SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 17
Mexmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 6 » Ayriliq.... ( Hikoya )
22:42
Ayriliq.... ( Hikoya )
To‘rtinchi kuni odam ancha sepkildi. U ertasiga ertamandayoq opasi bilan singlisini o‘z uyiga haydadi — «Borib, bola-chaqalaringning issiq-sovug‘ini qillaring», dedi. Bo‘lmasam, opasi bilan singlisi, onasining qirqini o‘tkazib, keyin ketamiz , deb turishuvdi-ya. Taomiliyam shunaqa shekilli-da — marhumning qizlari qirq kun aza tutib, ota uyida o‘tirishlari kerakmish. Shuyam odat bo‘ldi-yu! U bechoralarning erlari, bola-chaqalari yoki boring ana, mol-hollari qirq kun nima qilisharkin?.. Lekin Kamoliddinning opasi bilan singlisi ko‘pam tixirlik qilishmadi — onasi aytmoqchi, urushdan injiq bo‘lib qaytgan yakkayu yolg‘iz jigarlarining ko‘ngliga qarashdi. Nima qilsayam, shu uyning erkagi bo‘lib qolgan, yana tag‘in, bu Kamoliddin degani bir gapni ikki marta gapirishni yoqtirmaydi... Shunday qilib opasi bilan singlisi uylariga ketdilar. Kamoliddin to tushgacha ko‘chagacha chiqib, uyga kirib yurdi. Kechroq eshitganlar bo‘lsa, fotihaga kelib, darvozaning tagida muntazir qolishmasin, dedi. Ammo bir-ikki qo‘ni-qo‘shnining shunchaki ko‘ngil uchun chiqib qo‘yganini hisobga olmaganda, birov kelmadi. Tushlik mahali bir navi tamaddi qilgan bo‘ldiyu qaytib darvozaga chiqmadi. Uyga kirib, bag‘rini bolishga berib, yotib oldi. U hayron edi — axir onasi o‘ldi-ya, lekin hali-hanuz ko‘zidan bir tomchi yosh chiqmasa-ya! Bag‘rida bar narsa hamon toshdek qadalib turibdi va hatto avvaliga, ya’ni janoza kuni yig‘lashni istadi ham, opasi va singlisining «isnodlarga o‘ldirmagin», degan gapidan keyin, rosti, o‘ziyam uyalib ketdi, juda-juda yig‘lagisi keldi. Harchand urinmasin, yig‘lolmadi. Qani endi bu qaqragan ko‘zlariga bir tomchi yosh kelsa! Xuddi o‘chakishgandek ular ham «oyoq tirab» turib olishdi, kipriklari qovjiragancha qolaverdi. Odamlarning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir g‘iybatlariniyam eshitmaganga soldi o‘zini. Onajonisini hatto qabrga ham bir tomchi ko‘z yosh to‘kmay tashlab keldi. Nahotki onasi, yolg‘izgina o‘g‘lini issig‘u sovuqqa va hatto ikki dunyoga ham ishonmaguvchi onasi bir tomchi ko‘z yoshiga arzimasa! Axir u shu onasini deb Afg‘ondan o‘lmay qolmaganmidi. Qiziq gap, odam birovni, ya’ni bandasini deb ham o‘lmay qolarkanmi? Qazoyu qadar Yaratganning izmida emasmi! Yo‘q, u aynan onasini deb necha bor o‘lmay qolganiga, o‘limga ham chap berganiga ishonadi. Axir o‘shanda... O’shanda ularning rotasi ham navbatdagi reyd-jangga chiqdi. Qir yonbag‘rida yolg‘iz borayotgan «BTR» tuyqusdan otilgan granamyot o‘qidan taqqa to‘xtadi-qoldi. Buni payqagan dushman o‘rab kela boshladi. O’ris zobit bilan Kamoliddin «BTR»ning pulemyotidan to o‘qlari tugaguncha otishdi. Qolgan ikki askar esa qo‘rqib ketishdimi... qochmoqqa shaylanib, «BTR» tuynugidan boshlarini chiqarib-chiqarmayoq o‘qqa uchishdi. Ana, dushmanlar qariyb «BTR»ga yetib kelishdi, hozir uning ustiga chiqadi-da, zobit bilan uni asirga oladilar. Keyin esa adog‘siz va mislsiz azoblar... Yaxshisi, hozir o‘lib qo‘ya qolgani osonroq bo‘ladi, baribir ming azob bilan ham o‘ladi-ku. Aslida bu gaplar Kamoliddinning xayolidan o‘tgandi. Lekin granatani yonboshdagi qutidan zobit oldi. Oldiyu