Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 23 » AQShda oyna yuvuvchi 11-qavatdan yiqilib, tirikqoldi
10:52 AQShda oyna yuvuvchi 11-qavatdan yiqilib, tirikqoldi |
AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida oyna yuvuvchi kishi 11-qavatdan ko‘chada yurib ketayotgan mashina ustiga qulab tushdi va tirik qoldi. The Washington Post yozishicha , erkak og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Oyna yuvuvchi qulab tushgan Toyota Camry. Foto: Associated Press Hodisa 21-noyabr kuni 10:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 23:00) banklardan birining binosida sodir bo‘lgan. Ishchi o‘sha paytda ko‘chada harakatlanayotgan Toyota Camry avtomobili ustiga tushgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak mashina tomini yorib kirgan, natijada barcha oynalar singan. Biroq mashina haydovchisiga ziyon yetmagan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar hushi joyida bo‘lgan oyna yuvuvchini kasalxonaga yetkazgan. Shifokorlar aytishicha, u barqaror, ammo og‘ir ahvolda.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 804 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|