«MYu» ustozi Ser Aleks Fergyuson jamoa a'zosi Rayn Giggz haqida fikr bildirdi. «Giggz haqida ko'plab yaxshi gaplar aytildi. Menimcha, qolgani ortiqcha. U - fantastik inson. 38 yoshida ham hamon maydonda. Yoki uning yoshi 39 dami? Balki 40 yoshdadir, men buni bilmayman, lekin u hamon yugurmoqda. Men Mourino bilan gaplashdim. Uning jamoasi yana ajoyib natijalar ko'rsata boshladi. Chorshanba kuni daxshatli o'yin bo'ladi»,- deb murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.