SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 11:53
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 7 » Axir buni taqdir deydilar,,,
23:41
Axir buni taqdir deydilar,,,
Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, - dedi yigit. - ... - Poezdda
ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi. - Afsus,- dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga minnatdorchilik bildirdi: - Rahmat sizga, iloji bölsa yana qöshimcha 8 soat ushlab turinglar ösha poyezdni. Qiz yigitni kuzatib turarkan, uning özini tutishidan hayron qolardi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. Biroz ötgach yigit ham uning yoniga kelib ötirdi. - Mening ismim ... , bu shaharda mehmonman. Sizchi? - Men ham mehmonman,- javob berdi qiz. - Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq, ishonavering. - Albatta... Ishonish yarim g'alaba degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun chetroqqa chiqdi. Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan kuzatardi... Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi: - Uzr, ruchka topiladimi? Qiz sumkasidan ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit: - Sizni uyda kutishyapti, shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6 soatlik yöl. Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning foydasi ham yöq. Maylimi, sizga hamrohlik qilsam? Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim kerak? - Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda birga ketish yozilgan bölishi kerak. - Aytdimku, men taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi. Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq qizning ruchkasi bilan yozgan yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon chiqish eshigi tomon yönalgan yigitdan söradi: - Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga olib bordi-yu kulib javob berdi: - Buni taqdir deydilar... * * * Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta
chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan! Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta
qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi - Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz jilmaydi. Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi: - Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling. Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan söz boshladi - Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u menga shunchaki bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda oyijonizga qöng'iroq qilgandiz... Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi: - Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu men ...man. - Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon yetib kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim. Mehmonxonada tölovlar böyicha muammo böldi. Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi avtobusda bora qolaman. Shuning uchun 3-4 soat kechikaman, xavotir olmang. - Vaqtliroq harakatingni qilsang bölmaydimi? Bu yoqda hamma seni kutib ötiribmiz. Bugungi kunni unutdingmi? - Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim. Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib qoldi. Böldi, mana yölga chiqyapman. - Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin. - Xöp oyijon, xavotir olmang... Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan chog'ida kuzatib ötirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi ravshan bölgach qiz kuldi: - Demak siz joyizda ötirgan holda uzoqdagilarning ham nima haqda gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami? - Agar lablari harakati körinarli bölsa, ha. - Unda anavi orqa örindiqda ketayotgan oq sochli odam yonidagi ayolga nima haqda gapiryapti? Yigit orqaroqda ötirgan ösha kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima haqda gapirayotganligini tushuntirdi: - U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi turmush örtog'i, qizlarini körishga ketayotgan bölishsa kerak. - Qizlarini? - Ha. Qizlari shifoxonada ekan. - Hm... Anavi oldingi örindiq yonida tik turib, hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz nima haqda gapiryapti? Yigit ösha tarafga qarab kulib yubordi. Qizning ma'noli qarashiga sokin javob berishga urindi: - U siz haqizda gapirdi. Menimcha aytmaganim ma'qul. - Men haqimdami? Ayting, nima dedi u? - Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qölidan mahkam ushlab olibdi, xuddi qöyib yuborsa men olib qochib ketaman, dedi. Qiz yarq etib öz holatiga diqqat qildi. Chindan bu öyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga berilib ketgan va yigitning öng qölini siqib olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun ahamiyat bermagandi. Qiz
darhol qölini tortib oldi. U oynadan yöl chetida yastanib yotgan dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha hayol surayotgan qizning hayolini yigitning ovozi böldi: - Hey... - Hm? - Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul qilvolish kerak. - Hm. - Yana "hm" mi? - Hm... Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi. Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning qaysidir mavzudagi sokin sözlari ta'sirida közi ilindi... - Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga yetib keldik. Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi. Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz yurishsa bas. - Mana bu sizga,- yigit
qizga tumor tutdi shu
payt,- tug'ilgan kuniz bilan! - Rahmat, hojati yöq, shundog'am yetarlicha syurpriz kun böldi bugun. - Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri, bu tumor u qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga ham omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi. - Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qöliga olarkan,- chindan omad keltiradimi? - Albattada. - Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz? Qizning jilmayib söragan savolidan söng yigit uning közlariga qaradi va kulib javob berdi: - Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik dedi... Qizning yuragi jizillab ketdi shu onda... Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir bunday qilishda ularda xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni böldi: - Mayli, hammasi uchun rahmat sizga, omon böling. - Siz ham. - Xayr... - Nega endi xayr? Balki yana uchrashib qolarmiz? Qiz jilmaydi: - Qaydam... - Men esa ishonaman,- yigit qölini avval yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir söz aylanardi: buni taqdir deydilar... Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi bor ayrilmoqda edilar... Qiz ancha yurib ortiga ögirilib qaradi. Ancha narida biroz surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit xuddi u kabi ögirilib unga qarab turardi ... * * * Yigit shu kun bir kichik e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon raqamini, hech bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni unutgandi. Buning uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda edi. Ösha sohibjamol qizning gözal chehrasi har daqiqada köz öngida paydo bölaverardi. Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qöyib uxlab qolganidagi hayajonli holatini öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq, ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni topish kerak. Sevib qolganini aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir... * * * Oradan 5 oy ötdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir suhbatlashib ketayotgan yigit kimgadir urilib ketdiyu telefoni qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi: - Közizga qara.s... Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, ösha, uning oromini ög'irlab ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira- qidira hech topolmasdi. Internetdan, modalar uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz
öqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga uchrashtirmoqda edi. - Yaxshimisiz,- qizning
yoqimli ovozi hayolini böldi. - Endi, ha! - Telefoniz singani uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz uchun. "Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo böldi. - Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib ketayotgandim... - Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi. - Xatto poyezdlar ham... Yana ösha vaqtlardagidek kulgu yangradi... - Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi. Aytgancha, hali ham taqdiqga ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi örindiqqa ötirishgach qizdan söradi. - Yöq,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif... Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi. Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib qolayotganini payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi... * * * Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi- yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi... 5 oydan söng... Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz
borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi... Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin...
Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor
hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi. Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib
ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi... * * * Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp yig'lardi... Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi. Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz... Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Töy böladi... Yigirma kundan söng... Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi: - Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi... "Nega yig'layapsan" deb söramadi ham... Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..." Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi: - Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi körishni istamayman. Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham... Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi... Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-bir jaranglardi: "Poyezdga kech
qolganimni kim omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga yarashadi..." "Buni taqdir deydilar..." Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * * 20 kun avval... Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib
qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir
ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib qolganini tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi: - Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi. - Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni
hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma. Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini yakunladi: - Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi.
Yigit bölsa joyida turib qoldi... Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini
söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir böldi. Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa körishmaslik kerak... Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..." Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham. G'amgin gözal qiz... Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi. - Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb öylayman... Xayr! 19:55 Yigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun közoynak taqib oldi. Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi... Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * * Ota qiziga xatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib öqishga tushdi: "" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qölimni avval
yuragim ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun... Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman. Meni endi hech
qachon körmaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham... Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak bölsin..."" Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat... Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi. - Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring... Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay- haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi: - Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys bilan Toshkent- Parij yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi. - ...,- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib
ötirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..." - Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. - Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR....
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 725 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 2
Gozal08.01.2013 00:18
Ulugbek08.01.2013 11:28
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz