Главная » 2014»Oktyabr»26 » Avstraliyalik jarrohlar tirik bemorga “o‘lik” yurakniko‘chirib o‘tkazishdi
06:57
Avstraliyalik jarrohlar tirik bemorga “o‘lik” yurakniko‘chirib o‘tkazishdi
Avstraliyalik jarrohlar dunyoda ilk marotaba uch nafar bemorga “o‘lik” yurak ko‘chirib o‘tkazdi, deya xabar bermoqda The Guardian. Urishdan to‘xtagan yurak transplantatsiyasini olimlar asr hodisasi deb atadi: yangi texnika sharofati bilan endi ko‘chirib o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan organlar ko‘payadi, natijada 30 foizga ko‘p kishining hayoti saqlanib qolinadi. Ayni paytda yurak transplantatsiyasida klinik o‘lim holatidagi kishilarning “tirik” organlari qo‘llaniladi. Biroq Sidneydagi Avliyo Vikentiya kasalxonasida shifokorlar donorlarning operatsiyadan 20 daqiqa avval urmay qo‘ygan yuraklarini ko‘chirib o‘tkazdi. Buning uchun maxsus idishga donorning qonidan quyib unga organni joylashtirishdi. Steril elektr sxema organning urib turishini ta’minlab, zarur haroratni ushlab turdi. Donor yuragi ushbu idishda to‘rt soatgacha saqlanishi mumkin. Bunday yurak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarning ikki nafari o‘zlarini yaxshi his qilmoqda, yana biri esa intensiv terapiya bo‘limida yotibdi. Manba:Daryo