Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 19 » Andijondagi korxonada besh turdagi bolalar velosipedi ishlab chiqarilmoqda
05:57 Andijondagi korxonada besh turdagi bolalar velosipedi ishlab chiqarilmoqda |
Andijonda xalq iste’moli mahsulotlarining 400 ta turiga yana bir yangilik — bolalar velosipedlari qo‘shildi, deya xabar bermoqda “Pravda Vostoka”.
Ularni viloyat markazida joylashgan “Sezam Savdo Sanoat” xususiy korxonasi yetkazib bermoqda. Korxona rahbari Olimjon Elchiyev “Aloqabank” filialidan kredit sifatida olingan 100 million so‘m mablag‘ni zamonaviy asbob-uskunalar sotib olish va ularni o‘rnatishga yo‘naltirdi.
Bugungi kunda xususiy korxonada 25 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan.
“Sezam Savdo Sanoat” ishlab chiqarayotgan besh turdagi bolalar velosipedlari nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki Toshkent, Nukus, Termiz, Qarshi xaridorlarini o‘ziga jalb qilmoqda.
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 770 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|