SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 19:12
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 3 » Asabni chiniqtirish oltinqoydasi
02:54
Asabni chiniqtirish oltinqoydasi
Hayot har doim ham bir tekis bo‘lavermaydi. Goh shodon, goho qayg‘uli kunlar umr atalmish yo‘llarimizda bizga yo‘ldosh. Hursand paytlarimizda bir sevinsak, ozginagina
ko‘ngilsizlik uchun ming iztirob chekish insonga xos xislat. Lekin arzimas muammolar va ko‘ngilsizliklarni yurakka juda yaqin olish ham yaxshi emas. Tinimsiz siqilish va asabiylashish organizm uchun ziyonli. Hayotdagi bo‘hronlaridan omon chiqishni istasangiz, o‘zingizni ruhan va jismonan chiniqtirishingizga to‘g‘ri keladi. Asabni chiniqtirishning quyidagi oltin qoidalariga rioya qilsangiz, o‘zingiz uchun ham, yaqinlaringiz uchun ham foydalidir. To’yib miriqib uxlang. Uyqusizlik asabni yemirishi bor gap. Buning oldini olish uchun uyqu tartibiga qat'iy amal qiling. Kuniga 7-8 soatlik uyqu me'yor hisoblanadi. Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning. To‘g‘ri, tetik bo‘lish uchun kimgadir 6 soat ham kifoya, boshqa birovga esa 9 soat kerak. Bunisi endi organizmning o‘ziga xosligi. Tiniqib uxlash uchun ovqatlangandan yoki xoh aqliy, xoh jismoniy faol mehnatdan ke-yinoq uyquga ketishdan saqlaning. Shovqindan qoching. Ko‘pchiligimiz televizorga shunchalik o‘rganib qolganmizki, uning yoniq holati hatto sezilmaydi ham. Vaholanki, ba'zan oynai jahondan uzatiladigan agressiv ma'lumotlar asablarimizga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi. Demak, televizorni faqatgina o‘zingizga ma'qul dasturlarni tomosha qilish uchungina yoqing. Qolgan paytda xonangizdan yoqimli musiqa, eng yaxshisi, mumtoz musiqa yangrab turgani ma'qul. Ochiq havoda ko’proq bo’ling. Kayfiyatingiz buzilganda tabiat qo‘ynida 10-15 daqiqa sayr qiling. Toza havodan to‘yib- to‘yib simiring. Qarabsizki, ko‘ngil g‘uboringiz yozilib, ruhingiz tetiklashadi. Ochiq havo, ayniqsa, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar uchun juda muhim. Miyaning yaxshi ishlashi uchun kerak bo‘lgan kislorodni biz tabiatdan olamiz. Shifobaxsh giyohlardan foydalaning. Asablarni mustahkamlash va uyqusizlikni bartaraf etishga tirnoqgul (kalendula) damlamasi yordam beradi. 1 osh qoshiq giyohni 1 stakan qaynagan suvda 1 soat damlab qo‘ying. Suzib, yarim stakanini uxlashga yotishdan oldin ichasiz. Bu borada arslon-quyruq (pusto‘rnik) ham foydali: 15 gramm giyohni 1 stakan qaynoq suvda 20 daqiqa damlang. Suzib, kuniga 3-5 mahal 1 osh
qoshiqdan ichasiz. Yoki mana bu retseptdan foydalansangiz ham bo‘ladi. Dorixonada sotiladigan do‘lana (boyaro‘shnik) hamda valeriana tindirmalarini olib, teng miqdorda aralishtiriladi. Yarim stakan suvga 20 tomchisini aralashtirib, uxlashdan oldin ichiladi. Badantarbiya bilan shug’ullaning. Har kuni bajariladigan jismoniy mashqlar nafaqat mushaklarni mustahkamlaydi, balki kishiga intizomni o‘rgatadi va xotirjam bo‘lishga ham yordam beradi. Qolaversa, mushaklar ishlayotgan payt organizmda shodlik gormoni - endorfinlar hosil bo‘lishi kuchayadi. Bu gormon stresslarga qarshi tabiiy doridir. Ovqatlanishga e’tiborli bo’ling. V guruhidagi vitaminlar asabiylikni yengish va xotirani yaxshilash, diqqat- e'tiborni jamlashga ko‘maklashadi. Dukkakli o‘simliklar, xususan, soya bu vitaminlarning koni hisoblanadi. Kaltsiy yetishmaganda ham odam tajang va bexalovat bo‘lib qoladi. Uni sut-qatiq mahsulotlaridan topasiz. Hayotga ishonch bilan boqing. Mulohazakor bo‘lishga harakat qiling, omadsizliklardan ko‘nglingizni cho‘ktirmang, ijobiy fikrlashni o‘rganing. Har qanday holatda ham shukur qilishdan o‘zingizni to‘xtatmang. Negaki, sizdan ham holi yomonlar bor bu dunyoda. "Bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin edi" degan hikmat bejiz aytilmagan. Unutmang, salbiy his-tuyg‘ularlar asablarimizni yemirib, tanamizni dardga duchor qiladi. Asabni chiniqtirish qoidalari juda-juda oddiy. Faqat sal e'tiborliroq va hafsalali bo‘lsangiz kifoya. Qolgani o‘z- o‘zidan izga tushib ketishi shubhasiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1134 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz