Главная » 2014»Iyun»29 » Avstraliyalik ayol USB-kabel orqali tok urishidanhalok bo‘ldi
02:27
Avstraliyalik ayol USB-kabel orqali tok urishidanhalok bo‘ldi
Avstraliyada 28 yoshli ayol arzon zaryadlovchi USB- qurilma orqali tok urishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi. Asli Filippinlik Sheril Enn Aldegirni Avstraliya janubi- sharqidagi Gosford shahrida joylashgan uyida o‘lik holda topishdi. Ayolning qulog‘ida naushnik, qo‘lida noutbuk bo‘lgan. Politsiyachilar uning ko‘ksi va quloqlarida kuygan joylar borligini aniqlagan. Taxminlarga ko‘ra, Sherilni telefonda suhbatlashayotgan vaqtida tok urgan. Telefon USB-kabel orqali zaryad qurilmasiga ulangan, xuddi shu vaqtda esa qo‘shni rozetkadan kompyuter zaryad olayotgan bo‘lgan. Aldegirning do‘stlari u USB-kabelni Sidneydagi mobil qurilmalar bozoridan sotib olganini, u 4,95 dollarga tushganini aytishgan. Zaryad qurilmasini sotgan do‘kon egasiga 875 ming dollar miqdorida jarima solinishi va ikki yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.