halqasini sug‘urib tashladi. Ikki qo‘llab mahkam qisdi-da, ko‘zlari otilib ketgudek bo‘lib, Kamoliddinga qaradi. — Bir lahza xolos, Kamol! Ko‘zlaringni yumib, bir lahza chidasang bas, hammasi o‘tib ketadi! — dedi u ovozi xirillab. Kamoliddinning butun vujudini titroq bosdi. Beixtiyor qo‘llarini ko‘tarib, zobitning granata tutgan qo‘llarini qisdi. Hatto ovozi ham qaltirab, ko‘zlariga yosh to‘ldi. — Yo‘q, o‘rtoq katta leytenant!.. — shunday dediyu uning ko‘z oldiga darvoza tagida yo‘lga ma’yus tikilib turgan onasi keldi. Yo‘q, uning o‘lishga haqqi yo‘q! Uning o‘limini onasi ko‘tarolmaydi. Agar u o‘lsa, onasi qiynalib-qiynalib o‘ladi. Shunday ekan, u yashashi kerak! Yashashi!.. — Yo‘-o‘q!.. — dedi u hayqirib, zobitning qo‘llarini qattiqroq siqarkan. — Yo‘q, o‘rtoq katta leytenant, biz o‘lmaymiz! Qo‘yib yubormang!.. Onam buni ko‘tarolmaydi!.. — U ayni paytda o‘limdan qo‘rqmasdi. Uning o‘lganini eshitib, sochlarini yulib yig‘layotgan onasini ko‘z oldiga keltirganidan jazavaga tushmoqda edi. Rostdan ham ular o‘lmay qolishdi — qir ustida paydo bo‘lgan yana bir «BTR» dushmanni tutday to‘kdi... O’shanda jon talvasasida ham onasini o‘ylab, yig‘lagandi. Endi esa onasi olamdan o‘tdi, endi u yo‘q, hech qachon qaytmaydi. Ammo uning ko‘zlarida milt etgan yosh ko‘rinmaydi. Nahotki shunchalar diydasi qotib ketgan bo‘lsa?! Nahotki urush uni shu ahvolga soldiykin?! Yo‘q! Axir oddiygina kinolardan ta’sirlanib, ko‘zlari yoshlanib ketardi-yu, nahot endi onasidan ayrilib ham yig‘lolmasa?! Onasi uni juda-juda ehtiyot qilardi, avaylardi. Bir kuni dahlizdagi derazaning tagida yotarkan, uni uxlayapti deb o‘ylab, keliniga nasihat qilayotgan oansining gaplarini eshitib qoldi: — Aylanay, qizim, — dedi onasi yalinganday, — shu bolaginamni ehtiyot qiling, xo‘pmi! Nima desa, xo‘p deng, jon qizim! Jahlini chiqarmang, bolam! Keyin nima desangiz, mana, men qib beraman. Paqat shu bolam kasal-pasal bo‘p qomasin, aylanay! — Voy, buvi-ey, men doim o‘g‘lingizi aytganini qilaman. Hecham gapini qaytarmayman. Menam bolangizi fe’lini bilaman, buvijon! — Ashna qiling, jon qizim! Shu bolami kasal qimasangiz bo‘ldi! Bilasizu, salga boshi og‘rib, yuragi siqib qoladi!.. O’shanda ham onasining gaplarini eshitib, ko‘zlaridan yosh otilib ketgandi... Kamoliddinning yuragi siqildi. Bag‘ridan nimadir bo‘g‘ziga sudralayotgandek tuyuldi. Ag‘darilib, ikki qo‘lini boshining ostiga qo‘yib, shiftga qarab yotdi. Buncha huvillamasa-ya bu uy! Rostdanam xonani quloqlarini yorib yuborguday sukunat, huvillash egallab olgandi. Yo‘q, ana, hovlining qaeridadir xotinining sharpasi eshitildi. Ikkala o‘g‘li urishib qoldi shekilli, bittasi g‘ingshidi. Xotini ularga astagina tanbeh berdi... Kamoliddin og‘ir bir yutindi-da, bag‘ridan sirg‘alib, bo‘g‘ziga kelib qolgan narsani qaytarib yubordi. Tashqariga chiqsammikin, o‘yladi keyin, balki biroz yozilarman. Kuchanib o‘rnidan turayotuvdi, yuragi qattiq bir qisdi. Og‘riqdan afti bujmayib, bir pas jim turib qoldi. Tebranib ostonaga chiqdi. Darvozaxona tomondan xotinining ovozi qulog‘iga chalindi. U erining oromini buzmasliklari uchun o‘g‘illarini yengil po‘pisa bilan ko‘chaga haydardi. Onasiyam shunaqaydi, ayniqsa, opasi bilan singlisi bolalarini olib kelishsa, hamisha tergab turardi: — Huy, sekinroq gapir, Kamoldinni boshi