, to'xtashni istaydi.
Tanam birdan qaltiray
boshlaydi, shunday
qaltiraydiki, 3-4 hamshira meni
bosib turishga harakat qilishadi.
Doktorlarning baqiriqlarini
eshitaman, hamma yoqda yugur-yugur.
Yuragim go'yo
so'nggi marraga shoshgandek tezroq va
tezroq ura
boshlaydi.
-Olib keling dorini, jo'natgan dorimiz
sudorga berdi, - deydi
kimdir. Onam yugurib kirdi.
- Chiqing opa, chiqing
qo'limizdan kelganini qilamiz, - deya onamni
xonadan olib
chiqib ketishadi. Ko'zlarim bilan uni
kuzataman. U esa
mendan ko'zini uzmaydi, ko'zlarida umid.
Bilmadim, bu soniya nega bunchalar uzun.
Yillar kabi uzun, asrlar kabi uzun.
- Butun bir katta kasalxonada bitta dori
bo'lmasa-ya, - xunobi
chiqib baqiradi doktor. Men esa parvoz
qilaman, tanamdan chiqaman, yuragim
to'xtadi.
Tepadan turib kuzataman, vo ajab, shu
menmi? Palatadagi odamlar sekin-sekin
tarqay boshlashadi. Men
esa doktor ketidan
ergashaman. Onam, eshik tagidan
mung'ayib, umid bilan
kutib turgan onaginam...
- Nima bo'ldi, do'xtir,
sudoragasi to'xtadimi?
So'zsiz ham hammasi ma'lum bo'lsada,
onam ishonmaydi.
Qayta qayta so'ray boshlaydi. Shunda
doktorga qanchalik
og'ir ekanligini tushunaman.
- Qo'limizdan kelganini qildik,
ammo qizingizni berib qo'ydingiz opa,
bandalik...
Oddiy, balki har kuni kinolarda eshitadigan
so'zlarimiz. Ammo
uni eshitish, uni aytish
qanchalar og'ir, qanchalar azobli. Onam dod
deydi,
ishonmayman deydi-yu, mening oldimga
yuguradi. Mening jonsiz tanamni o'padi,
quchoqlaydi.
- Bolaginam, Nilufarim...
ishonmayman o'zingga kel, men nima
qilaman bu dunyoda sensiz,
- Oh onaginam, engillik topdim,
taqdir shunday, qiynamang o'zingizni, ezilib
ketayapman
sizni ko'rib, onajon.
Ammo u eshitmaydi
- Bandalik qo'shni, - Alloh sabr bersin sizga.
Ko'p kuyinmang, oldingizda yana bir qizingiz
bor. Nilufarni umrini shunga bersin.
- Ammo Nilufarim boshqacha edi, - o'kinadi
onam. Yonida
katta qizi yig'laydi. Nazarida ona mehri
Nilufar bilan
ketganday. Biladi, Nilufar boshqacha edi.
Birovni ko'nglini og'ritishdan qo'rqardi.
Hamma uni yaxshi
ko'rardi. Hatto hazil qilib ham birovga qattiq
gapirmagan.
Mana butun sinfdoshlariyu,
kursdoshlari, hatto uni atigi bir bor ko'rgan
insonlar ham
bugun janozasiga kelishgan. Hovliga odam
sig'maydi.
- Onajon men ham axir sizning qizingizman,
meni ham qizim deng, - yolvoradi qiz.
Ona:
- Qizim, deya uni quchog'iga oldi-yu, ammo
Nilufarni
eslaydi. Jannat guli Nilufar. Quchog'idagi qiz
yodidan chiqadi, ketgisi keladi Nilufar
tomon.
- Bunchalar chiroyli bo'lmasa, yuvintirib
kafanlangandan
so'ng gul kabi chiroyli bo'ldi-ya, bunchalar
nozik xuddi uxlab
qolganga o'xshaydi, - deydi Nilufarni ko'rgan
ayollar.
Amakilari dod soladi uni ko'rib. Ona
yig'laydi, uvvos tortib
yig'laydi.
Ha, u juda chiroyli bo'ldi, men ham
yig'ladim, uni eslab-eslab yig'ladim.
– Madina opa, birovni xafa qilishga
shunchalar
qo'rqamanki, - ovozi qo'log'im tagida
yangraganday bo'ladi.
Shiringina kulgusini,
qo'ng'iroqday ovozini eslab yig'ladim
- Bolam ko'p yig'lamang.
Qiynaladi Nilufar, qiynamang uni. Bandalik
bolam,
hammamizning boshimizda bor.
- Lekin meni tashlab ketdiii, - uvillaydi ona.
- Hech kimga bola qazosini ko'rsatmasin, -
yoqasini ushlab
qo'yadi ayol.
Mana uning...
Просмотров: 588 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Zoha07.02.2013 15:22
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz