Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 8 » AQShlik yigit “rus ruletkasi” o‘ynab, halok bo‘ldi
23:10 AQShlik yigit “rus ruletkasi” o‘ynab, halok bo‘ldi |
AQShning Ogayo shtati Uaytxoll shahrida 18 yoshli yigit “rus ruletkasi” o‘ynab, halok bo‘ldi. Bu haqda The Columbus Dispatch xabar berdi.
1-dekabrga o‘tar kechasi Rashoun Makkre uyiga yig‘ilgan do‘stlariga “rus ruletkasi” o‘ynashni taklif qilgan. Ularning ko‘z oldida cho‘ntagidan to‘pponcha olib, unga bitta o‘q solgan, shundan so‘ng boshiga yaqinlashtirib tepkini bosgan. Guvohlar oq ovozidan vahimaga tushib, tez yordam va politsiya chaqirgan.
Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari Makkreni shtat tibbiy markazlaridan biriga joylashtirgan, u o‘sha yerda vafot etgan.
Politsiyachilar ta’kidlashicha, uyda marixuana tutuni bo‘lgan. Ular tergovni yakunlash uchun bir necha kun zarur bo‘lishini aytdi.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1012 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|