og‘rib qoladi! — Borlaring, to‘polon qilmay, tog‘alaring uyg‘onib ketadi-ey! Bundan opa-singillari zo‘raki arazlashib qolishardi: — Voy-ey, nima, Kamoldin bolangizu, biz bolangizmasmizmi, buvijon? Kampir biroz yumshardi: — Nega unaqa deysanlar! Hammang bolamsan, jigarimdan bo‘gansan! Paqat Kamoldin urushda sal injiqroq bo‘p qogan-da, qizlarim! Kamoliddin ko‘ksining chap qismini uqalab, ostonadan tushdi. U yoq-bu yoqqa alangladi. Haligina uy ichini egallab olgan huvillash endi hovliga ham toshib chiqayotgandek tuyuldi. Nigohi uy sahni bo‘ylab intizor tentiradi, go‘yo kimnidir axtardi, lekin topolmadi. Olam bo‘m-bo‘sh edi go‘yo. Haligi huvillash yana quloqlarini egovlay boshladi. Og‘ir yutindi. Kipriklarining osti achishib, ko‘zlarini bir-ikki yumib-ochdi. Nigohi tentiray-tentiray, sahnning bir chetidagi so‘rida to‘xtadi. Har kuni bu mahalda onasi so‘rida o‘tirib, yo oshga sabzi-piyoz to‘g‘rardi, yoki otasidan qolgan ko‘zoynakni taqib olib, munkayganicha guruchning toshini terayotgan bo‘lardi. Kamoliddin so‘rining oldiga bordi, oansi o‘tiradigan kirchimol qora to‘shakka tikildi. Haliginayam yangi to‘shaklar solig‘liq turgandi, chamasa, xotini yig‘ishtirib, yana eskilarini to‘shab qo‘yibdi shekilli. Kamoliddin har kuni ishdan bo‘shadi deguncha uyga oshiqardi. Ba’zi tengqurlariga o‘xshab, ko‘cha-ko‘yda ulfatchilik qilib yurmasdi. Negadir uyga oshiqaverardi. Uyga kelib, so‘rida o‘tirgan onasini ko‘rardiyu birdan yuragi xotirjam tortardi. Buni o‘zi aniq his qilsa-da, lekin tushunolmasdi. Vujudini g‘alati bir xalovat qamrab, onasining yoniga yotib olgisi kelardi. Ko‘pincha boshini onasining tizzasiga yoki yonboshiga qo‘yib yotvolardi-da, osmonga termulardi. Onasi esa yosh turib, sochining yarmidan ko‘pi oqarib ketgan o‘g‘lining peshonasini silab, Kamoliddin boshqa hech kimnikiga o‘xshatolmaydigan mehrli ovoz bilan so‘roqqa tutib qolardi. — Ishga yaxshi borib keldingmi, bolam? — Hmm... — Boshing og‘rimadimi? — Yo‘-o‘q... — Yuraging siqilmadimi? — Yo‘-o‘q... — Abitta ovqat yedingmi? — Hmm... — Sochlaring biram chiroyli oqaribdiki!.. Kamoliddin qora to‘shakka cho‘zilib, shomning nim qorong‘uligi aro ko‘kish osmonga tikildi. Onasi esa hamon uning sochlarini silardi. — Bugun bir boplab osh qiberay, a, bolam! U og‘ir yutindi, ko‘zlari achishib, go‘yo bitib qolay degan burnini qiynalib-qiynalib tortdi. Mayin qo‘l esa peshonasini silayverdi. — Boshingiz og‘riyaptimi? — Hmm... — Yuragingiz-chi? Yuragingiz og‘riyaptimi? — Og‘riyapti!.. Juda yomon og‘riyapti! — Uning yuzi tirishdi. — Nima ovqat qiberay! — deya so‘radi haligi ovoz. U osmon qadar kengayib ketgan nigohini yig‘ib, xiyol qayrildi: boshi ustida ko‘zlari yoshli xotini ma’yus termulib, uning peshonasini silardi. U ichidan otilib kelayotgan narsani to‘sib qolmoqchi bo‘ldimi, tishlarini qattiq qimtigandi, iyak va chakka suyaklari bo‘rtib ketdi. — Sochlaringiz biram chiroyli oqaribdiki!.. — dedi haligi ovoz yig‘i aralash. Hatto tishlar ham bo‘g‘izdan otilgan narsani to‘sib qolishga ojizlik qildilar: — Buvv!.. — deya chiyilladi u ko‘zlarini qattiq yumarkan va kipriklari ostidan yosh tirqirab ketdi. — Buvijo-on!.. Xotini esa hamon uning sochlarini silardi
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 816 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz