SHERLAR.BIZ Chorshanba, 25.12.2024, 18:12
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 21 » Alamli sevgi tarixi
20:46
Alamli sevgi tarixi
Kechir meni sevgilim, To’yingga borolmadim. Yuragim qiynalsa ham, Hech buyruq berolmadim. Ko’rgim keldi-yu, seni Yuragim bo’ysunmadi. O’zga bilan ko’rishga G’ururim yo’l qo’ymadi. Nega unday qilganing Tushunaman, bilaman. Ota-onang tufayli Azoblarda yonaman. Men sendan ayrilsam ham, Sen men uchun yagona. Ming bor afsuslar bo’lsin, Endi bizlar begona. Senga she`r yozayotib, Qalamim cho’chib ketdi. Yoshlikdagi voqea, Esimga tushib ketdi. Yoshligimiz eslayman, Sen tengi yo’q qiz eding. Shu damlarni qo’msayman, Sevgan yorim siz derding. Biz ilk uchrashgan damlar Hali-hamon esimda. Chumchuqlar sayrashardi Chinorlarning uchinda. Shu chinorlar ostida, Har kuni uchrashardik. Ishq-muhabbat sathida, To’yolmay dardlashardik. Kelmay qolsam sen mening, Yo’llarimni poylarding. Nega kelmadi deya, Sog’iniblar yig’larding. Senga qoyil qolardim, Yerga boqib so’zlarding. Agar meni sog’insang, Yuragingdan izlarding. Xuddi senga o’xshardi, Sovg’a qilgan gullarim. Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she`rlarim. Qayg’uni qilib obod, Undan yonib yashayman. Sobiq sevgim umrbod, Seni sevib yashayman. Mana bugun sen bilan, Xufyona uchrasharmiz. Baxtli yoshlikni eslab, Bir to’yib dardlasharmiz. Sen bilan uchrashishni, Qalbim aldamayapti. O’sha vaqtni kutishga, Sabrim chidamayapti. Soat o’n bir bo’lyapti, Men tez yo’lga shaylanay, Uchrashuvga ertaroq, Borib yo’lingni poylay. Yoshlikda aytgan edim, Meni unutgin deya. Bu dunyoda bo’lmasa, U yoqda kutgin deya. Ishq-muhabbat tufayli, Mana ko’rishib oldik. U dunyoga yetmasdan, Uchrashishga ulgurdik. Sen meni ko’rganingda, Meni quchib yig’laysan. Yo yig’lashga keldingmi? Nega darding aytmaysan? So’ng ko’zimga termulib, O’zingni qo’lga olib, "Nega shu yoshga kirib, Uylanmadingiz?” – deysan. O’yga tolib qolarsan, "Baxtsizman” deysan keyin. Gar sen baxtsizman desang, Unda men nima deyin? Sening baxting yoningda, Menku, men axir yolg’iz. Agarda men uylansam, Osha qiz bo’lar baxtsiz. Qalbim yonib bo’lgan cho’g’ Buni aniq bilaman. Yuragimda bo’sh joy yo’q, Chunki seni sevaman.
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 737 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Joxa_muhtorov21.03.2013 21:06
Joxa_muhtorov21.03.2013 21:11
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz