SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:35
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 36
Mexmonlar: 36
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 7 » Atirgul
18:47
Atirgul
Yigit tong otishi b-n bozorga oshiqdi. Havo sovuq, bahorga öxshamaydi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olmoqchi böldi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli lolalar turardi. —Kim sotyapti— söradi u. -Hozir keladi,—dedi bir ayol. U yerda yana bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni öziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash: hamma yog‘i tikilib, yamoq bölib ketgandi. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursada, ancha xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan biroq közida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. U sovuqdan kökarib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, uning piyonista emasligini, shunchaki köp qiyinchilik körganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi. Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham. — Qizim, bir dona lola qancha turadi? — Yöqol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa söramoqchimisan— baqirdi gulchi xotin. —Menga bitta lola kerak, qancha turadi? Yigit cholning közlari yoshlanganini kördi. —Bittasi? Sen b-n pachakilashib ötiramanmi? Yöqol! — Sen baqirmasdan qancha turishini ayt— dedi chol sekin. —Donasi 500,— dedi xotin kinoya b-n. Chol chöntagidan ikkita 200 sömlik chiqardi. —Menda 400 söm bor, balki shunga berarsan— söradi chol qimtinib. Yigit cholning közlarida shu paytgacha birorta erkakning közida körmagan alam va og‘riqni payqadi. -Yaxshi,— gulchi xotin mazaxomuz hiringlab chelakdan bir dona lola oldi. Gul shoxchasi örtasidan singandi. Chol lolani olib tög‘rilashga urindi. Ammo gul öjarlik b-n pastga egilardi. Qariya qölida singan lolani tutgancha yig‘lardi. — Menga qara, nima qilyapsan?— yigit özini vazmin tutishga urinsada, chidolmay baqirdi. Gulchi xotin indamay yigitga qarab turaverdi. —Töxtang, —yigit cholning yengidan tutdi. —Öv ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi? — A... —Sendan sörayapman, bir chelagi qancha turadi? —30 ming bölsa kerak. Yigit chöntagidan bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga tashladi. Söng chelakdagi lolalarni olib, cholga tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning közlariga ham yosh sizdi. —Yuring,— yigit cholni qölidan tutdi. Shirinliklar sotiladigan rastadan ixchamgina chiroyli bezatilgan tort sotib olib cholga ögirildi. —Menga qarang ota, meni pulim bor. Bu 30 ming chöntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan lolaiz b-n xotinizni yoniga borishiz yaxshimas, axir bugun 8-mart-ku! Manavi gullarni, tortni olib boring, meni nomimdan ham tabriklab qöying. Cholning közlaridan duvillab yosh oqa boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu manzaraga qarab turolmasdi. U qölidagilarni cholga tutqazib, közlarini kafti b-n artdida nari keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan cholning past, dardli ovozdagi sözlarini eshitdi: —Biz 50 yildan beri birgamiz... U kasal bölib qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi...

Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 820 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
admina07.02.2013 20:54
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz