SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 21:48
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 3 » Alimov Oybekning tarjimai holi
22:01
Alimov Oybekning tarjimai holi
Men Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ildim. Oilam haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsam, oilada 4 kishimiz: ota - onam, akam va men. Otam - Alimov Bahodir Turg'unovich (1962 yil, Toshkent shahri). Onam - Alimova Nodira Sattorovna (1963 yil, Toshkent shahri). Akam - Alimov Javlon Bahodirovich (1986 yil, Toshkent shahri. Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29
- o'rta maktabning 1 - e sinfiga borganman. Shu maktabning 2 - sinfini tamomlagach, yangi uyga ko'chganimiz tufayli 3 -
sinfni 39 - tayanch maktabida davom ettirganman. Yoshligimdan sport turlaridan futbolga qiziqardim. Darslardan bo'sh vaqtimda "Istiqlol" futbol maktabida, futbolning o'ziga xos sirlarini o'rganar edim. Hattoki futbol o'ynayotganimda oyog'imni ham sindirganman. 2003 - yilda 9 - sinfni tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2 yil mobaynida o'qishni davom ettira olmadim. Hatto "Istiqlol" futbol maktabini ham tashlab ketdim. Ammo yoshligimdan sportdan tashqari musiqa san'atiga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli keyinchalik "Konsanans" nomli musiqa to'garagiga qatnashdim. Nihoyat, 2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilindim. U yerda "Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil oldim. Shu yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida xabar topdim. Menda o'zimni sinab ko'rish uchun imkoniyat paydo bo'lgan edi va albatta bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda tanlovda qatnashishga qaror qildim. Bu tanlovda kollejimizdan juda ko'plab yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini ko'rsatishgan edi. Ular orasida sizga yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora, Ziyoda va men g'olib deb topildik. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronam "Yuragimda" efir orqali jarang sochganida o'zimni qo'yarga joy topa olmaganman. Men bilan birga Ziyoda va Nigoraga ham qo'shiq yozilib, uni ham efir orqali taqdim qilindi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir qo'shiq yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Bu duetdosh men bo'lib chiqdim. Yodingizda bo'lsa, Nigora bilan ilk duet qo'shig'imiz "Izlayman" edi. Ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Shundan so'ng rahbariyatimiz
yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi. Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin bizni Oybek va Nigora dueti deb taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta yutuqlarga erishamiz... BLITS - SAVOLLAR 1. To'liq ism-sharifi: Alimov Oybek Bahodirovich (Oybek va Nigora dueti). 2. Laqabi yoki tahallusi: Bebek. 3. Tug'ilgan joyi va vaqti: Toshkent shahri, 8 oktyabr 1987 yil soat 10:00 da. 4. Vazni: 70 kg. 5. Bo'yi: 172 sm. 6. Millati: O'zbek. 7. Tabiati: Og'ir, bosiq. O'zini- o'zi tabiatan shunday bo'lgani uchun hurmat qilgisi kelib ketadi. 8. Oilaviy sharoiti: Bo'ydoq. 9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo: Omborxonaga qamab qo'yishgan. 10. Birinchi bo'sa: 11 yoshida oromgohda (Oromgohda o'tkazilgan o'yinda yutqazgan Oybek, bir qizdan bo'sa
olishga majbur bo'lgan, aytishiga qaraganda, juda hayajonlangan). 11. Birinchi bor gaz pechi
oldida: 7 yoshida tuxum qovurgan. 12. Sevimli aktyor va aktrisasi: Jim kerry 13. Sevimli xonandasi: Shahnoz, guruhlardan esa "Backstreet boys". 14. Sevimli filmi: Nazad v budushe va "Eys Ventura". 15. Sevimli qo'shig'i: Shahnoz ijrosidagi "Yuraklar" taronasi. 16. Sevimli taomi: Palov. 17. Sevimli ichimligi: Ayron (aytishicha, ichganida rohatlanar ekan). 18. Sevimli sport turi: Futbol (oyog'ini ham sindirishga ulgurgan). 19. Sevimli mashg'uloti: Musiqa yozish. 20. Sevgan insoni: Yo'q (Orzusidagi qiz topilmagan). 21. Qo'llanadigan atiri: Arktic Blue. 22. Shiori: Qo'lingdan kelsa yaxshilik qil, kelmasa yomonlik ham qilma! 23. Mukofotlari: 2008 - yil Nihol davlat mukofoti. 24. Ko'p ishlatadigan so'zi: Nigor bu yoqqa qarang?! 25. Shaxsiy avtomobil markasi: Yo'q. 26. Agarda xonanda bo'lmaganida: Kosmonavt. 27. Orzusi: Orzulari serob. 28. Armoni: Yo'q.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1040 | | Рейтинг: 5.0/54
Всего комментариев: 3
Shox102003.01.2013 22:14
Bek_akan03.01.2013 22:19
FaShIoN_gIrL04.01.2013 22:17
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz